Tafakkur ziyosi


O‘ZBEK OILASIDA SUV BILAN



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   216
2021 4-son

O‘ZBEK OILASIDA SUV BILAN 
BOG‘LIQ MADANIYAT
Adhamjon Azimbayevich Ashirov–
 t.f.d., professor. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti 
Annotatsiya:
 Ushbu maqolada o‘zbeklar oilasi va dunyoqarashida suvning ahamiyati tarixiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy-etnografik 
materiallar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada o‘zbek oilalarida suv bilan bog‘liq tarbiya usullari xususida fikr yuritilgan.
Аннотация:
 В статье подробно рассматриваются актуальность, важность и задачи подготовки студенток к управленческой 
деятельности в высших учебных заведениях.
Abstract:
 This article analyzes the importance of water in the Uzbek family and worldview on the basis of historical, social, cultural, 
historical and ethnographic materials. The article also discusses water-related education methods in Uzbek families.
Kalit so‘zlar:
 Suv, «tirik» va «o‘lik» suv, oq suv, qora suv, suv bilan bog‘liq tarbiya.
Ключевые слова:
лидерство, управление, государство, гендерное равенство, потенциал, образование, социально-
политические, стимулы.
Keywords:
 Water, “living” and “dead” water, white water, black water, water-related education.
Suv Markaziy Osiyo xalqlari uchun 
«buyuk tarbiyachi» hisoblanadi
1
. Mintaqa 
aholisi suvni «hayotiy muhim modda yo 
«resurs» deb emas, eng ulug‘ qadriyatlardan 
biri hisoblab, «boshidan suv o‘girib ichadi» 
degan iborada ifodalanganidek, chuqur 
e’zozlaydi.
O‘zbeklarda suv nafaqat bashariyat, 
flora va faunaning chanqog‘i, tashnaligini 
qondirish vositasi, balki tiriklik, hayot 
davomiyligi, poklanish va bilib-bilinmay 
qilingan gunohlarni yuvish vositasi sifatida 
ham e’zozlanadi. Suvga bag‘ishlangan bir 
qator tarixiy, badiiy asarlar ham yaratilgan.
Shu bois suv mavjud qonunlar va 
jamoatchilik munosabatlarida induviduallik 
va shaxsiy xudbinlikdan ko‘ra yuqoriroq 
mavqega ega bo‘lgan. Aynan suv orqali 
«inson – yer – suv» shaklidagi uchlikdagi 
axloqiy me’yorlar va odatlarga amal qilinadi
2

Mazkur tartiblar ko‘p hollarda yozilmagan 
qoidalar («odat huquqi»), tabu va ayrim 
marosimiy cheklovlar ko‘rinishida bo‘ladi. 
Bularning bari, asosan, oila davrasida katta 
yoshdagi kishilar tomonidan bolalarga 
kichik yoshdan boshlab o‘rgatiladi, uqtiriladi
agarda yoshlar, bolalar xato qilib qo‘yishsa, 
ularga tushuntiriladi, zarur bo‘lsa, tanbeh-
dakki ham beriladi.
Sharq xalqlari, xususan, Farg‘ona 
vodiysida ham jamoaga, ayniqsa, yoshi 
ulug‘ insonlarga alohida izzat-hurmat, mehr-
muruvvat, xayr-saxovat ko‘rsatilib, ular 
doimo qadrlanib keladi. Xususan, oilada 
bir ishni boshlashdan oldin xonadon egasi 
1 Духовный В. А., Юп. Л. Г. де Шуттер. Вода в Центральной Азии. Алма-Ата, 2018. – С. 21.
2 Духовный В. А., Юп. Л. Г Вода в Центральной Азии. Алма-Ата... С.21.
3 O‘zbek xalq maqollari. Toshkent: Sharq, 2005– B. 81.
mahalla oqsoqoli hamda qarindoshlardan 
«Kengashli to‘y tarqamas» tamoyiliga amal 
qilib albatta maslahat oladi, mashvarat 
qiladi. Milliy taom iste’mol qilish etiketiga 
ko‘ra, ovqatlanish oldidan va taom yeb 
bo‘lingach, fotiha o‘qilganidan so‘ng qo‘llar 
suv bilan yuviladi. Ovqat tanovul qilishni 
dasturxon atrofida o‘tirganlarning eng kattasi 
boshlab beradi, undan keyingina yoshiga 
qarab boshqalar taomga qo‘l uzatadi. Lekin 
birgina holatda, ya’ni faqat suv ichishni 
yoshi ulug‘roq kishilar emas, aynan yoshlar 
boshlab beradilar. Bu odat xususida xalq 
maqoli ham mavjud bo‘lib, «Osh kattadan, 
suv kichikdan»
3
deydilar.
Bu o‘rinda bir savol tug‘iladi, ya’ni 
nima uchun suv ichish aynan kattalardan 
emas, balki kichiklardan boshlanadi? 
CHunki tashnalik inson uchun mushkul 
sinovdir. Odam taom emasdan ma’lum 
muddat chidashi mumkin, lekin tanasining 
asosiy qismini suv tashkil etganligi sababli 
tashnalikka uzoq vaqt chiday olmaydi. 
Ayniqsa, yosh bola chanqasa, juda qiynaladi 
va tashnalik qancha davom etsa, uning 
murg‘ak vujudiga shuncha ziyon bo‘lishi 
mumkin. SHu sabab ham bu naqlga rioya 
etilishida yoshlarga bo‘lgan mehribonlik va 
nasl davomiyligiga bo‘lgan alohida diqqat-
e’tibor va mehr-muhabbatni ko‘rishimiz 
mumkin.
Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘zbeklar 
doimo oilada yoxud ma’lum bir davrada, 
dasturxon atrofida o‘tirishganda, taomdan 
avval va keyin barcha o‘zbeklar singari duoyi 
IJTIMOIY FANLAR



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin