Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   216
2021 4-son

TABIIY VA ANIQ FANLAR
turini aniqlash, aniq mavzuni o‘rganishda 
o‘quv tajribalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni 
aniqlash, tajriba qurilmalarini yig‘ishda 
aniq laboratoriya jihozlari bilan ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirish;
– ko‘rgazmali va o‘quv fizik tajribalarni 
o‘tkazish, “o‘quvchi” nuqtayi nazaridan 
tajribaning o‘tkazilganligi haqidagi hisobot 
yozish malakalarini shakllantirish;
– o‘quv fizik tajriba tizimini tanlashda 
xavfli xolatlarning yuzaga kelishini oldindan 
ko‘ra olish va ogohlantirish qobiliyatini 
rivojlantirish.
Yuqorida keltirilgan (1.1 va 1.2) 
topshiriqlar o‘qitishning boshlang‘ich 
bosqichlarida bajariladi va ilgarilab borish 
tavsifiga ega, chunki talabalar hali fizik tajriba 
usullari va uslublarini batafsil o‘rganmagan va 
deyarli maktab fizika xonasidagi jihozlari bilan 
tanish emas. Topshiriqlar alohida mavzular 
bo‘yicha fizik tajribaning butun spektrini 
ko‘rish va uni qo‘llashda faqat ikki (ko‘rgazmali 
va laboratoriya) turi bilan chegaralanmaslik 
imkonini beradi. 
1 - Jadval
“Matematik mayatnik yordamida 
tebranishlar davri, erkin tushish tezlanishi 
hamda kinetik va potensial energiyalarni 
aniqlash” mavzusi bo‘yicha o‘quv fizik tajriba 
tizimi 
Maktab fizika kursi sinfi va mavzusi 
7 – sinf. Matematik mayatnik yordamida 
tebranishlar davri, erkin tushish tezlanishi 
hamda kinetik va potensial energiyalarni 
aniqlash 
9
.
9 Fizika: umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinfi uchun darslik/ P.Q.Habibullayev, A.Boydedayev, A.D.Bahromov.–Qayta ishlangan uchinchi nashr. — T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. — 176 b
Oraliq bosqich.
2. ‘‘Mexanika’’ bo‘limidan fizik laboratoriya 
ishi ko‘rinishida ‘‘Bilvosita o‘lchovlarni ajratish’’ 
shaklida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan 
tajriba tadqiqotini (kuzatishni) tanlash.
2.1. Bilvosita o‘lchovlarni olib borish 
algoritmini qo‘llagan holda reja tuzish. 
2.2. Fizikdan laboratoriya ishini o‘tkazish 
va “o‘quvchi” nuqtayi nazaridan qisqacha (yoki 
to‘liq) shaklda hisobot tuzish.
2.3. Gruppadoshining shunga o‘xshash 
hisobotini tekshirish va uni baholash. 
Shunga asoslanib, biz fizikdan 
laboratoriya ishi maqsadini shakllantiramiz: 
tekis harakat paytida jismning tezlanishini 
aniqlash.
Maqsad:
– o‘quv fizik tajribani bajarish metodikasi 
va metodi haqidagi bilimlarni amaliyotda 
qo‘llash; fizik laboratoriya ishi va fizika 
praktikum ishlari uchun mo‘ljallangan 
maktab fizika xonasining asosiy jihozi haqida 
bilimlarni egallash, u bilan ishlash ko‘nikmasini 
shakllantirish;
– fizika fani bo‘yicha DTS bilan ishlash 
ko‘nikmasini shakllantirish; o‘quv fizik 
tajribani, xususan, frontal laboratoriya ishlarini 
rejalashtirish qobiliyatini shakllantirish.
Topshiriqlar quyidagi nazariy bilimlarga 
asoslangan holda bajariladi: fizika fani bo‘yicha 
DTS mazmuni, o‘quv fizik tajribani bajarish 
metodikasi, tanlangan tajriba tadqiqoti 
bo‘yicha fizik nazariya. 
Topshiriqlar tajribani modellashtirish 
(tajriba o‘tkazish rejasini tuzish, jihozlarni 
tanlash) va uni amaliy faoliyatda amalga 


167 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin