ABDULLAXON II NING BUXORO XONLIGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI O‘RNI Raya Ruziyevna Nurqulova – Tarix kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, Jizzax davlat pedagogika instituti Laziz Salimjon o‘g‘li Burxonov – magistrant, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Shayboniyxon vafotidan keyin mamlakatdagi vaziyat, Shayboniyzodalarning o‘zaro kurashlarining kuchayishi ko‘rsatilgan. Abdullaxon II ning markazlashgan davlat barpo qilish yo‘lidagi kurash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikning ta’minlanishi, mamlakat iqtisodini ko‘tarish uchun kurashlari, markaziy hokimiyatni kuchaytirish, bu davrda dehqonchilik, hunarmandchilik, ilm-fan ravnaqi, ichki va tashqi savdoning rivojlanishini yoritishga harakat qilingan. Аннотация: В данной научной статье описывается ситуация в стране после смерти Шайбанихана, обострения борьбы Шайбанидов. Борьба Абдуллы II за построение централизованного государства, обеспечение мира и спокойствия в стране, борьба за экономику страны, укрепление центрального правительства, попытки прикрыть развитие сельского хозяйства, ремесел, науки, внутренней и внешней торговли во время этого период сделал. Abstract: This scientific article describes the situation in the country after the death of Shaibanikhan, the intensification of the struggle of the Shaybanids. Abdullah II's struggle to build a centralized state, to ensure peace and tranquility in the country, to fight for the country's economy, to strengthen the central government, to try to cover the development of agriculture, handicrafts, science, domestic and foreign trade during this period made. Kalit so‘zlar: Shayboniyxon, Boboxon Sulton, Darvishxon, Abdulazizxon, Abdulatifxon, Iskandarxon, Abdullaxon II, Jo‘yboriy Muhammad Islom, Abdullaxon II ning janglari, Markaziy hokimiyat, sug‘orish inshootlari, me’moriy obidalar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalar, hunarmadchilik, ilm-fan. Ключевые слова: Шайбанихан, Бабахан Султан, Дарвишхан, Абдулазизхан, Абдулатифхан, Искандархан, Абдулла II, Джойбори Мухаммад Ислам, Битвы Абдуллы II, Центральное правительство, ирригационные сооружения, архитектурные памятники, внутренняя и внешняя торговля, дипломатические отношения, ремесла, наука. Keywords: Shaibanikhan, Babakhan Sultan, Darvishkhan, Abdulazizkhan, Abdulatifkhan, Iskandarkhan, Abdullah II, Joybori Muhammad Islam, Battles of Abdullah II, Central government, irrigation facilities, architectural monuments, domestic and foreign trade, diplomatic relations, crafts, science. O‘zbekiston mustaqilligi o‘zbek
davlatchiligi tarixida yangi davrning
boshlanishi bo‘ldi. O‘zbek milliy
davlatchiligimiz tarixini haqqoniy o‘rganish
va yoritish tarixchilarimizning oldiga dolzarb
vazifalardan biri qilib qo‘yildi. Shu bois, milliy
davlatchiligimiz tarixini o‘rganishga qiziqish
kuchaydi. Shuningdek davlatchiligimiz tarixida
muhim o‘rin egallagan va katta nufuzga ega
bo‘lgan sulolalar tarixini o‘rganish va yoritishga
e’tibor kuchaydi.
Davlatchiligimiz tarixida qariyb
100 yil hukmronlik qilgan shayboniylar
sulolasi alohida o‘rin egallaydi. Abdullaxon
II shayboniylar sulolasi hukmdorlari ichida
xizmatlari bilan davlatchiligimiz tarixida
munosib o‘rin egallaydi. Uning hukmronlik
yillari og‘ir davrlarga to‘g‘ri keldi.
Shayboniyxon vafotidan keyin
shayboniyzodalar o‘rtasida taxt uchun
o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Buning ustiga
o‘zboshimcha feodallarning boshboshdoqlik
harakatlari yanada kuchayib ketdi. Bunday
vaziyat mamlakatda feodal tarqoqlikka olib
keldi. Mamlakatdagi og‘ir vaziyat, aholini
nochor ahvolga solib qo‘ydi. Yurtdagi notinchlik
mamlakat hayotining barcha sohalariga og‘ir
ta’sir ko‘rsatdi.
Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy o‘zining