Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   216
2021 4-son

81 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
fotiha qiladilar. Odatda, kishilar dasturxon 
atrofida to‘planar ekan, dastlab Allohga 
shukronalar aytadilar. Shuningdek, taomdan 
so‘ng dasturxon boshida o‘tirganlarga 
nisbatan yoshi eng katta kishilardan biri duo 
qiladi. E’tiborli jihati ham shundaki, duolar 
xilma-xil bo‘ladi. Masalan, shulardan birini 
keltirib o‘tsak: «Bismillahir rohmanir rohiym. 
Shirin novvot, manzil obod, payg‘ambar, 
xudoga salovat. Xo‘p bersin, ko‘l bersin. 
Keng fe’l, ketmas davlat bergin. Do‘stga zor, 
dushmanga xor, nomardga muhtoj qilmagin. 
O‘t balosi, suv balosi, nohaq tuhmatdan 
o‘zing asragin. Omin, Allohu Akbar!» Demak, 
shu birgina duodan ham ko‘rish mumkinki, 
odamlar suvni nafaqat ijobiy deb bilganlar, 
balki u keltiradigan falokatlarni ham eng 
yomon voqelik, falokatlardan biri sifatida 
Allohdan shu balodan saqlashini iltijo 
qilib so‘raganlar. Xullas, suv mahalliy aholi 
tafakkurida idual vazifani bajargan bo‘lib, 
suvdan azizroq, pokroq, mo‘tabarroq, 
ayni vaqtda, undan vahimali, dahshatli 
va qo‘rqinchliroq kuch-qudrat yo‘qligini 
ajdodlarimiz qadim zamonlardayoq hayotda 
ko‘rib, teran tarzda anglab yetgan edilar.
Oila davrasida ko‘proq buva va buvilar 
tomonidan nabiralar yoki ota-onalar 
tarafidan o‘z farzandlariga uch-to‘rt yoshidan 
boshlab suv – hayot davomiyligi, ya’ni 
tiriklik asosi ekanligi tufayli doimiy ravishda 
suv va suv havzalari hisoblangan ariqlar, 
kanallar, daryolar tozaligi haqida qayg‘urish 
insonning muqaddas burchi ekanligi 
tarbiyaning turli vositalari asosida singdirib 
borilgan. Xususan, suvni isrof qilmaslik, uni 
bulg‘amaslik, suvga aslo tupurmaslik va 
peshob qilmaslik, suvga nopok hamda iflos 
narsalarni tashlamaslik uqtirilib, bunday 
yaramas, bema’ni qiliqlarni qilish nihoyatda 
og‘ir gunoh ekanligi milliy va diniy qarashlar 
asosida o‘rgatilgan
4
.
Shuningdek, oqar suvga mag‘zava va 
turli-tuman chiqindilar tashlash eng og‘ir 
gunohlardan biri hisoblangan. Bunday 
yomon ishlarni bilib-bilmay qilib qo‘ygan 
kimsalar keng jamoatchilik tomonidan 
doimiy ravishda qoralangan. Jamiyatning 
yuragi – oila davrasida keksalar “suvdek 
serob bo‘lgin”, “umringning o‘tayotganini 
4 Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Фарғона тумани Каптархона қишлоғи. 2016 йил.
5 Ушбу дуо ЎзР ФА Тарих институти илмий ходими Нигора Қориеванинг отаси Анваржон ака Қосимов томонидан айтилган бўлиб, мазкур дуо матнини бизга тақдим қилганлиги 
учун тарихчи Нигора Қориевага миннатдорлик билдирамиз.
bilmoqchi bo‘lsang, suvga qara”, “umring 
suvdek uzun bo‘lsin”, “o‘t balosi, suv 
balosidan Yaratganning o‘zi asrasin” deb 
duolar qilishadi. Shuningdek, suv bilan birga 
hayot davomiyligi bo‘lgani singari, har bir 
oilada er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda 
o‘zaro vafodorlik oilaning ustuni hisoblanishi 
yana bir maqolda «Suvsiz hayot bo‘lmas, 
vafosiz – oila» deb tavsiflanadi.
Oilada har bir insonning yangi kuni, 
avvalo, suv bilan yuzlashishdan boshlanadi. 
Ota-onalar farzandlariga har kuni erta 
tongda uyg‘ongan zahoti yuz-qo‘lini suv bilan 
yuvishni, inson yuvinmagunicha “yuvuqsiz” 
holda biron kishi bilan salomlashmasligi, 
ko‘rishmasligi, hech kimga qaramasligi 
va hech qanday yumushni bajarmasligi 
lozimligini uqtirib boradilar. Aynan yuz-qo‘l 
yuvib poklangandan so‘ng oila a’zolari bir-
biriga salom berishadi.
O‘zbeklarda qiz bola turmushga 
uzatilayotgan kuni ota farzandiga oq fotiha 
berib, duo qiladi. Aynan mana shunday 
duolarda suvning o‘ziga xos xususiyatlari 
qizlarning kelgusi umr yo‘lida hamisha 
“yo‘ldosh, mehribon” bo‘lishi niyat qilingan: 
“Qizim, doimo suvday bo‘lgin! Niyating va 
maqsadlaring har doim suvday toza bo‘lsin. 
Suv kabi hamma vaqt faqat o‘z o‘rnida o‘zingni 
namoyon etgin. Qalbing va tafakkuring 
dengiz kabi chuqur va bepoyon, tiling 
buloq suvi kabi shirin, harakating esa suv 
to‘lqini kabi shiddatli bo‘lsin. Tashnalikdan 
azoblanayotgan insonlarga o‘z vaqtida suv 
berilganidek, muhtoj kishilardan savobingni 
ayamagin. Suvdek har vaqt kerakli va muhim 
inson bo‘lib yurishingni tilayman”
5
.
Xullas, o‘zbeklarda suv odamlarning 
kundalik turmush tarzi va madaniyatida 
nihoyatda muhim o‘rin tutgan. Mazkur bebaho 
ne’mat bilan bog‘liq an’anaviy qarashlarni 
ramziy xususiyatlar bilan bog‘liq; ekologik; 
poklanish va gigiyena vositasi sifatidagi 
hamda suvning tibbiy xususiyatiga daxldor 
ayrim nuqtayi nazarlarni umumlashtirish 
mumkin.
“Tirik” va “o‘lik” suv. XX asrning 
80-yillarigacha vodiyning ko‘plab hududlarida 
ichimlik suvi sifatida irmoqlari yuksak 
tog‘lar bag‘ridan boshlanadigan daryo, kanal 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin