SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING “SOG‘LOM BOLA” ASARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI Qunduz Oybek qizi Alimova – stajyor-o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sog‘lom bola” asarida keltirilgan: farzand tarbiyasidagi ota-onaning o‘rni va ahamiyati, farzand ne’mati hamma ne’matlardan ustun ekanligi, farzandni ma’naviy jihatdan, ham jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sishi to‘g‘risida qayg‘urish bola hali dunyoga kelmasdan avval, boshlanish kerakligi, hamda tarbiyada tashqi muhit omillarining salbiy ta’siri to‘grisidagi fikrlarlar ushbu maqolada o‘rin olgan. Аннотация: Эта статья основана на «Здоровом ребенке» Шейха Мухаммеда Садика Мухаммада Юсуфа: роль и значение родителей в воспитании ребенка, что благословение ребенка превосходит все благословения, ребенок духовно, Обеспокоен как физически здоровым ростом до рождения ребенка, нужно начать, и комментарии о негативном влиянии внешних факторов окружающей среды на образование включены в эту статью. Abstract: This article is based on Sheikh Muhammad Sadiq Muhammad Yusuf’s “Healthy Child”: The Role and Importance of Parents in Raising a Child, that the blessing of the child is superior to all blessings, the child spiritually, Concerned about both physically healthy growth before the child is born, need to start, and comments on the negative impact of external environmental factors on education are included in this article. Kalit so‘zlar: farzand ne’mati, sog‘lom bola, ta’lim tarbiya, Imom G‘azzoliy, yomon va yaxshi xulq, tarbiyasizlik, jamiyat, odob axloq, farzand tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Ключевые слова: детство, здоровый ребенок, воспитание детей, Имам Газзали, плохое и хорошее поведение, воспитание, общество, манеры, факторы, влияющие на воспитание детей Keywords: childhood, healthy child, educational upbringing, Imam Ghazali, bad and good behavior, upbringing, factors influencing society, morality, child rearing. Ota-onaning farzand oldidagi
burchlaridan biri uni har tomonlama
sog‘lom, baquvvat qilib tarbiyalab
voyaga yetkazishdan iborat. “Sog‘lom
bola”deganda, faqat jismoniy sog‘likni
yoki faqat ma’naviy-ruhiy sog‘liqni emas,
balki ikkovini qo‘shib tushunish kerak
bo‘ladi. Har bir ota-ona o‘z farzandining
ham ruhiy-ma’naviy jihatdan sog‘lom,
barkamol bo‘lishi uchun, ham jismoniy
jihatdan chiniqqan, baquvvat, turli kasallik
va illatlardan sog‘-salomat bo‘lib ulg‘ayishi
uchun harakat qilmog‘i lozim.
“Sog‘lom bola” shiori ko‘tarilishi
bilan vatanimizdagi har bir toifa, har bir
mutaxassisligi va fikr-mulohazalari asosida
maskur shiorni hayotga tatbiq qilishda,
singdirishda va sog‘lom bolani tarbiyalab
1 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sog’lom bola”, “Hilol” nashr Toshkent 2019, 5 bet yetishtirishda o‘z hissasini qo‘shish uchun
harakat qilmog‘i kerak.
“Sog‘lom bola” shiorini aytib o‘tish va
uni amalga oshirishdan oldin ushbu shiorni
va uning ma’nosini to‘g‘ri va chuqurroq
tushunib olish zarur bo‘ladi. “Sog‘lom bola”
shiori yosh avlodning, ya’ni yangi o‘sib
kelayotgan yoki endi dunyoga kelib, mana
shu yurtda voyaga yetadigan insonlarning
har tomonlama sog‘ va salomat bo‘lishi
haqida qayg‘urish shiori desak bo‘ladi
1
.
“Sog‘lom bola” shiori kelajak avlodning
ruhiy-ma’naviy va jismoniy jihatdan sog‘lom
bo‘lishlari va sog‘lom o‘sishlari uchun
qayg‘urish desak, xato qilmagan bo‘lamiz.
“Sog‘lom bola” shiori har bir xalqning,
millatning asosiy masalalaridan biri
bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ular
IJTIMOIY FANLAR