XORAZM TASAVVUF MUTAFAKKIRLARINING G‘OYALARI ASOSIDA MA’NAVIY- AXLOQIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH. Sardor Umarovich Xodjaniyazov – p.f.n.dotsent., Urganch davlat universiteti Annotatsiya: Ushbu maqolada Sulaymon Boqirg‘oniy, Najmiddin Kubro, va Pahlavon Mahmud kabi tasavvuf ta’limoti mutafakkirlarining shaxs ma’naviy-axloqiy va aqliy kamolotining asosiy mezonlari hamda ta’lim-tarbiya kabi g‘oyalari tahlil etilgan. Аннотация: В данной статье изучены основные идеи и критерии нравственного и интеллектуального совершенства личности, нашедшие своё отражение трудах Сулеймана Бакыргани, Наджмиддина Кубро и Пахлавон Махмуда. Abstract: This article examines the main ideas and criteria for the moral and intellectual perfection of a person, which are reflected in the works of Suleiman Bakyrgani, Najmiddin Kubro and Pahlavon Mahmud. Kalit so‘zlar: yuksak axloqli, tasavvufiy qarashlar, inson ruhiy-axloqiy kamoloti, ilohiy nafas, insonning axloqiy hayoti, axloqiy tarbiyasi, go‘zal fazilatlar, yaxshi fazilat, hayvoniy quvvat, tuproq, zamonaviy pedagogik jarayon, so‘fiy pedagogikasi, intuitiv bilim. Ключевые слова: высокоморальные, мистические воззрения, духовно-нравственное совершенство человека, божественый дух, нравственная жизнь человека, нравственное воспитание, прекрасные качества, хорошие качества, животная сила, почва, современный педагогический процесс, педагогика суфизма, интуитивное знание. Keywords: highly moral, mystical views, spiritual and moral perfection of a person, divine spirit, moral life of a person, moral education, excellent qualities, good qualities, animal strength, soil, modern pedagogical process, pedagogy of Sufism, intuitive knowledge. Bugungi kunda mamlakatimizda
ma’naviy qadriyatlar yuksalishida o‘ziga
xos o‘rin tutgan tasavvuf ta’limotining
shakllanish jarayoni, tarixiy o‘rnini ko‘rsatib
berish, tasavvufiy manbalarni xolisona
tadqiq etish hamda uning insonparvarlik
g‘oyalari bilan uyg‘unlashib, jahonshumul
badiiy ijod namunalarining paydo
bo‘lishiga zamin yaratganini keng ko‘lamda
o‘rganishni taqozo etmoqda. Tasavvuf
mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy
tarbiyaga oid qarashlarini o‘rganganimiz
sari sufiyadagi barcha tushunchalar
pedagogika kategoriyalari qatnashishiga
guvoh bo‘lamiz. Masalan, Xoja Abduxoliq
G‘ijduvoniy bir ruboiysida Buxorodan
o‘tadigan latif va sharif shahar ko‘rmadim
deb lutf qiladi
1
. Bu yerda biz ana shunday
ulug‘ zotlarning vatanparvarlikni targ‘ib
etuvchi qarashlariga urg‘u bermoqdamiz.
Tasavvufdagi pedagogik qarashlar butkul
adab ustiga qurilganiga shohid bo‘lamiz.
Qudsiy hadisga ko‘ra, Alloh taolo: “Mening
shunday bandalarim borki, ular qubbalarim
ostida yashirindir” deya marhamat
qiladi
2
. Sulaymon Boqirg‘oniyning yoshlar
ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlari
shaxs kamolotini ta’minlovchi mexanizmlar
1 Маҳмуд Ҳасаний. Хожа Абдулҳолиқ Ғиждувоний. Т.: “Ўзбекистон”, 2003.7Б. 2 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Қуръон илмлари: Ҳадис, Ҳадиси қудсий ва Қуръон. Қуръони Карим билан ҳадиси қудсий орасидаги фарқлар/Қуръони Каримнинг таърифи. .- Т.: “HILOL NASHR” Нашриёт-матбааси, 2019 www.muslimuz сайти. atroflicha ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa,
shaxsning kamolga etishiga atrof-muhit,
insonlar jamoasi, shaxslararo munosabatlar
asosiy omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Bu
bevosita shaxsning ijtimoiylashuvini,
ya’ni jamiyatga qo‘shilishini ta’kidlaydilar.
Sulaymon Boqirg‘oniy fikricha, axloqiylik
insonning eng asosiy sifati bo‘lishi kerak.
Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U
kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy
muhit, jamiyat taraqqiyoti jarayonida
tarkib topadi. Axloqiylik yaxshilik bilan
yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida
namoyon bo‘ladi va tarkib topadi deydi
u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq-
atvorini belgilaydigan mezon sifatida
qo‘llaniladi. U yaxshi xislatlarga to‘g‘rilik,
odillik, o‘zini vazmin tutish, insof, kamtarlik,
lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik,
shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik
kabilarni kiritadi. Yomon illatlarga esa
xasadgo‘ylik, baxillik, nosog‘lom raqobat,
o‘z manfaatini ko‘zlash, mansabparastlik
va hokazolarni kiritadi. Demak, Sulaymon
Boqirg‘oniy insonning ma’naviy
qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni
yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo‘ladi.
Bu insoniyat yaratgan fikrlar taraqqiyotiga
IJTIMOIY FANLAR