Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


129 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
bo‘ladi. Bosh so‘zining ko‘chma ma’nosi 
asosida ham yasama so‘z hosil bo‘ladi. M., 
boshma-bosh almashtirmoq birikmasida 
boshma-bosh so‘zi bosh so‘zining ko‘chma 
ma’nosi asosida hosil bo‘lgan. Demak, 
yasama so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlarning 
bosh ma’nolaridan tashqari ko‘chma 
ma’nolaridan ham yasaladi. Ma’lumki, 
ko‘chma ma’no metafora, metonimiya, 
sinekdoxa asosida hosil bo‘ladi va so‘z 
yasalishida bular muhim ahamiyatga 
ega bo‘ladi. M., daryo so‘zining ko‘chma 
ma’nosi metafora asosida hosil bo‘lgan. 
Xayol daryosi birikmasida daryo so‘zi 
“ko‘p” semasini ifodalaydi va shu sema 
asosida daryo-daryo so‘zi yasaladi. M., 
Biram yalindi, biram yolvordi, urmang, 
tavba qildim, deb yig‘ladi, ko‘zlaridan daryo-
daryo yosh ketdi-ya! (M.Ismoiliy, Farg‘ona 
t.o.) Gapdagi daryo-daryo so‘zi “juda ko‘p” 
ma’nosini ifodalaydi. Ushbu sodda va 
takroriy so‘zlarning ma’nosi o‘xshashlik 
(metafora) asosida paydo bo‘lgan. 
Metafora asosida hosil bo‘lgan 
semalar ishtirokida tub yoki yasama 
takroriy so‘zlar hosil qilinadi. M., maza-
bemaza gaplar birikmasi tarkibidagi 
takroriy so‘z tub so‘z bo‘lib, mazali, bemaza 
so‘zlarining ko‘chma ma’nosi asosida hosil 
bo‘lgan. M., bemaza gaplar, maza-bemaza 
gaplar birikmasidagi sodda va takroriy 
so‘zlarning leksik ma’no (sememasi)si bir 
xil, ular faqat takroriy so‘zga xos bo‘lgan 
grammatik ma’no asosida farqlanadi. 
Yo‘l so‘zining chiziq semasi metafora 
asosida paydo bo‘lgan va shu sema 
asosida yo‘l-yo‘l so‘zi yasalgan. M., yo‘l-yo‘l 
atlas. Yo‘l va yo‘l-yo‘l so‘zi “chiziq” semasiga 
ega bo‘lsa-da, leksik ma’no (semema)
si farqlanadi. Shu jihatdan yo‘l-yo‘l so‘zi 
yasama so‘z hisoblanadi.
Ayrim so‘zlarning potensial semalari 
metafora asosida paydo bo‘ladi. M., 
taramoq so‘zi sememasida “chiziq, 
qator” potensial semasi mavjud. So‘zning 
potensial semalari ba’zan so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar ta’sirida yuzaga chiqadi 
va so‘zning leksik ma’nosini ifodalashga 
xizmat qiladi. M., taram-taram olma, taram-
taram tarvuz birikmalaridagi takroriy so‘zlar 
“yo‘l-yo‘l”, “uzun-uzun chiziqli” “chiziqli” 
ma’nolarini bildiradi.
Qism nomini bildiruvchi so‘zlarning 
sememasida butunni anglatuvchi semalar 
mavjud bo‘ladi. M., yuz, bet, og‘iz so‘zlari 
“shaxs, odam” semalariga ega. Shu 
semalar asosida yuzma–yuz, betma-
bet, og‘izma-og‘iz kabi takroriy so‘zlar 
yasaladi va bu so‘zlar ham “shaxs, odam” 
semalariga ega bo‘ladi. Jumladan, og‘izma-
og‘iz so‘zi “odamlarning bir-biriga aytishi
xabar qilishi yo‘li bilan” ma’nosini bildiradi. 
M., Ovi baroridan kelgan kishining qilgan 
ishi darhol og‘izma-og‘iz butun qismga 
tarqaldi. (A. Qahhor, Oltin Yulduz) Takroriy 
so‘z og‘iz so‘zining “odam” semasi asosida 
hosil bo‘lgan bu ma’no shakllanishi qismni 
aytish bilan butunni tushunish (sinekdoxa)
ga asoslangan. 
Xullas, so‘zga qo‘shimcha yoki so‘z 
qo‘shish natijasida semantik o‘zgarishlar 
sodir bo‘ladi. Semema tarkibidagi muayyan 
semalarning faollashishi natijasida ayrim 
grammatik, pragmatik semalar leksik 
ma’no bildirishga xizmat qiladi va shu 
asosda takroriy so‘zlar yasaladi, nutqda 
ba’zi shunday takroriy so‘zlar polisemem 
leksemaga aylanadi. So‘zning grammatik, 
sintaktik vazifasi o‘zgarishi asosida hosil 
bo‘lgan ma’no ba’zan takroriy so‘zlarning 
yasalishiga asos bo‘ladi.
Ayrim leksik ma’no bildirmaydigan 
so‘zlarning potensial semalari asosida 
yasama so‘z hosil qilinadi. Shuningdek, 
bunday so‘zlarning ifodasidagi semantik 
torayish emalarning faollashishi va yuzaga 
chiqishiga sabab bo‘ladi va shu emalar 
asosida ayrim takroriy so‘zlar leksik ma’noli 
birlikka aylanadi.
Polisemem leksemalarning 
sememalarini takrorlash asosida ham 
takroriy so‘zlar hosil qilinadi. Bunday 
takroriy so‘zlarning ayrimlari yasama 
bo‘lsa, ayrimlari tub so‘z bo‘ladi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin