Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


125 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
TAKRORIY SO‘ZLAR VA POLISEMIYA
Feruza Uralovna Jumayeva –
 dots.v.b., f.f.f.d. (PhD) Jizzax davlat pedagogika instituti 
Annotsiya:
 Ushbu maqolada takroriy so‘zning semantik qurilishi o‘rganilgan. Takroriy so‘zlarning leksema, semema, sema, ema 
asosida yasalishi aniqlangan. Grammatik birliklarning takrorlanishi asosida hosil bo‘lgan takroriy so‘zlarning leksik ma’no ifodalash 
xususiyatlari semantik tahlillar asosida ochib berilgan. Ko‘p ma’noli takroriy so‘zlarning hosil bo‘lishi, uning sememalaridagi bo‘g‘liqlik va 
farqli jihatlar tahlil etilgan. 
Аннотация:
 В этой статье исследуется семантическая структура повторяющегося слова. Повторяющиеся слова основаны 
на лексемах, семемах, семантике и ema. На основе семантического анализа выявлены лексические особенности повторения 
слов, образованных на основе повторения грамматических единиц. Анализируются формирование многозначных повторов, 
связи и различия в их семантике.
Abstract:
 This article explores the semantic structure of a repeating word. Duplicate words are based on lexemes, sememes, 
semantics and ema. On the basis of semantic analysis, the lexical features of the repetition of words formed on the basis of repetition 
of grammatical units have been revealed. The formation of polysemantic repetitions, connections and differences in their semantics are 
analyzed.
Kalit so‘zlari:
 leksema, semema, sema, grammatik sema, potetsial sema, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlar
Ключевые слова:
 лексема, семема, сема, грамматическая сема, потенциальная сема, синонимы, антонимы, многозначные 
слова. 
Keywords:
 lexeme, semema, sema, grammatic sema, potensial sema, synonyms, antonyms, more meaning words 
O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi 
va tuzilishini tadqiq etishga bag‘ishlangan 
ishlar bisyor. Ularda so‘zning morfem 
tarkibini, so‘z yasalishini aniqlash, 
asosan, ma’no (semema) nuqtayi 
nazaridan amalga oshirilgan. Ba’zi 
ishlardagina ma’no tarkibi (semalar)ga 
e’tibor qaratilgan
1
. Yasama so‘zlar, juft va 
takroriy so‘zlar sememalardan tashqari 
sema va ema asosida ham hosil bo‘ladi. 
Shuningdek, sema, emaning nutqda asosiy 
ma’noni ifodalashga o‘tishi natijasida 
yangi leksik ma’noli so‘zlar hosil bo‘lishi 
mumkin. Shuning uchun so‘zning ma’no 
tarkibi, taraqqiyoti, semantik qurilishini 
o‘rganishda sema va emadagi o‘zgarishga 
e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. 
Ko‘pincha, so‘zga qo‘shimcha yoki so‘z 
qo‘shish natijasida semantik o‘zgarishlar 
bo‘ladi. Semema tarkibidagi muayyan 
semalarning faollashishi natijasida ayrim 
grammatik, potensial semalar leksik ma’no 
bildirishga xizmat qiladi. Grammatik ma’no 
hosil qiluvchi semalar grammatik semalar 
(grammemalar) hisoblanadi. Potensial 
sema – “leksema sememasida hamma 
vaqt fakultativ, yashirin holda bo‘lib, ma’lum 
nutq sharoitidagina namoyon bo‘ladi, aks 
holda e’tiborga olinmaydi”
2
. Denotativ 
semalar lug‘aviy ma’noni shakllantiruvchi 
semalardir. Ba’zi qo‘shimchalarning 
1 Миртожиев М.М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Mumtoz so’z, 2010. – 284 б. Ҳожиев А. Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий 
масалалари. – Тошкент: Фан, 2010. – 256 б.
2 Миртожиев М.М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: MUMTOZ SO’Z, 2010. – Б. 58.
grammatik semalari so‘z tarkibida 
denotativ semalarga xos vazifalarni 
bajaradi, ya’ni leksik ma’noni ifodalashga 
xizmat qiladi. Bunday qo‘shimchalarning 
ma’nosi saqlansa-da, vazifasi yo‘qolgan 
bo‘ladi. M., bekor so‘zi “ishsiz” ma’nosini 
bildiradi. Bekorga so‘zi “maqsadsiz”, 
“asossiz”, “sababsiz” ma’nolarini bildiradi. 
Bekorga so‘zining lug‘aviy ma’nosi – ga 
kelishik qo‘shimchasining grammatik 
ma’nosi asosida shakllangan. Bu 
qo‘shimcha ko‘p semali bo‘lib, so‘zga 
qo‘shilganda “maqsad”, “sabab” ma’nolarini 
ham bildiradi: o‘qishga, o‘qiganiga va.h.k. 
Ma’lumki, kelishik qo‘shimchalari so‘zni 
so‘zga tobelantirib bog‘lash vazifasini 
bajaradi, ammo bekorga so‘zi tarkibida 
–ga qo‘shimchasi bunday vazifa 
bajarmaydi. Shu bois -ga qo‘shimchasi 
bekorga so‘zi tarkibidan alohida morfema 
sifatida ajratib tahlil etilmaydi. Bekor va 
–ga shakllari bitta morfemaga aylanadi. 
Bekor so‘zining “ishsiz” semasi bekorga 
so‘zining sememasida potensial sema 
sifatida saqlanadi. –ga qo‘shimchasining 
“maqsadsiz”, “asossiz”, “sababsiz” 
grammatik semalari bekorga so‘zining 
denotativ semalariga aylangan. Shu 
semalar asosida bekordan bekorga so‘zi 
yasaladi va polisemem leksema sifatida 
quyidagi ma’nolarni anglatadi:

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin