“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
126
1. “Maqsadsiz”
semasi.
Bekordan-bekorga o‘zini o‘tga-cho‘qqa
urishdan nima
foyda.(Oybek. Quyosh qoraymas)
2.
“Asossiz, sababsiz” semalari.
Bekordan-bekorga ishdan olib tashlash
qiyin.
(S. Zunnunova)
Demak, –ga qo‘shimchasining
grammatik semalari asosida leksik ma’no
shakllangan va shu ma’no asosda takroriy
so‘zlar, polisemiya hosil bo‘lgan.
Agar takroriy so‘z tarkibidagi
qo‘shimchalarning semalari takroriy
so‘zning leksik ma’nosini ifodalashga
xizmat qilsa, yasama takroriy so‘z hosil
bo‘ladi. M., U yerga bora-bora oyog‘im
charchadi gapida takroriy so‘zning o‘zak
qismiga xos leksik ma’no saqlangan, ya’ni
“bormoq” harakati ifodalangan. Ma’lumki,
–a ravishdosh shakli “holat”, “payt”,
“sabab” semalariga ega. Shu grammatik
ma’nolardan “payt”, “holat” semalarining
faollashishi va leksik ma’noga ko‘chishi
asosida payt ravishlari yasaladi. M., 1.
Bora-bora suhbat jilovi uning qo‘liga o‘ta
boshladi. (X.To‘xtaboev, Shirin qovunlar
mamlakati) 2. Bora-bora G‘oyibjon bilan
inoqlashib ketdik. (M. Jo‘ra, Iztirob)
Bu gaplardagi bora-bora so‘zi “borish”
ma’nosini emas, “payt”, “holat” ma’nolarini
bildiradi.
-ga, -dan, -ma, ba- kabi qo‘shimchalar
takroriy so‘zlar tarkibida uchraydi. Bu
qo‘shimchalar takroriy so‘zlarni yasashga,
ularning leksik yoki grammatik ma’nosini
o‘zgartirishda xizmat qiladi. Jumladan, bu
qo‘shimchalar ta’sirida quyidagi ma’nolar
hosil bo‘ladi:
1. “Darajalanish”, “oldinga harakat
holati”, “darajama-daraja harakat”, “asta-
sekin ilgarilash, yuqorilash yuksalish”,
“tadrijiy harakat” kabi ma’nolar hosil bo‘ladi:
kundan kunga, yildan yilga, yilma-yil.
2. “Ketma-ketlik” ma’nosi: birma-bir,
orqama-orqa, qadam-baqadam, qadamma-
qadam
3. “Yaqinlik” ma’nosi: yonma-yon.
Takroriy so‘z tarkibidagi –ma qo‘shimchasi
(shunday so‘z yasalish qolipi) yon so‘zining
“yaqin” potensial semasini yuzaga
chiqarishga xizmat qiladi.
Takroriy so‘z tarkibida kelgan -ga,
-dan, ba-, -ma qo‘shimchalari so‘z ma’nosini
ko‘chaytirish, ta’kidlashga xizmat qiladi.
M., kam, oz so‘zlaridan kam-kam, oz-oz
kabi takroriy so‘zlar yasalganda muayyan
miqdordagi narsalarni “taqsimlash”
grammatik ma’nosi hosil bo‘ladi. Shu
ma’noni ta’kidlash, kuchaytirish maqsadida
–dan qo‘shimchasi qo‘shiladi: kam-
kamdan, oz-ozdan. Shuningdek, xilma-xil
(xil-xil) so‘zi “har xil” ma’nosini bildiradi. Xil
so‘zi “tur” ma’nosini bildiradi ot turkumiga
mansub bo‘lib, bu so‘zni takrorlash
asosida xilma-xil so‘zi yasaladi. Buni xil-
xil shaklida ham ishlatish mumkin. –ma
qo‘shimchasi so‘z yasash qolipi asosida
xilma-xil so‘zi tarkibida mavjud bo‘lib, so‘z
ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi.
M., xil-xil matolar, xilma-xil matolar. -ma,
ba- qo‘shimchali so‘z yasash qoliplari
mavjud bo‘lib, shu qolip asosida yasalgan
takroriy so‘zlar talaygina, bunday takroriy
so‘zlarni, -ma, ba- qo‘shimchalarisiz
ishlatib bo‘lmaydi. Leksik ma’nosida
o‘zgarish bo‘ladi. M., uchma-uch yetib
turibdi. Uch va undan yasalgan uchma-
uch so‘zlarining sememasidagi hokim
semalar farqli. Shu jihatdan uchma-uch
so‘zi yasama so‘z hisoblanadi. M., uch
so‘zi “narsalarning ingichkalashgan, o‘tkir
tomoni” sememasini birdiradi, hokim
semasi “tomon” bo‘lib, uchma-uch so‘zi
yasalganda “uchlari o‘zaro tutashtirilgan
holda” sememasi hosil bo‘ladi, hokim
semasi “holda”. Shu sema asosida uchma-
uch so‘zi ravish turkumiga ko‘chadi. M.,
Qator-qator o‘rmalovchi kranlar yo‘g‘onligi
o‘n odamning qulog‘iga zo‘rg‘a sig‘adigan
quvurlarni bir-biriga uchma-uch qo‘yib
yotqizmoqdalar (J.Abdullaxonov, To‘fon).
Uchma-uch so‘zining “holat” semasi
asosida keyingi ma’nolari paydo bo‘lgan
va uchma-uch so‘zi polisemantik so‘zga
aylangan. M., Baliq sotib topgan puli
ro‘zg‘origa kerakli narsalarga uchma-uch
yetar edi. (J.Sharipov, Xorazm) Ushbu
gapdagi uchma-uch so‘zi ko‘chma ma’noda
qo‘llangan bo‘lib, “daromadi xarajatini
arang qoplaydigan holda; arang, zo‘rg‘a”
ma’nosini bildiradi. Ushbu semema “holat”
semasi asosida shakllangan, chunki arang,
zo‘rg‘a so‘zlari holat tushunchasining
Dostları ilə paylaş: