Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   216
2021 4-son

TABIIY VA ANIQ FANLAR
bosqichiga kirdi va mazkur jarayon diskret 
matematikaning muammolariga umumiy 
qiziqishlarning o‘sishi bilan bog‘liqdir.
Matematika fanida va uning 
tatbiqlarida ko‘p hollarda turli to‘plamlar va 
ularning to‘plam ostilari bilan ish ko‘rishga 
to‘g‘ri keladi. Bunda ko‘p hollarda to‘plamlar 
va ularning to‘plam ostilari sonini aniqlash 
zaruriyati tugiladi. Amaliyotda esa:
mobil aloqalar uchun 
kommunikatsiyalarning optimal sonini va 
genetik kodlarni aniqlashda;
transport muammolarini hal etishda, 
jumladan, avtobuslar yo‘nalishlari bo‘yicha 
jadvallarni tuzishda,
lingvistik masalalarni yechishda;
boshqarishning avtomatik tizimida; 
ehtimollar nazariyasi va matematik 
statistikaning juda ko‘p masalalarini 
yechishda kombinatorika formulalarini 
qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek:
bir yoki bir nechta narsalardan ma’lum 
bir tartibda tanlab olishga doir masalalarni 
hal etish;
har bir tarixiy davrda duch keladigan 
eng yaxshi odamlarni aniqlashda; 
ovda ovchilar ovining baroridan kelishi 
uchun eng qulay joyni tanlay olishida;
jang paytida askarlarni joylashtirishda;
ish vaqtida asboblarni joylashtirish kabi 
masalalarni hal etishda kombinatorikadan 
foydalaniladi.
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotida 
vaqt o‘tishi bilan turli o‘yinlar: narda, 
karta, shashka, shaxmat kabilar yaratildi. 
Bu o‘yinlarning har birida figuralarning 
turlicha joylashish variantlarini aniqlay 
olishni kim yaxshi egallagan bo‘lsa, 
o‘sha g‘alabaga erishgan. Qimor o‘yinlari 
nafaqat matematiklarning kombinatorik 
tasavvurlari uchun ozuqa bo‘ldi, balki u 
diplomatlar uchun uzoq yillar davomida 
turli yozishmalar sirini saqlashga xizmat 
qiluvchi murakkab kodlarni yaratishiga 
xizmat qildi.
Shuningdek, boshqa davlatlarning 
maxfiy xizmati ushbu kodlarni yechishga 
harakat qildi. Bunda birlashtiruvchi 
prinsiplarga asoslanib, har xil harflarning 
o‘zgarishi, kalit so‘zlarni ishlatgan holda 
1 Mirzaahmedov va boshqalar. Matematika.Algebra va analiz asoslari.Geometrya.10-11-sinflar uchun darslik.//MCHJ ”EXTREMUM PRESS// 2017.
2 Стойлова Л. П. Способы решения комбинаторных задач //ж.Начальная школа//. – 1994. - №1. – с. 72-77.
xat almashtirish va boshqalar asosida 
shifrlarni ishlatishdan boshlandi.
Bugungi zamonaviylashuv sharoitida 
kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi 
kombinatorikani yangi cho‘qqilarga olib 
chiqdi. Shuning uchun ham hozirgi kunda 
matematika fani bo‘yicha davlat ta’lim 
standartlariga kombinatorika asoslari 
ham kiritilgan. Chunki, hozirgi kunga 
kelib, kombinatorika matematika fanining 
muhim bo‘limlaridan biri hisoblanib, amaliy 
va nazariy masalalarni hal qilishda uning 
metodlaridan keng foydalanilib, umumiy 
o‘rta ta’lim matematika (10-11-sinflar) 
kursida u alohida modul sifatida o‘rganiladi
1
.
Kombinatorika – bu “Ehtimollar 
nazariyasi” kursining asosiy bo‘limlaridan 
biri bo‘lib, u predmetlarni o‘rnini 
almashtirish va kombinatsiyalarini tuzish 
bilan shug‘ullanuvchi matematikaning 
alohida bir bo‘limidir. 
Kombinatorika borasida rossiyalik 
olim L.P.Stoylova: “Kombinatorika – 
bu obyektlarning muayyan tarkibidagi 
kombinatsiyalariga doir masalalarni 
o‘rganuvchi matematikaning bo‘limidir”, 
deb ta’rif bergan edi. 
Shuningdek, u: “agar kombinatorika 
bo‘limi faqat kombinatorik masalalar 
yechimlarining sonini sanashga qaratilgan 
bo‘lsa, u ro‘yxatga olish nazaraiyasi - 
deb yuritiladi. Ammo, kombinatorika 
ko‘pgina hollarda, ma’lum bir hodisaning 
ehtimolligini hisoblashda ehtimoliy 
variantlar sonini va bu variantlar orasidan 
eng qulaylarini topishda kerak bo‘ladi. 
Bunda variantlarning soni kombinatorika 
usullari yordamida topiladi
2

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, 
o‘quvchilarni kombinatorika masalalarini 
yechishga o‘rgatish:
ularning fikrlash qobiliyatlarini 
rivojlantirishda;
masala haqidagi va bu masala 
yechimi haqidagi bilimlari kengaytirishda;
hayotiy va kasbiy faoliyatida 
uchraydigan masala va muammolarni 
yechishga tayyorlashda;
ma’lum bir sharoitda yuzaga kelgan 
muammolarni hal etishning eng qulay 
yechimni topishga o‘rgatishda;


161 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin