ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 114 mintaqada aholi turmush darajasi keskin
tushib ketadi va turli kasalliklarning barqaror
oshishi kuzatiladi. Aksariyat hollarda ayanchli
ekologik vaziyat inqirozli vaziyatga o‘sib o‘tadi.
Mintaqadagi tabiiy shart-sharoitlarning
tiklab bo‘lmas darajada yomonlashishi,
tabiiy resurslarning batamom tugashi, inson
turmushi uchun maqbul sharoitlarning deyarli
qolmasligi, tabiatga antropogen ta’sirning misli
ko‘rilmagan miqyosga etishi falokatli ekologik
vaziyat yuzaga kelganidan dalolat beradi.
Bunday vaziyatda kishilarning turmushi katta
xavf ostida qoladi, jamiyat genofoni buziladi,
tabiat ob’ektlari emiriladi. Shunisi ahamiyatliki,
bir vaqtning o‘zida sayyoraning turli nuqtalarida
turlicha ekologik vaziyat hukm surishi
mumkin. Aytaylik, muayyan mintaqada tuproq,
suv havzalari, atmosfera havosi, o‘simliklar va
hayvonot olamiga antropogen ta’sir mavjud
bo‘lmagani tufayli qoniqarli ekologik vaziyat
qaror topishi, boshqa hududda bunday ta’sir
me’yor darajasida saqlangani bois ziddiyatli
vaziyat yuzaga kelishi, uchinchi bir hududda
turli omillar ta’sirida turli omillar ta’siri o‘laroq
keskin yoxud inqirozli vaziyat ildiz otishi
mumkin.
Ekologik vaziyat insoniyat tarixi
davomida ham turli ob’ektiv va antropogen
omillar, ayniqsa davrda hukm surgan
ekologik munosabatlar ta’sirida muttasil
o‘zgarib borgan. Masalan, butun Koinotda
sodir bo‘lgan jarayonlar, sayyoradagi tabiiy
transformatsiyalar, iqlim o‘zgarishlari, ofatlar
va hokazolar albatta ekologik vaziyatning
o‘zgacha tus olishiga sabab bo‘lgan. Biroq
ekologik vaziyatda antropogen omillar,
xususan ekologik munosabatlar ta’sirida sodir
bo‘lgan o‘zgarishlar ayniqsa ahamiyatli. Bu
omillar turli mintaqalardagi ekologik vaziyat
xarakterini tubdan o‘zgartirdi.
Insoniyat tarixining ilk pallalaridagi
ekologik vaziyatni qoniqarli deb baholash
mumkin, chunki bu davrda tuproq, suv havzalari,
atmosfera havosi, o‘simliklar va hayvonot
olamiga sezilarli antropogen ta’sir mavjud
bo‘lmagan. Insonning tabiiy shart-sharoitlarga
moslashgan holda turmush kechirishi tabiiy
manbalarga (o‘simliklar, hayvonot olami) biror
bir jiddiy xavf tug‘dirgani yo‘q. Ishlab chiqarish
vositalarining primitiv xarakterga egaligi, tabiiy
boyliklarga qiziqishning mavjud emasligi ham
bunga imkon bermasdi. Shu boisdan ekologik
vaziyat ob’ektiv, antropogen xarakterga ega
bo‘lmagan omillar ta’sirida o‘zgara borgan.
Biroq insoniyat asta-sekinlik bilan ov
va ishlab chiqarish qurollari yaratishning
3 История мировых эпидемий. Часть 1.// https://habr.com/ru/post/372815, 2016, 30 октября. uddasidan chiqdi, o‘z hayoti va turmushini
tabiiy ofatlardan muhofaza qilishga odatlandi.
Har ikkala holat mavjud ekologik vaziyatga
sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, ov va ishlab
chiqarish qurollarining yaratilishi yirik sut
emizuvchi hayvonlarning qirilib ketishiga
sabab bo‘lgan bo‘lsa, hayotiy xavfsizlikka
bo‘lgan intilish odam bolasi qo‘li bilan
yaratilgan sun’iy muhitni yuzaga keltirdi.
Kiyim-boshning takomillashtirilishi, issiq va
sovuqdan muhofaza qiluvchi turar joylarning
barpo etilishi, yangi yerlarning ochilishi, suv
toshqinlaridan himoyalovchi ilk to‘g‘onlarning
yaratilishi va shu kabi ko‘plab omillar nafaqat
inson turmushi sifatini yaxshiladi, balki
mavjud ekologik vaziyatni ham o‘zgartirdi.
Lekin bunday juz’iy va ahamiyatsiz antropogen
ta’sir tabiiy shart-sharoitlarni o‘zini-o‘zi tiklash
va muvofiqlashtirish imkonidan mosuvo
qilmagandi.
Qadimgi dunyodagidan farqli o‘laroq,
o‘rta asrlar davomida jahonning barcha
mintaqalaridagi ekologik vaziyat birmuncha
tizimli va shiddatli ravishda o‘zgara boshladi.
Chunki bu davrdagi agrar faoliyat tabiiy shart-
sharoitlarni tubdan o‘zgartirishni, salmoqli
tabiiy resurslarni jalb qilishni taqazo etardi.
Qishloqlarda hosildor yerlar va suv havzalaridan
foydalanishning kengayishi, shaharlarda
hunarmandchilikning rivojlanishi ekologik
vaziyatga o‘zgacha qiyofa baxsh etdi. Masalan,
ham Sharq, ham G‘arb mamlakatlarida tabiiy
shart-sharoitlarda sifatiy o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi: sug‘oriladigan dehqonchilik yerlari
kengaydi, o‘rmonlar maydoni kamaydi, ishlab
chiqarishga jalb qilingan suv havzalari ko‘paydi,
tabiiy resurslar iste’moli oshdi. Shaharlarda
istiqomat qiluvchi aholi sonining ko‘paygani
ham ekologik vaziyatning sog‘lomlashishiga
xizmat qilgani yo‘q. Aksincha, ulardagi inson
turmushi uchun zarur bo‘lgan tabiiy shart-
sharoitlar yomonlashdi. Harqalay, ayrim
manbalarda ko‘rsatilganidek, 1346-1353
yillarda Yevropa aholisi salmoqli qismining
vabodan qirilib ketishi shundan dalolat beradi
3
.
Ekologik vaziyatdagi inqilobiy o‘zgarishlar
ibtidosi industrial ishlab chiqarishning vujudga
kelishi bilan bog‘liq. Avval Yevropaning ilg‘or
mamlakatlarida, XX asrga kelib esa, Osiyoning
yetakchi mamlakatlarida sanoat ishlab
chiqarishi ustuvor bo‘lgan iqtisodiyotning
vujudga kelishi yangi texnologiyalarni
rivojlantirdi, mahsulot va xizmatlar sifati va
tarkibini o‘zgartirdi. Ayniqsa energetika va
metallurgiya sohalari taraqqiy topdi. Biroq bu
masalaning bir jihati, xolos. Industrial ishlab
IJTIMOIY FANLAR