Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
128 
Takroriy so‘zlar grammatik yoki 
denotativ semalarning o‘zgarishi asosida 
hosil bo‘ladi. Ma’lum bir grammatik ma’noni 
ifodalash uchun yasalgan takroriy so‘zlar 
tub so‘zlar, yangi leksik ma’noni ifodalash 
uchun yasalgan takroriy so‘zlar esa yasama 
so‘zlar hisoblanadi. M., tez so‘zi “shaxtam, 
jadal” semasiga ega, tez-tez so‘zi ham 
tez-tez yurmoq, tez-tez ishlamoq kabi 
birikmalarda “shaxtam, jadal” ma’nosini 
bildiradi. Bu misollardan ma’lumki, tez 
so‘zidan hosil qilingan takroriy so‘zning 
lug‘aviy ma’nosi o‘zgarmagan. Takroriy 
so‘zni hosil qilish asosida kuchaytirish, 
ta’kidlash grammatik ma’nosi yuzaga 
chiqqan. Tez yurmoq, tez-tez yurmoq 
birikmalaridagi sodda va takroriy so‘zlarni 
bir xil leksik ma’no ifodalagani uchun 
almashtirib qo‘llash mumkin, ammo ular 
grammatik ma’nosiga ko‘ra farqlanadi. 
Ba’zan takroriy so‘z hosil qilinganda leksik 
ma’noda o‘zgarish bo‘ladi. Ammo leksik 
ma’nosining ayrim semalari o‘zgarib, 
asosiy semalari saqlansa, bunday takroriy 
so‘zlar ham tub so‘z hisoblanadi. M., 1. 
Bemor tez-tez suv so‘rar edi. 2. U bizni 
tez-tez yo‘qlab turardi. Bu gaplarda tez-tez 
so‘zi “ko‘p vaqt oralatmay, bot-bot, o‘qtin-
o‘qtin, qayta-qayta” ma’nolarini bildiradi. Bu 
semalar “holat” semasiga aloqador bo‘lgani 
bois, tez-tez so‘zining asosiy ma’nosida 
o‘zgarish bo‘lmagan. Ushbu takroriy so‘zni 
sodda so‘z (tez) bilan almashtirib qo‘llab 
bo‘lmaydi. Tez so‘zi bosh ma’nosida 
“holat” semasiga ega, tez-tez so‘zi berilgan 
misollarda “holat” semasining emalari 
bo‘lgan “bot-bot”, “qayta-qayta” ma’nolarini 
bildirgan. Demak, bu so‘zlar semantik 
jihatdan butun-qism munosabatiga ko‘ra 
farqlanadi. Umumiy ma’nosiga ko‘ra yaqin 
bo‘lgani bois bunday sodda va takroriy 
so‘zlarni yasama so‘z deb bo‘lmaydi. 
Taqlid so‘zlar nimaning holati 
yoki tovushini bildirishiga ko‘ra “narsa”, 
“harakat”, “belgi”, “miqdor” kabi semalarga 
ega bo‘ladi. Ayniqsa, takroriy taqlid 
so‘zlarda bu semalar kuchli ifodalanadi. 
M., Chak-chak (tommoq, tomchi), chalp-
chalp, chalp-chulp (loy kechmoq) so‘zlari 
“harakat”, “narsa” semalarini bildiradi. 
Bular potensial semalar bo‘lib, shu semalar 
asosida yasama so‘zlar hosil qilinadi. 
M., lo‘q-lo‘q, vov-vov, yalt-yalt kabi so‘zlar 
“harakat”, “holat” semasiga ega bo‘lgani 
uchun lo‘qillab, vovullab, yaltillab kabi 
so‘zlar yasaladi, shar-shar so‘zi “narsa” 
semasiga ega bo‘lgani uchun sharshara 
so‘zi yasaladi. Bunday takroriy taqlid 
so‘zlarning ayrimlari sodda yasama so‘zlar 
bilan ma’nodosh bo‘ladi: lo‘q-lo‘q og‘ridi, 
lo‘qqillab og‘ridi.
Olmoshlar ham taqlid so‘zlar kabi leksik 
ma’no bildirmaydi. Nimaga ishora qilishiga 
ko‘ra “shaxs”, narsa, o‘rin-joy, harakat, holat, 
miqdor kabi ishora semalariga ega bo‘ladi. 
Shuning uchun ba’zi olmoshlardan takroriy 
so‘z hosil qilinganda turli grammatik 
ma’nolar yuzaga chiqadi. M., nima-nima, 
kim-kim (nimalar, kimlar) kabi takroriy 
so‘zlar ko‘plik ma’nosiga ega. Ayrim so‘roq 
olmoshlarining ishora semalari asosida 
leksik ma’no shakllanadi. M., qancha so‘roq 
olmoshidan takroriy so‘z yasalganda (ritorik 
so‘roq asosida) leksik ma’no shakllanadi. 
Qancha so‘zi “miqdor” ishora semasiga 
va shu semaning “ko‘p”, “oz” emalariga 
ega. Shu sema va ema asosida qancha-
qancha takroriy so‘zi yasaladi va bu so‘z 
lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, “ko‘p” semasini 
ifodalaydi. Shu jihatdan qancha-qancha 
so‘zi ravish turkumiga ko‘chadi. 
Polisemem leksemalarning 
sememalarini takrorlash asosida ham 
takroriy so‘zlar hosil qilinadi. Bunday 
takroriy so‘zlarning ayrimlari yasama bo‘lsa, 
ayrimlari tub so‘z bo‘ladi. Ko‘p ma’noli 
so‘zlarning bosh (o‘z), ko‘chma ma’nolari 
asosida yasama so‘zlar hosil qilinadi. 
M., boshma-bosh yotmoq birikmasidagi 
boshma-bosh takroriy so‘zi bosh so‘zining 
o‘z (bosh) ma’nosi asosida hosil bo‘lgan. 
Bosh so‘zi “tananing bo‘yindan yuqorigi, 
oldingi qismi”, “kalla” ma’nosini bildiradi. 
Boshma-bosh so‘zi yasalganda “bosh, 
kalla” semalari qatoriga “holat” semasi 
qo‘shiladi va boshma-bosh so‘zining 
“boshni boshga qaratgan holatda” ma’nosi 
hosil bo‘ladi. So‘z sememaning hokim 
semasidagi (“boshni boshga qaratgan 
holatda” sememasi so‘z birikmasi shaklida 
bo‘lgani bois “boshni boshga qaratgan” 
semalari tobe semalar, holatda semasi 
hokim sema bo‘ladi) bunday o‘zgarish 
asosida boshma-bosh so‘zi yasama ravish 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin