TABIIY VA ANIQ FANLAR edi. Qonunda muhofaza qilish obyektlari,
ularni muhofaza qilishdan maqsad nima
ekanligi, tabiiy resurslardan mulkchilik
masalasi qanday hal etilganligi yoritilgan.
Mazkur qonun 11 bo‘lim, 53
moddadan iborat. U o‘z navbatida tabiiy
muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy
resurslardan foydalanishning huquqiy,
iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab
beradi.
Jahon amaliyoti tabiatni muhofaza
qilishni markazlashgan boshqaruv va
nazorat – monitoring organlari funksiyasini
davlat tasarrufiga berish maqsadga
muvofiqligini ko‘rsatmoqda. Masalan, 1967-
yili Shvetsiyada Tabiatni muhofaza qilish
Milliy kengashi, 1970-yil AQSh da Tabiatni
muhofaza qilish agentligi, Angliyada
Tabiatni muhofaza qilish vazirligi, 1971-
yil Kanadada Atrof muhit Departamenti,
Fransiyada Ekologiya masalalari bo‘yicha
vazirlik tashkil etildi. Shuningdek, bu
mamlakatlarda ekologik muammolarni hal
qilishda nodavlat tashkilotlarning roli ham
benihoya o‘sib bormoqda. (Mo‘ynoqda olib
borilayotgan ishlar) .
O‘zbekiston va Qozog‘iston
mamlakatlari teritoriyasida joylashgan Orol
dengizi O‘rta Osiyo mamlakatlari va ushbu
teritoriyada yashayotgan aholi uchun
juda katta muammolarni tug‘diradigan
obyekt bo‘lib qolmoqda. Olimlarning
kuzatishicha Orol dengizi Markaziy Osiyo
hududida tabiiy iqlimni o‘zgarishini yuzaga
keltirmoqda. Iqlim o‘zgarishlari esa ayollar
va bolalar o‘rtasida kamqonlik va boshqa
kasalliklarni ko‘payishiga olib kelar ekan.
Prezidentimiz BMT Bosh assamblyasining
75-sessiyasidagi ma’ruzasi tufayli Orol
bo‘yi mintaqasi “Ekologik innovatsiya va
texnologiyalar hududi” deb e’lon qilindi.
Orol bo‘yi mintaqasida, xususan
Mo‘ynoqda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar mahkamasi BMT ning Atrof
muhit bo‘yicha Dasturi (YUNEP) fondidan
ajratilgan mablag‘ hisobiga milionlab
gektarni tashkil etuvchi sho‘r maydonlarga
saksovul ko‘chatlari ekildi va tuzni shamol
tufayli ko‘chishini oldini olish uchun
harakat qilinmoqda. Mo‘ynoq aholisi uchun
infratuzilma qayta tiklanmoqda.
Orol fojiasi ulkan muammo bo‘lib, bitta
davlat yoki mamlakat ajratadigan mablag‘
hisobiga muammolar hal bo‘la qolmaydi.
Shuning uchun Orol fojiasi Butun jahon
fojiasi hisoblanib uning tabiatini muhofaza
qilish BMT ning rezolyusiyasiga bog‘liq
bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi kunning eng muhim
vazifalaridan biri aholi orasida ekologik
ta’lim – tarbiyani va atrof muhitni saqlashga
oid bilimlarni yoyish yo‘li bilan tabiatni
muhofaza qilish faqat davlat boshqaruviga
suyanib qolmasdan nodavlat tashkilotlarni
jalb qilish Tabiatni muhofaza qilish Davlat
qo‘mitasi, Xalq ta’limi hamda Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarini qo‘shma
yig‘ilishlarida muammolarni atroflicha
muhofaza qilish va chora –tadbirlarni
amalga oshirish muhimdir.
Bugungi kunda ekologik ta’limni
mukammal tarzda tashkil etish davr
talabiga aylandi.
Ekologik ta’lim–tarbiyaning tub
ma’nosi – bu tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
uzviylik, ularni bir–biriga bog‘lovchi tabiiy
va ijtimoiy qonunlarni o‘rganish, xayotga
tatbiq qilish yo‘li bilan tabiiy barqarorlikni
saqlash muhim ekanldigiga asoslanadi.
Ekologik ta’lim umumiy ta’limning
tarkibiy qismi bo‘lib, uzluksiz xarakterga
ega bo‘lishi kerak. Ekologik materiallar
har bir fan tarkibida ortiqcha vaqt talab
etilmagani holda o‘quvchi va talabalarga
o‘rgatilishi ekologik dunyoqarash
shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir
etishi kerak. Ekologik ta’lim oila, bog‘cha,
mahalla, boshlang‘ich va umumiy o‘rta
ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb–
hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, qayta
tayyorlash muassasalarida rasmiy
o‘qitilayotgan bilimlardan tashqari, tabiatni
qo‘riqlashga oid udum va an’analarni
yoshlar qalbiga singdirish lozimdir.
Ekologik bilimlar mazmun va xarakteri
jihatidan ilmiy, amaliy va tarbiyaviy bo‘ladi.
Ilmiy ekologik tushunchalar eng avvalo
biologiya, kimyo, fizika, matematika,
geografiya, astronomiya, kibernetika va
boshqa aniq fanlarni o‘rganish orqali
shakllana boradi. Amaliy bilimlar esa
mehnat, geografiya, chizmachilik fanlari
asosida uyg‘unlashadi. Tarbiyaviy yo‘nalish
mehnat, estetika va boshqa fanlarni
o‘rganish orqali shakllanadi.
Ekologik ta’lim – tarbiya bu insonning
tabiatga qadam qo‘ygan vaqtidan boshlab,
butun xayoti davomida tabiatdan ongli
ravishda foydalanishga o‘rgatish, xalqimiz
o‘rtasida hurmat – e’tiborli udumlar, urf-