Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


131 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
sultonining qizi. To‘marisning go‘zalligi 
haqidagi ovoza Eron shohi Kirning qulog‘iga 
yetib borgach, u hiyla yo‘li bilan ham 
To‘marisni, ham uning yurtini qo‘lga kiritishni 
rejalashtirgani singari To‘rabekxonimning 
husnda tengsizligidan xabar topgan Mari 
hukmdori Sulton Sanjar ham unga sovchi 
qo‘yadi. Xorazmdan yozib olingan rivoyatda 
aytilishicha, “Mang‘it xonining go‘zal bir 
qizi bor, hamma uni ko‘rishga zor, eliga o‘zi 
vafodor, lekin husnda tengi yo‘q, botirligida 
o‘n-yigirma yigit unga teng kela olmaydi”, – 
degan gap-so‘z Mari podshosining qulog‘iga 
ham yetib qolibdi. Mari podshosining ismi 
Sulton Sanjar Moziy ekan. U To‘rabekxonimni 
so‘ratib kishi qo‘ygan ekan. Sulton Sanjar 
Moziyning kishilari Odilbek xonning 
huzuriga kelib: “Qizingizni podshohimiz 
so‘ratib yubordi, bizlarga javob qaytaring”, 
– debdilar. Odilbekxon nima deyarini 
bilmasdan, sovchilarni To‘rabekxonimning 
o‘ziga yuboribdi. To‘rabekxonim: “Kimki 
g‘azal aytishib yengsa, ot chopishib o‘zsa, 
qilich o‘ynashda ustun chiqsa shunga xotin 
bo‘laman”, – deb kelgan sovchilarning oldiga 
shart qo‘yar ekan. To‘rabekxonim Maridan 
kelgan sovchilarga ham: “Borib sultoningizga 
ayting, shart o‘ynashsin, yutsa olsin, yutqizsa 
indamay qolsin”, – debdi. Sulton Sanjar 
Moziy bu gapni eshitib, zolimligi yana haddan 
oshib: “Shu xotindan pand yeb qolamanmi, 
shartli ham olaman, shartsiz ham olaman”, 
– debdi. Sanjar Moziyning askarlari son-
sanoqsiz ekan. Yetti kun deganda Hazoris 
elatiga yetib kelib, Amudaryo qirg‘og‘ida tug‘ 
tiklab yotib, To‘rabekxonimga yana odam 
yuboribdi”
4
.
Go‘zal qizning unga uylanish niyatida 
kelgan talabgorlar oldiga shart qo‘yishi o‘zbek 
xalq eposiga xos an’anaviy motivlardan 
biri bo‘lib, uning eng go‘zal poetik talqinini 
“Alpomish” dostoni qahramoni Barchin 
yoki “Kuntug‘mish” dostonida tasvirlangan 
Xolbekaning shart qo‘yishi motivi misolida 
ko‘rish mumkin. To‘rabekxonim ham Sulton 
Sanjar tomonidan yuborilgan sovchilarga 
g‘azal aytishish, ot chopishish va qilich 
o‘ynatish shartlarini ma’lum qilishi qadimgi 
ajdodlarimiz turmush tarzida urf bo‘lgan nikoh 
oldidan yoshlarning oila qurishga loyiqligini 
sinab ko‘rish marosimlari bilan bevosita 
bog‘liq holda yuzaga kelgan epik motivdir. 
4 “Тўрабекхоним ва Султон Санжар” // Олтин олма. Ҳаётий эртаклар. 1-китоб. -Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1966. ‒ Б.14. 
Shu o‘rinda xorazmliklarning To‘rabekxonim 
to‘g‘risidagi rivoyatini To‘maris haqidagi 
qadimgi epos syujeti bilan bog‘laydigan yana 
bir detal mavjud: u ham bo‘lsa, talabgorning 
o‘z qo‘shinini daryo bo‘yiga olib kelishidir. 
Zolim Kirning sovchi sifatida yuborgan 
elchilaridan Eron shohining g‘arazli maqsadini 
anglagan To‘maris kelgan kishilar orqali 
agar Kirning niyati urushish bo‘lsa, bu ham 
o‘z qo‘shinini mamlakatning ichkarisiga uch 
kunlik yo‘lga olib kirib, vatanining daxlsizligi 
uchun jangga tayyor ekanligini ma’lum 
qiladi. Aynan shunga o‘xshash tasvirni 
“To‘rabekxonim va Sulton Sanjar” rivoyatida 
ham uchratamiz. To‘rabekxonim o‘z shartini 
aytgach, bu shartda yengilajakligini bilgan 
Sulton Sanjar qizning otasi Odilshohga xat 
yozdi: “Odilshoh, meni yetti iqlim podshosi 
taniydi, yetmish xonlik boj beradi, sen bir 
qizingni mendan qizg‘anasan. Ertaga yo 
qizingni o‘z qo‘ling bilan olib kelib berasan, 
yo urush maydoniga chiqasan”, – debdi. 
Odilshoh bu xatni qiziga o‘qib bergan ekan, 
qizi xatga javob yozibdi-da, otasiga o‘qib 
beribdi. Javob maktubida To‘rabekxonim: “Ey, 
ahmoq podsho! Kuchingni pesh qilguncha 
maydonga, men bilan qilichbozlikka chiq!” – 
degan ekan”.
To‘marisning rad javobini eshitgan Kir 
o‘zining yaqin kishilari va saroy a’yonlarini 
huzuriga chaqirtirib maslahat qilgani kabi 
Odilshoh ham qizining javob maktubini 
ulamo, vaziru, qozi-yu muftilarga o‘qib 
berib maslahat so‘rabdi. Odilshohning 
amaldorlari: “Ulug‘ xonim, bekorga qon 
to‘kilmasin, yaxshisi, To‘rabekxonimga 
o‘zimiz bir gap aytib ko‘raylik”, – debdilar. 
To‘rabekxonim esa: “Agar maydonga chiqsa, 
yo yengib olar, yo yengilib o‘lar”, – debdi-da, 
kelgan odamlarga javob maktubini tutqazib, 
eldan haydab chiqaribdi. Sulton Sanjarning 
odamlari ot choptirib borib, Sultonga qizning 
javob maktubini qo‘rqa-pisa uzatib, qulluq 
qilib, bosh egib turibdilar. Sulton darg‘azab 
bo‘lib, lashkarboshilarini chaqiribdi, ularga 
Xorazmni bosib olishni, To‘rabekxonimni 
tiriklay qo‘lga tushirib, olib kelishni buyuribdi.
To‘rabekxonim otasining oldiga kelib: 
“Otajon, menga mard yigitlaringizdan 
qirqtasini bersangiz, shu Sultonning 
kelishini poylab yo‘lga chiqsam”, – debdi. 
Odilshoh qiziga qirq yigitni qo‘shib, o‘zi ham 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin