TABIIY VA ANIQ FANLAR sharti bo‘lib hisoblanadi. Tajriba bajarish
kompetentlilik - deganda fizika o‘qituvchisi
tomonidan fizik tajriba o‘tkazish sohasiga
oid kompetensiyalarni o‘zlashtirish jarayonini
tushuniladi
5
. Kompetensiya, o‘z navbatida
kasbiy tayyorgarlikka qo‘yilgan talab bo‘lib
hisoblanadi va u talabaning vujudga kelgan
muammoni yechish yo‘lini shakllantirishga
tayyorligi va qobiliyatida ifodalanadi.
Fizik tajribani bajarish kompetentligi
quyidagi kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi
6
:
1. Maktab fizika xonasidagi jihozlarga
oid kompetensiyalar: mavjud jihozlardan
tajribalarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida
foydalana olish; fizik tajribani o‘tkazishga oid
asbob - uskunalar va yangi ishlanmalar haqida
axborot olishiga qobiliyatlilik; maktabda
fizikani o‘qitish jarayonida amaliy ishlarni
bajarishga oid yangi jihozlarni qo‘llay olishga
qobiliyatlilik; yaroqsiz asbob-uskunalarni
almashtirish maqsadida yangi tajribaviy
qurilmalar yarata olishga qobiliyatlilik; qo‘lda
yaratilgan asbob-uskunalardan fizik tajriba
bajarishda foydalana olish.
2. O‘quv fizik tajriba (frontal laboratoriya
ishi, fizika praktikum ishi, mustaqil tajriba
ishi, tajriba topshiriqlari va kompyuterni
qo‘llab bajariladigan holda tajriba) sohasidagi
kompetensiya: o‘quv fizik tajribani o‘tkazish
metodikasini bilish, uni bajarish texnikasini
egallash, uning ahamiyatli ekanligini anglash,
tajribani loyihalash va bajarish qobiliyati
7
.
3. Ko‘rgazmali tajriba sohasidagi
kompetensiya: ko‘rgazmali tajriba o‘tkazish
metodikasini bilish, uni bajarish texnikasini
egallash, uning ahamiyatliligini anglash;
ko‘rgazmali tajribaning nazariy material
bilan bog‘liqligini bilgan holda uni bajarish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish; tajribani loyihalash
va bajarish qobiliyati.
4. Fizik hodisalarni kuzatish va tadqiq
qilish jarayonida o‘quvchilarning bilish
faoliyatiga rahbarlik qilishga oid kompetensiya:
o‘quv fizik tajribani bajarish tizimini bilish
va uning bilish faoliyati uchun ahamiyatini
anglash; qo‘yilgan didaktik masalalarga ko‘ra
o‘quv fizik tajriba o‘tkazish shakli va usulini
tanlashga qobiliyatlilik.
5. Xavfsizlik texnikasi qoidalari
sohasidagi kompetensiya: qoidalarni bilish;
o‘quv fizik tajribani o‘tkazishda texnika
xavfsizlik qoidalarga rioya qilishga qobiliyatlilik;
o‘quvchilar va o‘qituvchilarning sog‘lig‘ini
5 Мирзахмедов Б. Физикадан муаммоли тажриба бажаришда ўқувчи ўқув ижодий фаолияти ва уни бошқариш технологияси // ЎзМУ хабарлари. – Тошкент, 2007. – Б. 45-53. 6 Усаров Ж.Э., Мухамедов Г.И. Ўқувчилар компетенциясини шакллантиришда генетик-психологик тестлардан фойдаланиш асослари // Мактаб ва ҳаёт. – Тошкент, 2018. - 4-сон. – Б. 4-7. 7 Черкасова З.И Компетентностно-ориентированные задания по физике. https://infourok.ru/podborka-kompetentnost noorientirovannie-zadaniya- po-fizike-793919.html. 8 Қурбонов М. Физикадан намойиш экспериментларининг услубий функцияларини кенгайтиришнинг назарий асослари. – Тошкент: “Фан”, 2008. – 117 б. saqlash (xavfli vaziyatlarning paydo bo‘lishini
oldindan bilish va ularni oldini olish) uchun
o‘quv fizik tajriba davomida o‘quv jarayonini
ratsional tashkil etishga qobiliyatlilik.
Bo‘lajak fizika o‘qituvchisida tajriba
bajarish kompetentiligini rivojlantirish quyidagi
tamoyillar asosida olib boriladi
8
:
1. Nazariy bilimlarning etakchi roli.
Ular kasbiy bilimlar yaxlit tizimining barcha
ko‘rinishlari uchun boshlang‘ich asos bo‘lib
xizmat qiladi, uning ichki aloqalarini aks
ettiradi.
2. O‘qitish real sharoitlarga yaqin
sharoitlarda, murakkablikninng yuqori
darajasida va muammoli yondoshuv asosida
olib boriladi.
3. O‘qitish “murakkabdan oddiyga
qarab” olib boriladi. Tajriba o‘tkazishda fizika
bo‘yicha bilimlar aloxida obyektlarni o‘rganish,
ularning alohida elementlari va yahlit umumiy
ko‘rinishlarini tushuntirishda aniqlashtiriladi.
O‘rganilayotgan obyektni tahlil qilish va
o‘rganish imkonini beruvchi tizimli – tuzilmaviy
yondoshuvni qo‘llash mavjud.
Qayd etilgan tamoyillarni amalga
oshirish bosqichlarini esa talabalarda o‘quv
fizik tajriba sohasidagi kompetensiyani
shakllantirishga yo‘naltirilgan muammoli
vaziyatlarni yaratadigan topshiriqlar misolida
qarab chiqamiz.
1. Boshlang‘ich tanishtiruv (eslab qolish,
tushunish) bosqich.
1.1. Maktab fizika kursining biror bir
mavzusi bo‘yicha o‘quv fizik tajriba tizimini
shakllantirish (topshiriq juftlikda bajarilishi,
mavzu talaba tomonidan tanlanishi mumkin).
Natijalarni 1- jadvalga kiriting.
1.2. Tanlangan tajribani haqiqiy
uskunalarda sinab ko‘rish, zarur bo‘lganda
uning tasnifiga o‘zgartirishlar kiritish; frontal
laboratoriya ishi (yoki fizik praktikum ishi),
tajriba masalasi va uy tajriba ishini bjargandan
so‘ng “o‘quvchi” nuqtayi nazarida ularni
bajarish haqida hisobot tuzish.
Maqsadlar:
– o‘quv fizik tajriba tizimi haqidagi
bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirish;
o‘quv fizik tajribani o‘tkazishga oid axborot
manbalari bilan tanishish; tajribaning aniq
tizimini amalga oshirish uchun zarur uskunalar
bilan tanishish; o‘quv fizik tajriba o‘tkazish
metodikasi va yo‘li bilan dastlabki tanishish;
– o‘quv fizik tajriba tavsifi bo‘yicha uning
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 166