ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 116 qilsak. Unga ko‘ra, tiklanadigan suv
resurslarining umumiy hajmi 42000 km
3
ni
tashkil etadi. Shuning 3900 km3ini insoniyat
sug‘orish (70 foiz) va sanoat ishlab chiqarishi
(19 foiz) maqsadlarida sarflaydi
9
. Tabiiyki,
jahon bo‘ylab ekin maydonlarining muttasil
kengayib borishi, industrial ishlab chiqarishning
jadallashishi ushbu ko‘rsatkichlarni oshirdi.
To‘g‘ri, mintaqalarning suv resurslari bilan
ta’minlanganligi, undan foydalanish darajasini
bir xil deb bo‘lmaydi. Masalan, Yevropa
mamlakatlari o‘z suv resurslarining atigi 6
foizini iste’mol qilsa, Osiyo mamlakatlari –
uning 80 foizini, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika
va Markaziy Osiyo mamlakatlari – qariyb 100
foizini sarf qiladi
10
. Lekin inson ehtiyojlari
uchun sarflanadigan suv resurslarining oshib
borayotgani barcha mamlakatlarga xos
tendensiya bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar
bu tendensiyani ekologik vaziyat uchun
ayniqsa xatarli deb bilmoqdalar. Chunki
ularning mulohazalariga ko‘ra, 40 foiz suv
resurslarining sarflanishi mintaqadagi
ekologik vaziyatga jiddiy putur yetkazadi
11
.
Keyingi yillarda qariyb barcha mamlakatlarda
suv resurslarini boshqarish, undan foydalanish
bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish,
qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orish
texnologiyalarini keng qo‘llashga intilinmoqda.
Biroq, shunga qaramasdan, jahonning biror
mintaqasida suv resurslaridan foydalanish
darajasi kamaygani yo‘q.
Uchinchidan, jahonning barcha
mintaqalaridagi iqlim o‘zgarishlarining
unifikatsiyalashuvi sodir bo‘layapti. Iqlim
muayyan hududdagi ekologik vaziyatni
ifodalovchi muhim komponentlardan biri
ekanligini ta’kidlab o‘tdik. Undagi o‘zgarishlar
ekotizimning barcha elementlariga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Umuman olganda, iqlim sayyorada
hayot paydo bo‘lganidan buyon o‘zgarib
keladi. Biroq XX asrning ikkinchi yarmiga
kelibgina, u umumsayyoraviy miqyosda
yuz berayotgan tendensiyaga aylandi. Eng
ahamiyatlisi, jahonning turli mintaqalarida
iqlim o‘zgarishlari bir xil omillar ta’sirida sodir
bo‘lmoqda. Jumladan, barcha mintaqalarda
iqlim o‘zgarishlari parnik gazlarining to‘planib
qolishi evaziga yuzaga kelmoqda. “Parnik
gazlari atmosferada to‘planib, sayyoraning
qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik
kosmosga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi va
atmosferaning qizishiga sabab bo‘ladi”
12
. Iqlim
9 Состояние мировых земельных и водных ресурсов.// www.fao.org/3/i1688r/i1688r03.pdf. 10 Ўша жойда. 11 Ўша жойда. 12 Иқлим ўзгариши.// http://sgp.uz/uz/gef-thematics/climate-change. 13 Ўша жойда. 14 lnternational Union for Conservation of Nature and Natural Resources, 2010.1. IUCN Red List of Threatened Species:Summary Statistics.// www.iucnredlist.org. o‘zgarishlariga bag‘ishlangan manbalarda
barcha qit’alarda antropogen omillar oqibatida
quyidagi parnik gazlarining to‘planib qolishi
kuzatilayotgani qayd etiladi: a) suv bug‘i;
b) karbonat angidrid; v) metan; azot oksidi;
g) gidroftoruglerodlar; d) perftoruglerodlar;
oltingugurt geksaftoridi
13
. Boshqa tomondan,
jahonning barcha mintaqalarida energetika
va kimyo texnologiyasi taraqqiyoti bilan iqlim
o‘zgarishlari o‘rtasida muayyan aloqadorlik
kuzatilmoqda. Xususan, qaysi hududda ushbu
ikki soha jadal rivojlansa, o‘sha hududdagi
iqlim o‘zgarishlari sur’atlari baland, mazkur
sohalar sust o‘zgarayotgan mintaqalarda bu
sur’atlar zaif bo‘lmoqda.
To‘rtinchidan, jahonning barcha
mintaqalarida o‘simlik dunyosidagi
o‘zgarishlarning unifikatsiyalashuvi
kuzatilmoqda. Ma’lumki, o‘simliklar ko‘p
hujayrali organizmlarning asosiy guruhlaridan
biri hisoblanadi. Uning turlari benihoya boyligi
bilan ajralib turadi. Masalan, Xalqaro tabiatni
muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) ma’lumotlariga
ko‘ra, bugungi kunda 320 mingga yaqin
o‘simlik turlari mavjud bo‘lib, ularning 280
mingga yaqinini gulli o‘simliklar, 1 mingdan
ortiqrog‘ini ochiq urug‘lilar, 16 mingga yaqinini
moxsimonlar, qariyb 12 minggini yuqori sporali
o‘simliklar tashkil etadi
14
. Mintaqalardagi
tuproq, suv, iqlim xususiyatlari turlicha bo‘lgani
bois ulardagi o‘simliklar dunyosi ham bir-biridan
tubdan farq qilgan – bu bizga ma’lum bo‘lgan
faktlardan biri. Masalan, tropik iqlim sharoitida
o‘simliklarning bir tizimi tarqalgan bo‘lsa,
kontinental iqlim negizida ularning boshqa
tizimi shakllangan. Lekin tarixiy taraqqiyot
davomida turli mamlakatlar o‘rtasidagi
savdo-iqtisodiy aloqalar ayrim o‘simliklarning
bir hududdan boshqasiga ko‘chirilishiga
sabab bo‘lgan. Shu tariqa bir mintaqada
keng tarqalgan o‘simlik o‘zga mintaqalarning
florasidan joy ola borgan. Uzoq muddat
davomida o‘simliklarning bunday ko‘chishi
ko‘proq juz’iy va tasodifiy xarakterga ega edi.
Biologlar bu jarayonni tasodifiy introduksiya
deb ataydilar. O‘tgan asrning ikkinchi yarmiga
kelib, ushbu jarayonlar – o‘simliklarning
bir hududdan boshqasiga ko‘chirilishi –
tizimli va maqsadli tus ola boshladi. Buning
oqibatida barcha mintaqalarda introdutsentlar
(ko‘chirib kelingan va mahalliy sharoitlarga
moslashtirilgan) o‘simliklar soni ko‘paydi.
Mazkur jarayonlar O‘zbekistonni ham
IJTIMOIY FANLAR