FILOLOGIYA FANLARI KOLLOKVIALIZMLARNING PAYDO BO‘LISHIDA POLISEMIYA VA KO‘CHIMLARNING O‘RNI Abduvali Musayev – dotsent, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada til uslublarining qo‘llanishiga qarab, alohida uslub sanalgan ya’ni oddiy so‘zlashuvga xos so‘z va iboralar-kollokvializmlarning paydo bo‘lishida polisemiya va ko‘chimlarning qo‘llanish holatlari ko‘rib chiqiladi. Анннотация: В этой статье, в зависимости от использования языковых приемов, мы рассмотрим использование многозначности и кочевников при возникновении разговорной речи (слова и фразы, характерные для разговорно- английского языка). Abstract: This article, depending on the use of language methods, we will consider the use of polysemy and nomads in the emergence of colloquialism (words and phrases typical of colloquial-English). Kalit so‘zlar: polisemiya, trop, leksika, stilistika, so‘z, ibora, kollokvializm, adabiy til, sheva, konnotativ, neytral leksika, metafora, metonimiya, sinekdoxa. Ключевые слова: многозначность, троп, лексика, стилистика, слово, фраза, разговорный язык, литературный язык, диалект, коннотатив, нейтральная лексика, метафора, метонимия, синекдоха. Keywords: polysemy, trop, lexicon, stylistics, word, phrase, colloquialism, literary language, dialect, connotative, neutral vocabulary, metaphor, metonymy, synecdoche. Globallashuv jarayoni hayotimizga
tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy
omili va sababi, bugungi kunda har qaysi
davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat
yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon
miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan
shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki,
biron mamlakatning bu jarayondan chetda
turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini
tushunish, anglash qiyin emas.
Jamiyatdagi ijtimoiy muhit insonlar
muloqotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyatdagi tenglik, osoyishtalik, barqarorlik,
iqtisodiy taraqqiyot, ma’naviy-axloqiy muhit,
umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligini
ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar
insonlarning, qaysi kasbda ishlashidan qat’i
nazar muloqot jarayoni yuqori madaniyatli
bo‘lishiga xizmat qiladi.
Leksika ma’lum qonun-qoidaga
bo‘ysinuvchi izchil va murakkab tizimdan
iborat. Til leksikasi to‘xtovsiz o‘zgarib
turadi. Bu narsa lug‘at tarkibida yangi
so‘zlarning paydo bo‘lishi, mavjud so‘zlardan
ayrimlarining eskirib, iste’moldan chiqishi,
leksik ma’nosini o‘zgartirib, yangi ma’no kasb
etishi kabi jarayonlarda ko‘rinadi. Jamiyat
taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi
bilan uzviy bog‘langan holda leksikasi boyib
boradi. 20-asrda barcha xalqlar qatori o‘zbek
xalqi leksikasi ham tezlik bilan o‘sib, taraqqiy
etdi. O‘zbek tili leksikasiga baynalmilal
so‘zlar keng ko‘lamda kirib keldi. Buning
ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi
1 Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек тилининг сўзлашув услуби. Тошкент, 1991, 45-бет. ham to‘xtovsiz o‘sib bormoqda.
Leksikaning (grek.lexicos-so‘zga oid,
lug‘aviy) kelib chiqishi, lug‘at sostavining
qo‘llanilish sohasi, stilistik belgisi
o‘zgaruvchandir. Umuman dunyo tillari shu
jumladan, o‘zbek tili leksikasi to‘xtovsiz
o‘zgarib turadi. Jamiyatimiz taraqqiyoti,
ijtimoiy tizimning o‘zgarishi tilimizning
leksikasi o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi.
Leksik stilistikaning markaziy
muammolaridan biri fikrni aniq ifodalashi
uchun so‘zni o‘rinli tanlashdir. Kerakli biron
so‘zni topish oson emas. Fikrni aniq ifodalash
uchun til ustida ishlash mashaqqatli mehnat
talab etadi
1
.
Tilning vazifaviy uslubi – bu ma’lum
tilda muloqot qiladigan odamlarning o‘z ona
tilidan turli holatlar va ish joylaridan kelib
chiqib, ma’lum maqsadni ko‘zlab, so‘z va so‘z
birikmalari, iboralarni ishlatish yig‘indisidir.
Demak, til uslublarining qo‘llanishiga
qarab, alohida uslub sanalgan ya’ni
oddiy so‘zlashuvga xos so‘z va iboralar-
kollokvializm (“Colloquial-ingliz tilidan”
so‘zlashuv uslubiga xos so‘z va iboralar)ning
paydo bo‘lishida polisemiya va ko‘chimlar
muhim rol o‘ynaydi.
Ba’zi tilshunoslar kollokvializmni
ko‘proq nostandart leksikaga xos deya
ta’rif beradi. Biz E.Patrish g‘oyasini qo‘llab
kollokvializmlarni standart vokabulyar
(“vokabulyariy”) – inglizcha “lug‘at, so‘z
tarkibi so‘z boyligi”) tarkibiga kiritish bilan
birga “quyi” kollokvializmlarni nostandart