“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
186
qilinishicha, aholi 5ta mezon asosida «Temir
daftar»ga kiritib borildi:
mehnatga layoqatsiz
yoki surunkali kasalliklari oilasi a’zosi mavjud
bo‘lgan oilalar; yakka-yolg‘iz bevalar va o‘zgalar
parvarishiga, qaramog‘iga muhtoj bo‘lgan
oilalar; 5 nafar va undan ortiq farzandi mavjud
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar;
koronavirus pandemiyasi natijasida o‘zining
doimiy daromad manbayidan mahrum bo‘lgan
oilalar; haqiqatan ham ehtiyojmand, nochor va
moddiy ko‘makka muhtoj oilalar.
Mahalla hududida yashovchi oilalardagi
turli muammolarni
hal qilish uchun mahalla
raisi va xotin-qizlar muammolari bilan
ishlovchi mutaxassis ish olib boradi. Bunday
muammolardan eng ko‘p uchraydigani oilaviy
ajrimlar. Oilalar ajralish arafasida, odatda,
kattalar o‘rtaga aralashib ko‘rishadi. Foydasi
bo‘lmagach, mahalla faollariga navbat keladi.
Ularning bir oilani asrab qolishga urinishini to‘g‘ri
baholash kerak. Lekin masalaning ikkinchi
tomoniyam bor:
mahalla faollari, ko‘p hollarda
muammoni shaxsiy hayot tajribalaridan kelib
chiqib baholashadi. Vaholanki, odamlar taqdiri,
oilaviy sharoit, ajralish sabablari turlicha.
Shunday bo‘lgandan keyin har bir masalaga
o‘ziga xos yondashuv talab etiladi. Afsuski,
barcha hollarda nima bo‘lsayam oilani asrab
qolish uchun yarashtirishga urinishadi. O‘z-
o‘zidan savol tug‘iladi: ajrashmoqchi bo‘lgan
barcha oilalarni yarashtirish qaysi mantiqqa
to‘g‘ri keladi? Bugun uyiga majburan qaytarib
yuborilgan ayol ertaga yana turmush o‘rtog‘ining
tazyiqiga uchramasligiga kim kafolat bera
oladi? Unsiz taqdir egalarining keyingi hayotini
kim o‘ylaydi? Mutasaddilar ajralish soni
kamligi haqida “og‘iz ko‘pirtirib” gapirgandan
ko‘ra har bir oilaga individual yondashsa,
maqsadga muvofiq bo‘lardi. Aslini olganda
ayollar jonidan o‘tmasa, uyi va farzandlaridan
voz kechib, ota uyiga qaytib bormaydi. Har
bir jabridiyda ayolning muammolari, orzu
istaklari, maqsad
va ehtiyojlariga individual
yondashmay turib, masalani to‘g‘ri yechimini
topish mumkin emas. Bu muammolar va uni
keltirib chiqaruvchi omillar bilan shug‘ullanish
uchun professional bilim va tajribaga ega
bo‘lgan ijtimoiy xizmat xodimi zarur. Vaholanki,
bugun mahallalarda faoliyat olib borayotgan
mutaxassis lavozimidagi ayollarimiz turli
soha va turli kasb egalaridir. Ularda hayotiy
tajribalar bo‘lishi mumkin, ammo psixologik
jihatdan xotin-qizlar muammolariga ilmiy
yondasholmaydilar. Agar maxallalarda oliy
ma’lumotga ega ijtimoiy ish xodimi faoliyat
olib borsa ularda
mutaxasis sifatida quyidagi
xislatlar mavjud bo‘ladi:
-tafakkur faoliyatining ijodiy xarakterga
ega ekanligi;
- yuqori ijtimoiy va iqtisodiy mobillik;
-
psixologik moslashuvchanlik;
- ijtimoiy tajribani idrok etishga sezgirlik;
- hayotga yangi qadriyatlar tizimini tadbiq
etish hohishi borligi;
- yangi noa’nanaviy
bilimlar majmuini
qabul qilishga moyilligi va boshqalar
Maxallada faoliyat olib borayotgan
ijtimoiy xodim professional bilim va tajribaga
ega bo‘lsa xotin-qizlar ongiga quydagilarni
singdirishi zarur:
–ayollar kuchi va intellektual salohiyatini
yuzaga chiqara olishi;
–ayollardagi ma’naviy-ruhiy va
psixofiziologik jihatdan faol yashash, yangilik
izlash, kreativ fikrlash, o‘z ijodiy xislatlarini el-
yurt manfaatlariga sarflashga bo‘lgan intilish
va maqsadni milliy demokratik taraqqiyotga
yo‘naltira olishi;
–bilim, zamonaviy
qarashlar, ilmiy-
texnikaviy yangiliklar, ularni hayotga joriy etish,
tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy borliqning
madaniy boyliklarini o‘zlashtirish kabi, maxsus
tayyorgarlik va faollikni talab qiladigan boshqa
xislat va fazilatlarni ayollar ongiga singdira
olishi
–ayollarda
intellektual salohiyat
va innovatsion faollikni oshirishda,
sotsiopedagogik usullar, yangi pedagogik
texnologik vositalardan oqilona foydalanish
malakasini takomillashtirish muhim;
–xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga
tayyorlash jarayoni ham, intellektual salohiyat
va innovatsion faollikni oshirishni alohida
vazifa qilib qo‘yadi, bu borada etnopedagogik
va etnomadaniy meros, tajriba, usullardan
unumli, ilmiy asoslangan, sinovlardan o‘tgan
texnologiyaga muvofiq foydalanish ayni
muddao;
fikrimizcha mahalla tizimini oliy
ma’lumotga va professional bilim, tajribaga
ega bo‘lgan ijtimoiy pedagog
yoki ijtimoiy
xizmat xodimlari bilan to‘liq qamrab
ololmasak, mahallada va jamiyatda sog‘lom
ijtimoiy muhitni yaratish muammoligicha qolib
ketaveradi.
Dostları ilə paylaş: