2 Ўша асар, 93-бет
3 Ҳ.Тўраев “Маноқиби саъдийа” қўлёзма асарида ва унинг Жўйбор хўжалари ижтимоий-маънавий меросини ўрганишдаги аҳамияти.” Бухоро; 1997, 3-бет.
4 Ҳ.Т.Бухорий “Абдулланома”, 1-китоб, Т: 1999, 148-бет.
5 Ўша асар, ўша бет.
6 Ҳ.Зиёев Буюк Амир Темур салтанати ва унинг тақдири. Т: Маънавият, 2008, 122-бет
Muhammad Islomning katta xizmati bo‘ldi.
“Abdullanoma” muallifi yozganidek, “Bu g‘alaba
ul qutli sifat zotning barakotlari orqasida
bo‘ldi”
5
.
Umuman, xonliklar davrida xonlar
ruhoniylarning yirik vakillariga tayanib
hokimiyatni boshqarganlar. “Ularni hokimiyat
ishiga jalb qilib, katta imtiyozlar berganlar, ular
orasidan o‘z davrining boy-badavlat kishilari
yetishib chiqqan”
6
Abdullaxon II ham o‘zining
barcha faoliyatida Xo‘ja Jo‘yboriyga tayandi,
madad oldi va undan ham o‘zi ham imtiyoz va
hadyalarini ayamadi.
Abdullaxon II avval Xo‘ja Muhammad
Islomning, keyin esa Xo‘ja Sa’dning muridi
edi. 1561-yil otasi Iskandarxon (1561-1583-y)
xon deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda esa
siyosiy hokimiyat jilovi 1557-yildan boshlab
Abdullaxonning qo‘lida edi. Abdullaxon
rasmiy xon sifatida faqat 1583-yil ya’ni otasi
vafotidan keyin oliy taxtga o‘tirdi. Shu o‘rinda
ta’kidlashimiz joizki, dastlab shayboniylar
davrida oliy hukmdorlik sulolaning eng yoshi
ulug‘iga o‘tish tartibiga amal qilinar edi.
XVI asrning o‘rtalaridan boshlab esa
sulola ichidagi oilaviy an’ana ustunlik qila
boshladi. Abdullaxon II davridan boshlab esa,
bu odat an’anaga aylandi. Rasmiy hokimiyat
Iskandarxondan Abdullaxon II ga o‘tdi. 1583-yil
yangi xonni taxtga o‘tqazish, rasmiylashtirish
marosimi o‘tkazilib, Abdullaxon II oliy hukmdor
deb e’lon qilindi. Abdullaxon II ning nomi juma
namozida xutbada o‘qilib, nomidan tanga
pullar zarb etildi.
Buxoro xoni Abdullaxon II o‘z
faoliyatini mamlakatda tinchlik, osoyishtalik
o‘rnatishga, viloyatlar hukmdorlarining siyosiy
ayirmachiligiga barham berishga, bo‘linib
ketgan mamlakat va mintaqani birlshtirishga,
markaziy hokimiyatni mustahkamlashga
qaratdi. Abdullaxon II o‘z maqsadini amalga
oshirishda ko‘p marotaba urushlar olib
borishga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, Abdullaxonning
Navro‘z Ahmadxonning farzandlari Darvishxon
va Boboxon Sulton bilan janglari juda
shiddatli bo‘ldi. Abdullaxon Ilon o‘ttining dasht
tomonidan (hozirgi Jizzax tarafda) dushman
bilan yuzma-yuz bo‘ldi. Ikkala o‘rtada shiddatli
jang bo‘ldi. Jangda Darvishxon 100 ming
qo‘shini bilan mag‘lub bo‘ldi.
Tarixchi H.T.Buxoriy o‘zining
“Abdullanoma” asarida, “ Shunchalik qon
to‘kilib, shu qadar zo‘r jang bo‘ldiki, o‘lgan va
IJTIMOIY FANLAR
91
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
yarador bo‘lganlardan jang maydoni tog‘-u
tepalikka aylandi”
7
– deb yozadi. Bu g‘alaba
Abdullaxonni markazlashgan davlat barpo
qilish yo‘lini boshlab berdi.
Abdullaxon II mintaqani yagona
markazga birlashtirish maqsadida, 1573-yilda
Farg‘onani, 1574-yilda Shahrisabz, 1578-yilda
Samarqand, Qarshi, Hisor viloyatlarini,
1584-yilda Toshkent, Sayram, Ohangaron,
583-yilda Balx, 1584-yilda Badaxshon,
1588-yilda esa Hirotni o‘z qo‘l ostida birlashtirdi.
Abdullaxon II mamlakat hududlarini
birlashtirish borasida kurash olib borish bilan
birga, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoni
rivojlantirishga, shahar hayotini jonlantirishga,
ilm-fan ravnaqiga katta e’tibor qaratdi.
Abdullaxon II mamlakatni birlashtirirsh
uchun kurash olib borish bilan birga, markaziy
hokimiyatni mustahkamlashga, u Amir
Temurning davlat boshqaruvida kadrlar
tanlash, raiyat to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish,
adolat mezoniga rioya qilish to‘g‘risidagi
vasiyatlariga amal qildi. U viloyatlarga
boshliqlar tayinlar ekan, ularga “ o‘zingizni zohir
va botinlaringizni adolat o‘rnatish hamda xalq
osoyishi bilan bezating, raiyatni rioya qilish va
ularga muruvvatlar ko‘rsatish bilan mamnun
qiling”
8
– deb nasihat qiladi.
Abdullaxon mamlakat iqtisodini
sug‘orma dehqonchilik asosida rivojlantirishga
asosiy e’tibor qaratdi. Uning davrida
mamlakatning deyarli barcha katta-kichik
daryolari va soylaridan unumli foydalanildi.
Chunonchi, Abdullaxon II 1568-yilda Murg‘ob
daryosidan katta kanal qazdirib, Marv shahri
atroflaridagi dasht va tashlandiq yerlarga
suv olib borib, qayta “jon” ato qildi. Cho‘l va
biyobonlar o‘rnida obod ekinzorlar, bog‘-rog‘lar
barpo etildi.
Shuningdek, Abdullaxonning Jizzax
vohasi hududlaridagi suvsizlikdan dashtga
aylangan yerlarni suv bilan ta’minlanishida
xizmati katta. 1583-1584-yillarda Jizzax,
Yangiqo‘rg‘on, Baxmal va Forish muzofotlaridan
jalb qilingan minglab aholi uzunligi 83 km
bo‘lgan Tuyatortar anhor-arig‘ini barpo qildi.
Abdullaxon II davrida qurilgan Tuyatortarning
ishga tushirilishi Baxmal, G‘allaorol va Jizzax
hududlarida bir necha ming gektar erlarda
sug‘orma dehqonchilik, bog‘dorchilik, poliz-
sabzavot ekinlari ekish imkonini berdi.
7 Ҳ.Т.Бухорий “Абдулланома”, 1-китоб, Т: 1999, 142-бет.
8 Ҳ.Т.Бухорий “Абдулланма”, 1-китоб, Т: 1999, 172-бет.
9 Ҳ.Т.Бухорий “Абдулланома”, 2-китоб, Т: 2010, 109-110-бетлар.
Forish tumanidagi “Abdullaxon bandi”
ning barpo bo‘lishi ham Abdullaxon II tashabbusi
bilan bog‘liq. Bu haqida “Abdullanoma”da:
“Har ko‘klamda o‘sha darada ko‘p sel to‘planib,
lekin uning suvi ekinga yetishmas edi. Shuning
uchun buyurdi: Ahmadali otaliq Nayman o‘sha
darada Somon yo‘li shaklida bir to‘g‘on qursin,
toki dehqonlar o‘sha joyda to‘plangan suvni
bo‘lishib, ekinlarni sug‘orsinlar”
9
.
Abdullaxon II davrida mamlakatning
barcha hududlarida sug‘orish inshootlarining
barpo etilishi xonlikda sug‘orma
dehqonchilikning rivojlanishiga olib keldi.
Abdullaxon II hukmronligi yillarida
Buxoro xonligida ilm-fan, madaniyat, adabiyot,
san’at va me’morchilik yuksaldi. Buxoro
ilm-fan markaziga aylandi. Uning davrida
Buxoroda kitobat ishlariga katta e’tibor berildi.
Abdullaxonning boy kutubxonasi bo‘lib, o‘sha
zamon musulmon sharqidagi eng kerakli kitob
xazinalaridan biri edi. Qo‘lyozmalarni chiroyli
husnixat bilan ko‘chirish yo‘li bilan nusxalarini
ko‘paytirish, ularni miniatyuralar bilan bezatish,
kitoblarni chiroyli muqovalashga muhim
ahamiyat qaratildi.
Abdullaxon avlodlari kabi bunyodkor
hukmdor edi. Uning davrida Buxorodagi
Chorsu va undagi timlar, Qulbobo Ko‘kaldosh
madrasasi, Govkushon, “Qo‘sh madrasa”, Xoja
Muhammad Porso madrasalari kabilar bunyod
etildi. Abdullaxon davrida Buxoro xonligida
ichki va tashqi savdo taraqqiy qildi. Xonlik bilan
Hindiston, Eron va Rossiya davlatlari o‘rtasida
o‘zaro elchilik aloqalari olib borildi.
Muxtasar qilib aytganimizda, 100 yilcha
davom etgan shayboniylar hukmronligining
salkam yarim muddati Abdullaxon II
faoliyati bilan bog‘liq. Uning butun faoliyati
esa ichki ayirmachiliklarga barham berish,
markaziy hokimiyatni mustahkamlash,
Turkiston hududlarini yagona tug‘ va
yagona poytaxt atrofida birlashtirishga,
xonlikda hunarmandchilik, dehqonchilik,
ichki va tashqi savdoni rivojlantirish, shahar
hayotini jonlantirish, ilm-fan, adabiyot, san’at
ravnaqiga, sug‘orish ishlarini kuchaytirish kabi
yaratuvchilikka qaratilgan edi. Abdullaxon
II o‘zbek davlatchiligi tarixida munosib o‘rin
egallagan Buxoro xoni edi.
IJTIMOIY FANLAR
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
92
Dostları ilə paylaş: |