EKOLOGIK VAZIYAT GLOBALLASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI Bahodir Nurillayevich Omonov– Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, f.f.f.d (PhD) dotsent, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti Annoatatsiya: Maqolada ekologik muammolarning globallashuvi, uning umumsayyoraviy tus olishi, tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi aloqalarning murakkablashishi hamda antropogen omillarning ekologik muhitga ta’siri haqida fikr bildirilgan. Ekologik vaziyatning ijtimoiy-tarixiy, texnologik jarayonlar natijasida shiddatli o‘zgarishi va ushbu muammolarni unifikatsiyalashish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Аннотация: В статье показывается глобализация экологических проблем, приобретение ими общепланетарный характер, усложнение взаимоотношений в вопросах пользования природными ресурсами, влияиие антропогенных факторов на эко Анализируется стремительное изменение экологической ситуации и вопросы унификации экологических проблем. Abstract: The article shows the globalization of environmental problems, their acquisition of a planetary nature, the complication of relationships in the use of natural resources, the influence of anthropogenic factors on the eco. The rapid change in the environmental situation and the issues of unification of environmental problems are analyzed. Kalit so‘zlar: Ekologik vaziyat, tabiiy resurslar, ekologik vaziyat komponentlari, ekologik globallashuv, antropogen ta’siri, suv resurslari, ekotizim, biomassa, texnomassa. Ключевые слова: Экологическая ситуация, природные ресурсы, компоненты экологической экологическая глобализация, антропогенное влияние, водные ресурсы, экосистема, биомасса, техномасса. Key words: Ecological situation, natural resources, components of ecological ecological globalization, anthropogenic influence, water resources, ecosystem, biomass, technomass. Ekologik munosabatlarning
umumsayyoraviy tus olishi, jumladan,
tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi
aloqalarning murakkablashishi, inson
turmushi uchun zarur bo‘lgan tabiiy shart-
sharoitlarni maqbullashtirishga qaratilgan
sa’y-harakatlarning globallashuvi, tabiat va
tabiiy muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan
xalqaro faoliyatning intensivlashuvi jahondagi
ekologik vaziyatni keskin o‘zgartirdi. Eng
e’tiborlisi, turli mintaqalardagi ekologik
vaziyatlarda o‘xshash elementlar bo‘y
ko‘rsata boshladi. Bu tendensiyani ekologik
globallashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri
deb ifodalash mumkin.
Odatda muayyan mintaqadagi ekologik
vaziyatni aniqlash uchun quyidagi mezonlarga
e’tibor qaratiladi: a) hududdagi tuproq ahvoli,
qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan yerlar holati;
b) hududdagi suv havzalari ahvoli va ulardan
foydalanish amaliyoti; v) hududdagi iqlimning
o‘ziga xos xususiyatlari; g) hududdagi
o‘simlik turlari; d) hududdagi hayvonot olami;
e) hududdagi tabiiy boyliklar va ulardan
foydalanish ahvoli; j) hududdagi tabiiy
shart-sharoitlarning inson turmushi uchun
maqbulligi darajasi.
Har qanday mintaqadagi ekologik
vaziyatning barqarorligi chegaralari mavjud.
“Uning barqarorligi ko‘pgina omillarga: ta’sir
ostida qolgan komponentning turiga, uning
taksonomik xususiyatlariga, ta’sir kuchi va
davomiyligiga hamda shu kabilarga bog‘liq”
1
.
1 Гайсина Р.С. Экологическая ситуация: взгляды на сущность, образование и пути решения // Концепт, 2013, №6. – Б.22. 2 Кочуров Б.И.Экодиагностика и сбалансированное развитие.— М.-Смоленск: Маджента, 2003. Barqarorlik chegaralari buzilgani zahoti
mintaqadagi ekologik vaziyat muvozanatini
yo‘qotadi va izdan chiqa boshlaydi.
Ekologik vaziyat komponentlarining
ahvoliga qarab uning maqbullik va keskinlik
darajasini aniqlash mumkin
2
. Masalan, tuproq,
suv havzalari, atmosfera havosi, o‘simliklar va
hayvonot olamiga antropogen ta’sir mavjud
bo‘lmagan mintaqalarda qoniqarli ekologik
vaziyat hukm suradi. Agar mintaqadagi
ekologik vaziyat komponentlariga juz’iy va
ahamiyatsiz antropogen ta’sirlar mavjud
bo‘lsa, bunday holat ziddiyatli vaziyat sifatida
baholanadi. Ziddiyatli vaziyatning o‘ziga xos
jihati shundaki, unda tabiiy shart-sharoitlar turli
ta’sir ostida qolgan bo‘lsa-da, o‘zini-o‘zi tiklash
va muvofiqlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
Mintaqadagi landshaftning ayrim
komponentlarida davomiy salbiy o‘zgarishlar
kuzatilayotgan bo‘lsa, ba’zi tabiiy resurslarning
degradatsiyasi yuz bersa, bunday vaziyat
keskin ekologik vaziyat deb tan olinadi.
Ekologik ahvoli keskinlashgan hududda
kishilar turmush darajasining sezilarli
darajada yomonlashishi kuzatiladi. Lekin
aksariyat mutaxassislar bunday vaziyatni
tabiatni muhofaza qilish choralari yordamida
o‘zgartirsa bo‘ladi, deb hisoblashadi. Undan
farqli o‘laroq, ayanchli ekologik vaziyatda
landshaftdagi salbiy o‘zgarishlarning katta
qismi tuzatib va tiklab bo‘lmaydigan holga
kiradi, tabiiy resurslarning batamom tugashi
xavfi yuzaga keladi. Bunday vaziyatga tushgan