Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   216
2021 4-son

99 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
reaktiv harakati, ballistika qonunlari va 
energiyani saqlash qonunlari asosida 
tajriba va tafakkur kuchi bilan yaratdi. Lekin, 
ular Yerdagi mavjud unsurlar vositasida 
yaratiladi. 
Аlbatta, zamonaviy fan ham bu 
masalada o‘z ojizligini ko‘rsatmoqda. 
Lekin, yaqinda АQShning Kaliforniya 
universiteti olimlari bir shov-shuvli 
xabar tarqatishdi. Unda aytilishicha, olib 
borilgan tadqiqotlarga asoslanib, odam 
tanasidagi jonni vazni 22 grammni tashkil 
etishi aytilgan. Yaʼni, tiriklik paytida vazni 
o‘lchangan odamni, uning joni uzilgandan 
keyingi vazni 22 grammga kamayganligi 
aytilmoqda. 
Bizni nazarimizda: birinchidan, bu 
xabar, jon va ruh masalasidagi muammoni 
butunlay hal qilgani yo‘q;
ikkinchidan, bu shunchaki sensatsiya 
ishqibozlarining shov-shuvi;
uchinchidan, jonni nomoddiy olam 
bo‘lgan jon yoki ruhni vaznga ega ekanligi 
juda mavhumligini taʼkidlash lozim. 
Umumiy xulosamiz shuki, ming va hatto 
million yillardan beri sirli mavzu, muammo 
bo‘lib, biz ham bu masalaning yechimida 
ojizligimizni tan olib, Navoiycha anʼana 
va musulmoncha odob doirasida Vallohu 
aʼlam deb qo‘yamiz.
Inson garchi olamning bilishni 
asosiy vositasi sezgilari hisoblansada, 
ko‘plab masalalarda inson boshqa o‘ta 
ziyrak hayvonlar va asbob-uskunalar 
vositasida sirli signallar yoki o‘zgarishlarni 
aniqlashtiradi. Xususan, o‘ziga, mol-mulkiga 
chorvasiga bo‘lgan tahdidni o‘zlarining 
ziyrakligi, sezgilarining to‘ldiruvchi vosita 
sifatida itlarni yoki boshqa jonivorlarning 
bezovtaligi va harakatlariga qarab;

ob-havo o‘zgarishlarni; ayrim 
qushlar, o‘simlik yoki daraxtlar holatiga 
qarab; (daraxt yoki o‘simliklarning gullashi 
yoki bargiga yil fasllarining o‘zgarishini, 
hashoratlarni, qushlarning paydo bo‘lishi 
yoki uchib ketish bilan aniqlashgan (laylak, 
turna, chumolilar, uchar hashoratlar kabi). 
Аlbatta, bunday vositalar inson sezgilariga 
ko‘mak deyishdan ko‘ra – inson tafakkuri 
hamda uzoq davrlar davomida takrorlanib 
kelish qonuniyatlarga asoslangan tajribalar, 
kuzatishlar natijasi deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Yaʼni, amaliyot va tajriba samarasidir.
Hozirgi paytda, nomoddiy olam deb 
atalgan olamga internet virtual tizimini 
kiritish mumkin. Bunga internet tarmog‘i 
orqali tarqatilayotgan, xabarlar, jahon 
moliya tizimida amalga oshirilayotgan 
operatsiyalar, amalga oshirilayotgan 
kommunikatsiya tizimlari misol bo‘ladi. 
To‘g‘ri, axborotlarni yetkazish qurilmalari, 
texnik jihozlar moddiy-materialistik asosda, 
lekin, ular orqali amalga oshirilayotgan 
operatsiyalar ko‘lami bilan solishtirganda 
bu qurilmalar arzimagan vosita bo‘lib 
qoladi. Lekin vosita! Аyniqsa yo‘ldosh 
aloqalar orqali simsiz internet tizimlari 
faoliyati, texnik progressning isboti va 
nomoddiy borliq, inson tafakkurining 
mo‘jizasi deyish mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki:

Navoiy moddiy yoki nomoddiy 
olamning javhari, asl mohiyati Olloh 
ekanligini eʼtiqod darajada eʼtirof etgani 
holda, olam sir asrorini yana bir ilohiy 
javhar aql nuri, ilm, maʼrifiy tahlil qilish 
orqali kashf etishga daʼvat qilgan;

Navoiyning nomoddiy olam 
xususidagi qarashlarida, olamning yuqori 
sifatli bu olamni Olloh o‘z yuksak aqli va 
saxovati bilan alohida eʼtibor bilan xalq 
qilganligi, ularni xususiyatini anglashga aql 
(xirad) yetmasligi, aynan bu olam olamni 
anglashda xizmat qiluvchi aql-idrok, ong, 
tafakkur va jon, jonning javhari so‘z, nutq 
ekanligini taʼkidlaydi;

Navoiy jon va ko‘ngilni olami 
kubro deb atab, Xudo olamni yaratib, uni 
anglashda xizmat qiladigan yana bir olamni 
yaratdiki, bu insonning ko‘ngil olamidir, 
inson ko‘ngli olamdagi hamma bilimlarni 
o‘zida jo qilgani holda yana yangi olamlarni 
yaratadigan, kashf etadigan qudratga ega 
Ollohning mo‘ʼjizasi ekanligini eʼtirof qilgan;
Nomoddiy olam Navoiy falsafasida, 
jon, ruh, ko‘ngil, malakut olami, g‘ayb, asrori 
g‘ayb kabi falsafiy istiloh va hikmatlar bilan 
izohlangan;
Moddiy va nomoddiy olam xususidagi 
fikr-mulohazalar, bahs-munozaralar eng 
qadimgi davrlar falsafiy qarashlar hozirgi 
kungacha davom etib kelayotgani, har bir 
davr ilmiy-falsafiy qarashlari shu davrdagi 
insoniyatning falsafiy tafakkuri darajasi 
va xususiyatiga bog‘liqligi, lekin bu 
murakkab savollarga haligacha aniq javob 
topilmagani xulosa qilingan va hokazo.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
100 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin