ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 82 va ariqlardan sharqirab keladigan suvdan
unumli ravishda foydalanilgan. Bunday
suvlar xalq orasida, odatda, “oq suv” deb
atalgan. Aynan “oq suv”dan to‘yimli taomlarni
tayyorlash va tashnalikni qondiruvchi,
dardga davo ichimlik – “oq choy” damlashda
keng foydalanilgan.
Oqar suvdan damlangan choyning
ta’mi “qora suv”, ya’ni yer ostidan chiqadigan
suvdan qaynatib damlangan choy ta’midan
farq qilgan.
Shu boisdan o‘zbeklarda qadimdan
uydagi chovgumda qaynatilgan suvni
yangilangan holda choy damlash odati
mavjud bo‘lgan. Mutaxassislarning
ta’kidlashicha, suvning bir marta qaynatilishi
uning turli mikrob va viruslardan toza va pok
bo‘lishi uchun kifoya qiladi. Suv yana bir
(yoki undan ko‘proq) marta qaynatilganida
unda mavjud bo‘lgan foydali moddalar
tarkibi buzilishi, zararli, xavf-xatarli
birikmalarga aylanib ketishi mumkin ekan.
Qayta qaynatilgan suvda inson salomatligi
uchun eng zararli, ziyon yetkazuvchi, tahdidli
bo‘lgan mishyak, ftoridlar, nitratlar singari
moddalar hosil bo‘lar ekan
6
.
E’tiborli tomoni shundaki, buyuk
ajdodlarimiz asrlar davomida orttirgan
tajribalari nafaqat kundalik turmush tarzi va
madaniyatda, balki adabiyot va xalq og‘zaki
ijodida ham o‘z aksini topgan. Jumladan,
o‘zbeklar orasida oqar suv tirik va shirin
suv ekanligi hamda “qora suv”ning inson
chanqog‘ini unchalik qondira olmasligi
haqida “Oqar suvning haromi yo‘q”, “Totli
suv toshdan chiqar, yaxshi aql – boshdan”,
“Oqar suvning o‘z jilg‘asi va arig‘i bor” yo
“Qora suv chanqoqni qondirmas, baxtli kishi
qo‘noq qo‘ndirmas” degan ibratli, ogohlikka
da’vat etuvchi maqollar keng tarqalgan
7
.
Agar xalq og‘zaki ijodi durdonalariga
nazar tashlansa, tiriklik suvi tip-tiniq oqar
daryo bo‘lsa, o‘lik suv to‘xtab qolgan, ko‘lmak
suvdir. Shu jihatdan olganda, mashhur
fransuz antropologi K.Levi-Strosning
fikr-mulohazalari ham qiziqarlidir. Uning
yozishicha, bir-biriga qarama-qarshi suvlar
bo‘lgan. Oqar suv (tinch suv, hayot suvi)
6 Нуриддинов Ж. Нима учун сувни икки марта қайнатиб бўлмайди // http://muslim.uz/index.php/rukn/tabobat. 7 O‘zbek xalq maqollari. – B. 21, 67, 86. 8 Леви-Стросс. Структурная антропология. – Москва: Эксмо-пресс, 2001. – С. 172. 9 Гўзалов Ф. Сувнинг ҳаëтбахш сеҳри. – Б. 75. 10 Жалолиддин Румий. Ҳикматлар. – Б. 87. 11 Басилов В.Н.Шаманство у народов Средней Азии и Казахстана. – Москва: Наука, 1992. – С. 28. 12 Мухиддинов И. Земледелие памирских таджиков Вахана и Ишкашима в XIX – начале XX в. (историко-этнографический очерк). – М., 1975 – С. 101. va oddiy suv tushunchalarini bir-biriga
qiyoslagan paytda har doim oqar suv ustun
chiqadi. Ruhlar bilan aloqador bo‘lganligi
tufayli ham oqar suv dahshatli hisoblanadi,
tinch yoki to‘xtab qolgan suv esa barqaror
xarakterga ega
8
.
Inson turib qolgan suvda chinakam
hayot asarini ko‘rmagan, aksincha, oqar suv
odamga jo‘shqin hayot ramzi bo‘lib tuyilgan.
Shu sababli xalq ertaklarida o‘lik suv doim
oqmas manbalar – hovuz yoki ko‘lmakda
tasvirlanadi
9
.
Biron-bir joyda turg‘unlik balosiga
giriftor bo‘lib, turib qolgan suvning aynib,
buzilishi ko‘hna Sharq mumtoz (klassik)
adabiyotida ham tilga olinadi. Mavlono
Jaloliddin Rumiy ilojsizlik, tashnalikdan
ko‘lmak suvni ichgan insonning ko‘ngli ham
aynishi haqida:
Suvki turg‘un ersa, bas, ul aynigay, Bo‘yla suvni ichsa ko‘ngil aynigay. Haq savob bahriga irg‘itgay yana, Lutfi birlan suvni suv etgay yana