ALISHER NAVOIY ONTOLOGIK QARASHLARIDA NOMODDIY OLAM TAHLILI Toji Omonovich Norov – “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, (PhD), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Annotatsiya: Mazkur maqola, Аlisher Navoiy ontologik falsafasida talqin qilingan olamning va borliqning, umumiyligini tashkil qilgan, o‘zi bor, lekin sezgi organlarimiz orqali idrok qila olmaydigan nomoddiy borliq tahliliga bag‘ishlangan. Аннотация: Данная статья посвящена онтологической философии Алишера Навои, анализирущего нематериальную вселенную, которая существует, но не может быть ощутима органами чувств, и которая является общностью бытия. Abstract: This article is devoted to the analysis of the intangible universe, which exists but is invisible to the eye, which constitutes the commonality of the universe and being interpreted in the ontological philosophy of Alisher Navoi. Kalit so‘zlar: Olam, borliq, moddiy borliq nomoddiy borliq, “hasti-nestnamoy”, jon, ruh, so‘z, ko‘ngil. Ключевые слова: Вселенная, существо, материальное существо, нематериальное существо, «хасти-нестнамой», душа, дух, слово, разум. Keywords: The universe, being, material being, intangible being, "hasti-nestnamoy", soul, spirit, word, mind. Falsafaning, xususan ontologiyaning
eng nozik va bahsli mavzularidan borliq
muammosidir. Borliq esa nomoyon bo‘lishi
va bo‘lmasligi xususiyatiga ko‘ra moddiy
va nomoddiy borliqqa bo‘linadi. Olamni,
borliqni, undagi ashyolarni biz ko‘zimiz bilan
ko‘rib, qo‘limiz bilan ushlab, tabiiy holda
va sunʼiy ravishda o‘zgarishlari namoyon
bo‘lishi bu moddiy borliqdir. Lekin, o‘zi boru
lekin ko‘zga ko‘rinmaydigan, vujudga ega
bo‘lmagan shunday olam borki ular shartli
ravishda nomoddiy olam deb atadik. Bularga
– havo, olov, efir, hid, tovush, inson, jamiyat
va jonli tabiat misolida jon, ruh, ko‘ngil, ong,
xotira, did kabi olam bo‘lib, ular bor lekin,
nomoddiyligi uchun ular ko‘rinmaydi. Ular
vositasi va taʼsirida tabiatda va ijtimoiy
hayotda olamni qiyofasini o‘zgartirishga
qodir kuchli moʼjizaviy qudratga ega.
Shu davrgacha Navoiy merosi bo‘yicha
olib borilgan tadqiqot asosan til, adabiyot,
matnshunoslik, manbashunoslik kabi
ixtisosliklar bo’yicha olib borilgan bo‘lib,
murafakkining borliqqa oid qarashlari
tadqiqotlar doirasidan chetda qolib
kelayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini
keng nishonlash to‘g‘risida” 2020 yil
19 oktabrdagi PQ-4865 Qarori va unda
belgilangan vazifalar ham mavzu bo‘yicha
tadqiqotlar olib borishning dolzarbligini
ko‘rsatadi hamda mutafakkir merosini
tadqiq qilish bo‘yicha yangi vazifalarni
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида” 2020 йил 19 октябрдаги ПҚ- 4865 Қарори. https://lex.uz/docs/5054929 2 Навоий Алишер. Лисон ут-тайр. МАТ: 20 томлик. 12 т. - Тошкент: “Фан”, 1997. – Б.11. 3 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 1т. Бадоеул-бидоя. – Тошкент: “Фан”, 1987. – Б. 37-38 qo‘ydi.
1
Аlisher Navoiy falsafasida nomoddiy
borliq bilan bog‘liq tushunchalar “hasti
nestnamoy” – yaʼni, o‘zi boru, lekin namoyon
bo‘lmaydigan olam tarzida qo‘llangan. Jon
va ruh masalasi badiiy, ayrim o‘rinlarda
tamsiliy-majoziy uslubda talqin qilingan.
Shuningdek, nomoddiy olamni – malakut
olami, ruhoniyat, ong, jon, ruh, tafakkur,
aql, dark, yaʼni idrok, xotirot, ishq, ilm, bilim,
ko‘ngil olami, sabr, toqat kabi istiloh va
tushunchalar tarzida ifodalangan.
Xususan, “Lison ut-tayr” shunday
boshlangan:
Jon qushi chun mantiqi roz aylagay,
Tengri hamdi birla og‘oz aylagay
2
Bu o‘rinda birinchidan, insoniylik
ziynati mantiq, yaʼni nutq, so‘z mo‘ʼjizasi
haqida gap borayotgan bo‘lib, so‘z inson
ko‘nglining izhor qilish vositasi sifatida
Olloh siri-sifati haqida bayon qilishi
aytilgan bo‘lsa, ikkinchidan, nutqni o‘zi
ham eshitiladi lekin gapirganda tovushni
ham ko‘rmaymiz, lekin eshitamiz. Shu
mantiqdan chiqilganda u ham nomoddiy
olamga misoldir.
Navoiy “Badeyiʼ ul-bidoya”da, jon,
ruh, ko‘ngil, aql-hush, sabr-qanoat kabi
nomoddiy, yaʼni maʼnaviy-ruhiy mavzularni
mujassamlashtirgan bir g‘azalida shunday
falsafiy tavsifni ko‘ramiz:
Manga ne manzilu maʼvo ayon, ne
xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne ko‘nglumdin
nishon paydo
3
IJTIMOIY FANLAR