Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
132 
butun Xorazmning er yigitlaridan askar 
to‘plab urushga tayyorgarlik ko‘rib turibdi. 
To‘rabekxonim Mang‘it elidan chiqib, katta 
maydon yo‘l yurib Honqaga yetganda, 
Sulton Sanjarning behisob qo‘shini ustidan 
chiqib qolibdi. To‘rabekxonim yigitlarcha 
kiyinib, qilich-qalqon taqib olgani uchun 
uning qiz ekanligini biror dushman bilmabdi. 
To‘rabekxonimni ko‘rgan dushman yigitlari 
“bu shunday chiroyli yigit” deb, unga 
qarashar emishlar. Shu yerda qirq yigit 
bir taraf, dushman lashkarlari bir taraf 
bo‘lib olib, bir-birini na u yoq, na bu yoqqa 
o‘tkazishmas ekan. Birdan dushman askari 
To‘rabekxonimga va uning yigitlariga ot 
qo‘yib bostirib kelibdi. Shu topda bir jang 
bo‘libdiki, buni hech qachon va hech yerda 
biror kishi ko‘rmabdi. Dushman askarlari 
qancha g‘azab, qancha kuch bilan kelsa 
ham, bu qirq yigit bilan To‘rabekxonimning 
qilichidan boshi osmonga uchib, gavdasi 
burda-burda bo‘laveribdi. Bir qo‘shin qirilsa, 
yana biri kelib To‘rabekxonimning qarshisiga 
chiqa beribdi. Uch kecha-uch kunduz jang 
qilib To‘rabekxonim Sulton Sanjarning 
askarlarini tor-mor qilibdi. Xazoris qal’asining 
na kunchiqarida va na kunbotarida jang 
bo‘lmagan joy qolmay dushmanni quvib 
qumga qochiribdi.
Oxiri jangda To‘rabekxonimning 
boshidan cho‘girmasi uchib ketib, qop-qora 
sochi otning oyog‘igacha tushibdi. Buni 
ko‘rgan dushman o‘z hushini qayta yo‘qotib: 
“Ovozasi jahonni tutgan, necha xonni tang 
qoldirgan, necha odamni qilichidan o‘tkazgan 
shu qiz ekan”, – deb, olotos qochibdilar. Sulton 
Sanjar Moziy ham: “Axir sani ko‘rarman”, – 
deb yurtiga qaytib, yetti yoshdan yetmish 
yoshgacha askar yig‘ib olib, behisob nayza-
yu qilichlar bilan, bir lakmas o‘n lak qo‘shin 
bilan “Xorazm qaydasan”, deb yurish qilibdi. 
Xorazm yerlari Amudaryoning suvi bilan 
sug‘orilib, ekinlari yetilar edi. Sulton Sanjar 
Moziy o‘ylab, shu daryoni bog‘lashga qaror 
beribdi. “Agar men daryoni bo‘g‘sam, bu qiz 
menga albatta bosh egib kelib, qul bo‘lishga 
ham rozi bo‘ladi. Odilshoh ham menga tobe 
bo‘ladi”, – deb o‘ylabdi. Daryoning eng tor 
oqadigan joyini topish uchun, daryo yoqalab 
yo‘l yurib, Tuyamo‘yin bilan Pitnak oralig‘iga 
kelganda hamma qo‘shinlarini shu yerga 
tushirib, ullidan kichchisigacha ishga solibdi. 
Hamma askarlar tog‘ chopib, tosh chiqarib 
Amudaryoning shu torayib oqadigan joyiga 
tashlayveribdilar. Bir necha kundan so‘ng 
Amudaryoning suvi Xorazmga oqmay 
boshqa tomonga ketaveribdi. Shu orada olti 
oy suvsiz qolib, butun yerlar oqarib, sho‘r 
ochib, qaqrab qolibdi. Yurtning ahvoli ham 
kundan-kunga yomonlashib, xaloyiqning 
tinkasi qurib qolibdi. Kunlardan bir kun 
el-yurt yig‘ilib, Odilshohning oldiga kelib: 
“Podshohim, yurtimiz xarob bo‘ldi, suvsizlik 
yomon. Olti oy chidadik, agar yana olti oy 
o‘tsa holimiz ne kechadi? Yaxshisi, qizingni 
Sulton Sanjarga berib, yurtni bu ofatdan 
qutqar”, – deyishibdi.
Odilshoh qizini oldiga chaqirib: “Qizim 
el-yurtning ahvoli o‘zingga ma’lum, qani ayt, 
nima gaping bo‘lsa shu elga ayt!” – debdi. 
To‘rabekxonim: “Otajon, men uchun el-yurt 
azob tortmasin, men albatta suv keltiraman, 
uch kundan keyin hamma yer suvga serob 
bo‘ladi”, – debdi. Shu kuni eliga qarab, 
ulardan duoyi fotiha olib, qirqta baytalni olib, 
baytallarning ham toza tuqqanlaridan olib 
yo‘lga chiqib, har bir baytalni bir chaqirim 
yerga bog‘lab, yakka o‘zi tuyamo‘yinga, 
Sulton Sanjar Moziyning chodir tashlagan 
yeriga borib otidan ham tushmay: “Mana 
men, ey Sulton! Qani, ne maqsading bo‘lsa 
ayt”, – debdi. Sulton Sanjar Moziy bu go‘zal 
malikani ko‘rishi bilanoq es-hushini oldirib, ne 
derini bilmay, aqli hayron, tili lol bo‘lib qolibdi. 
Uning yonida xizmatda turgan qanchadan-
qancha to‘ralar tilini tishlab qolibdi, 
sanamlarning qo‘llarida ushlagan narsalari 
tushib ketibdi. Xullas, To‘rabekxonimning 
husni barisini shaydo qilibdi. Shunda Sulton 
Sanjar Moziy tilga kirib, ikki qo‘lini ko‘kragiga 
olib borib, otda turgan To‘rabekxonimga: 
“Marhamat, farishtam. Otdan tushib dam 
oling”, – debdi. “Men sonsiz lashkaring 
oldiga yakka o‘zim keldim, agar men kerak 
bo‘lsam daryoning bog‘langanini yozdir, men 
o‘z ko‘zim bilan ko‘rayin, keyin dam olaman”, 
– deb, To‘rabekxonim otdan tushmay
Sulton Sanjar Moziyning javobini kutib 
turibdi. Sulton Sanjar Moziy darrov hamma 
amaldorlarga: “Daryoni oching!” – deb 
buyruq beribdi. To‘rabekxonim daryoning 
ochilishiga yaxshilab nazar solib turibdi-da, 
daryo ochilgan zamoniyoq baytalga qamchi 
chekibdi. Sulton Sanjar hash-pash deguncha 
baytal bir tosh yo‘l bosib ikkinchi baytalga 
yetib olibdi. Bir necha vaqtdan so‘ng bir 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin