93 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son narsaga qodir ekanligidir”
3
.
Abu Rayhon Beruniy haqiqatni
bilimning voqelikka muvofiqligi deb
hisoblagan bo‘lsa, Abu Nasr Forobiy fikricha,
haqiqatni bilish aqlning etukligiga bog‘liq,
bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga
“faol aql”ga qo‘shilishi orqali erishiladi.
“Faol aql”da borliqning eng oliy darajasi
bo‘lgan Birinchi sabab (Alloh)dan boshlab
to oxirgi haqiqatning barcha shakllari
mavjud. Haqiqat bitta, shu bois falsafa ham
bir nechta bo‘lishi mumkin emas
4
. Abu Nasr
Forobiy haqiqatning birligiga ishongan va
falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb
hisoblagan. Alisher Navoiyning “Lison ut-
tayr” dostonidagi “Faqru fano vodiysining
adosi” bobida parvonalar majmu’i sham
haqiqati sharhida
5
haqiqatga yetish
darajalari muxtasar bayon etilgan.
Haqiqat ilmi “Аllohni aniq-ravshan
ko‘rish” bo‘lib, bu holat insoniyatning eng
buyuk kamolotidir. Irfon ahli turli toifa
va tabaqaga tegishli bo‘lsa ham, ularni
birlashtirgan yagona kuch ilohiy haqiqat
yo‘li edi.
Sharqda tafakkur uslubi, bilimlarni
ifodalash va o‘zlashtirishning nozik
mexanizmlari va shakllari, bilim va haqiqatga
eltuvchi yo‘lni yorituvchi o‘z strategiyasi
mavjudki, Sharq tafakkur uslubini sharqona
amaliyot va tajribadan olingan sharqona
usul va uslub yordamida tushunish va ich
(qalb ko‘zi)dan anglash mumkin.
Irfon ilmi orif uchun parametrlari
tabiiy va real ilohiy impuls (turtki, to‘lqin,
kuch)dir. Orif ashyolarning mohiyatiga
boshqalarning nazari bilan qaray oladi,
ya’ni bilimlarning sub’yektlararo ekanini
ta’minlash, ashyoning yashirin mohiyatini
anglash, birlik aro ko‘plik, “juz’”da “kull”ni
ko‘ra olishdek universal va transendental
bilimlarni shakllantiradi.
Ilohiy kuchning manbai doimiy
muhabbat oqimi va Allohga sadoqat (bunda
intellektual tajriba bilan bog‘liq bo‘lmagan
ongning oliy darajasi (g‘aybiy, botiniy)
hamda haqiqatga erishishning nostandart
usul (fahm, farosat, zikr, hol, samo‘, chilla)lari
nazarda tutiladi)dir. Haqiqatni anglashning
3 Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири / Таржима ва тафсир муаллифи А.Мансур. Масъул муҳаррир: 3.Ҳусниддинов. Таржима ва изоҳлар муаллифи Абдулазиз Мансур. – Т.: Тошкент ислом университети нашриёти, 2004. Ҳаж сураси, 6-оят. 4 Ҳотамий С.М. Ислом тафаккур тарихидан. – Т.: Минҳож, 2003. 126-бет 5 Алишер Навоий. Лисон ут-тайр / Тузувчи Нодир Раҳмонов. Сўзбоши муаллифи, изоҳ ва луғатлар тузувчиси Ваҳоб Раҳмонов. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1991. 29, 159, 299, 420-бетлар. ilk bosqichi yorishish, nurlanish sifatida
namoyon bo‘ladi.
Har bir orifning haqiqatni bilishi o‘ziga
xos va takrorlanmas, hattoki aynan bir
masala yuzasidan izotrop (bir xil) e’tiqodga
ega bo‘lgan, har bir orifning maqom va
darajasi, maslagi individual, noyob va
betakror dunyoqarashi in’ikosidir. Ular
orasida oddiy insonlar tafakkur darajasidan
tashqarida bo‘lgan, faqat xos kishilar
anglay oladigan ilohiy bilim egalari ham
bo‘lib, ashyolarning mohiyatini “qalb ko‘zi”
bilan ko‘rganlar, hech kim ilg‘ay olmagan
tovushlarni eshitganlar, kishilarning
ko‘nglida kechayotgan iztirob, g‘alayon,
voqea-hodisalarni xuddi o‘ngida sodir
bo‘lgandek so‘zlab berganlar. Buning sababi
orifning so‘zi Qur’on oyatlari va hadislarning
sharhi ekanligidaki, ular “Haqiqat ko‘zgusi”
deb ulug‘langan. Bu holatlar oddiy odamlar
nazarida bo‘lishi mumkin bo‘lmagan va aql
bovar qilmaydigan yoxud fenomenal hodisa
sifatida qabul qilingan. “Haq qarshisida
xolis barcha narsasini tark qilmagan orifga
borliqning haqiqati hosil bo‘lmaydi”.
Zunnun Misriy birinchilardan bo‘lib
haqiqat haqida so‘z aytgan. Alisher Navoiy
bu haqda “avval kishikim, ishoratni iboratqa
kelturdi va tariyqdin so‘z aytdi, ul erdi” deb
qayd etgan. Orif “xos” deganda tasavvuf
ilmidan xabardor kishilarni, “om” (xalq)
deganda esa oddiy kishilarni nazarda
tutgan. U zotning shariat ilmi haqidagi
so‘zlarini “xos” va “om” birday qabul qilgan
bo‘lsa, uning haqiqat (tavakkul, muomalat va
muhabbat ilmi) ilmi haqidagi so‘zlarini faqat
“xos”lar qabul qilgan. Zunnun Misriyning
haqiqat ilmi haqidagi so‘zlarini esa “xos”lar
ham anglamay inkor qilishgan, chunki bu
ilm “elning ilmu aqli toqatidin tashqari”
bo‘lgan. Abusaid Abulxayr “Haqiqat barcha
narsalarning ilmda zohir bo‘lishi, ilm barcha
narsalarning haqiqatga aylanishi” deydi.
Abdulloh Ansoriy haqiqat va bilish
borasida o‘z qarashlarini bayon qilib, bilishni
bir necha turlarini ko‘rsatgan: isbotlashga
asoslangan bilish oddiy kishilarga xos;
dalillarga asoslangan bilish ilm ahliga
xos; har ikki bilishning oraliq bosqichi
IJTIMOIY FANLAR