Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
120 
ko‘proq e’tibor beriladi.
1. Narsa va voqealar orasidagi nisbat 
o‘xshashlik asosida ma’no ko‘chishi metafora 
hisoblanadi:
Qaynaydi o‘zligin yo‘qotib,
To‘zitar osmonga kumush chang 
(Zulfiya “Shalola”).
“Bilaman. Odamlar bekordan bekorga 
quloq qilinmayapti, odamlar bekordan-
bekorga azobga tortilmayapti”, deganlar.
(T.Malik. Iblis devori. Toshkent, 2007, 196-
bet). Uzoqda oltinlangan bug‘doyzorlar, paxta 
dalalarni shartta kelib ufqqa sanchilgan 
yo‘llar yaltirar, yaylovlarda ilon izi so‘qmoqlar 
chuvalashib yotar edi (A.Muxtor. chinor, 10-
bet). Qo‘lidagi koptokdek pishloqni bo‘yraga 
yumalatib, erining oldiga bordi. (A.Muxtor. 
Chinor, 18-bet).
2. Metonimiya – bir-biridan farqlanuvchi 
predmet, hodisaning o‘zaro yaqinligi
aloqadorligi tufayli dastlabki predmet nomi 
boshqa predmet nomi bilan ataladi: -Bugun 
suyuq ichmas ekansiz, bir cho‘liq bola 
tayinladi, - pichirladi u alanglab (A.Muxtor. 
Chinor. 22-bet). Shirin – shirin gaplardan 
gaplashib o‘tiring. (T.Malik. Iblis devori, 172-
bet). 
3. Sinekdoxa metonimiyaning bir 
ko‘rinishidan iborat ko‘chim bo‘lib, unda bir 
qismi yoki bo‘lak orqali yaxlit, butun narsa 
bildiriladi, yo aksincha, butun narsa, hodisa 
orqali bo‘lak haqida fikr ifodalanadi:
Shu yaqin o‘rtada ot pishqirdi. So‘ng 
tuyoq ovozi eshitildi. (T.Malik. iblis devori. 
201-bet). “Ahvoli yomon, xomilasi ikki-uch 
oyligida og‘ir yuk ko‘tarib qo‘yibdi, - dedi 
u (A.Muxtor. Chinor. 30-bet). Kunlar, oylar 
tubanlikda, g‘urbatda o‘tdi (A.Muxtor. Chinor, 
37-bet) – Hech narsa qilmaydi, - deya 
birdan Xonzodaning gapini bo‘ldi Shahlo, 
-dadamning burnidan ip o‘tkazib olgansiz, 
qayoqqa sudrasangiz, shu yoqa ketadi... 
(N.Ismoilov. 1 kitob, 99-bet)”.
Yuqorida ko‘rsatilgan metoforadagi: 
quloq (surgun), oltinlangan (rang), koptokdek 
(yumaloq) metonimiyadagi: suyuq (ovqat), 
shirin-shirin (so‘z), labiga (qirg‘oq), 
sinekdoxadagi: tuyoq (ot), xomila (chaqaloq), 
kunlar (yil, sana), burni (inson a’zosi) so‘zlar 
o‘z ma’nolariga nisbatan ko‘chma ma’noda 
qo‘llanib kelgan.
Xulosa qilib aytganda, 
kollokvializmlarning paydo bo‘lishi ko‘chimlar 
va polisemantik so‘zlarning keng ma’nolarda 
qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Bu hodisa 
hozirgi o‘zbek tili uslublari uchun xosdir. 
Badiiy adabiyot tilida tasvirlanayotgan voqea, 
hodisani individuallashtirish va baholashda 
yozuvchiga va so‘z ustalariga so‘zlarni 
o‘rinli qo‘llashlarida kollokvializmlardan 
foydalanish katta yordam beradi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin