185
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
yuz berayotgan favqulotdagi voqealarning
tarbiyalanuvchisidir”
4
. Uning fikriga ko‘ra
insonlar qandaydir ko‘nikmalar bilan
dunyoga
kelmaydilar, “ular bor-yo‘g‘i tarbiya
mahsulidir”
5
. Ijtimoiy muhit ta’sirida insonlar
ba’zida o‘zgaruvchan, ba’zida qo‘rqmas, ba’zida
qo‘rqoq, ba’zida ehtiyotkor bo‘lib qoladilar.
Ijtimoiy muhit-shaxsning ongi va faoliyatiga
ta’sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar
yig‘indisidir. O‘zbekistonda davlat siyosatining
muhim yo‘nalishlaridan biri yuksak salohiyatga
ega bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan faol bo‘lgan
xotin qizlar uchun keng imkoniyatlar eshigini
ochish. Ushbu maqsad ayollar ma’naviy-
axloqiy kamolotini shakllantirish uchun
zarur bo‘lgan ijobiy,
yaratuvchanlik omillarini
kuchaytirishga undaydi. Chunki, “Shaxs aynan
ijtimoiy muhitda o‘z ehtiyojlarini qondirish va
o‘z imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lini topadi.
U aynan shu erda o‘z his-tuyg‘ularini tabiat
ato qilgan samimiylik, do‘stlik, mehribonlik,
bag‘rikenglik va iztirob chekish fazilatlarini
ko‘rsatadi”. Jamiyatda ijobiy va salbiy
omillarning tarkib topishi yoki ayollarning
ularning ta’siriga tushib qolishi muayyan
muhitda ro‘y beradi.
Xotin-qizlar ijtimoiy faolligi ijtimoiy
muhit ta’sirida takomillashib boradi. Xotin-
qizlarning ijtimoiy muhit ta’sirida orttirgan
barcha bilimi,
tajribasi asta-sekin ongi,
shuuriga singib boradi. So‘ngra ko‘nikma
va asta-sekin malakaga aylanadi. Shundan
keyingina ular ijtimoiy jarayonlarning faol
qatnashchisiga aylanadilar. Jamiyat hayotini
ma’naviy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomlashtirish,
ayollar ijtimoiy faolligi uchun keng imkoniyatlar
eshigini ochadi. Lekin, afsuski jamiyatda
xotin-qizlar uchun yaratilgan shuncha
imkoniyatlarga qaramay nosog‘lom
muhitda
azob chekayotgan opa-singillarimiz talaygina.
Ulardan ayrimlarini misol keltiramiz. Masalan,
33 yoshli Ozoda Eshqobilova “kun.uz”ning
muxbiriga bergan javoblarida shularni ma’lum
qildi: “2011-yilda turmush qurdim. Kelajak
hayotim qiyinchilik va muhtojlikda o‘tishini
bilsam-da, o‘zim istamagan insonga turmushga
chiqdim. Unda zarracha ko‘nglim bo‘lmagan.
Erimning ota-onasi ancha yillar oldin vafot
etishgan. To‘y qilishga puli bo‘lmagani uchun
unashtiruvimizdan keyin besh yil o‘tib ketdi.
To‘yning ertasi kunidan azobli kunlarim
4 Гельвеций К.А. Сочинения:В2-х томах.-М:Мысль, 1964. Т.1.-583б.
5 [5].Ўша асар.
6 https://kun.uz/news/2020/07/25/2020-yilda-zoravonlik-va-tazyiqqa-uchragan-ayollarga-709-ta-himoya-orderi-berilgani-malum-qilindi
7 https://kun.uz/news/2020/07/25/2020-yilda-zoravonlik-va-tazyiqqa-uchragan-ayollarga-709-ta-himoya-orderi-berilgani-malum-qilindi
boshlandi. Erim
mast holatda kelib, hech bir
sababsiz meni do‘pposlay ketdi. Bu holat bora-
bora odatga aylanib qoldi. Kelin bo‘lib tushgan
xonadonimda men va erimdan tashqari ovsinim
va ikki qaynog‘am ham yashardi. Erim menga
uylanishidan oldin ham ko‘p ichardi. Jigarlari
uni bu yo‘ldan qaytarish uchun astoydil harakat
qilishmagan. Doim mast bo‘lib, kechalari
ko‘chada
qolib ketavergani, qo‘ni-qo‘shnilar
oldida ularni izza qilgani uchun ham aka-
ukalari uni unchalik xushlamasdi”
6
. 47 yoshli
Aziza G‘aniyevaning so‘zlariga e’tibor beraylik:
“Erim ichib kelgan vaqtlarida meni uravergani
o‘z asoratini ko‘rsata boshladi, sog‘ligim
yomonlashdi. Bir oy to‘shakka mixlanib qoldim.
Davolanishimgayam ko‘p xarajat ketib qoldi.
Erim muolaja pullarini to‘lash u
yoqda tursin,
shifoxonaga borib, hol-ahvol so‘rashga ham
yaramadi. Hamma xarajatlarni o‘g‘lim ishlab
to‘ladi, yetmaganiga qarz oldik. Qarzlarni ham
to‘lash, yashash sharoitimizni yaxshilab olish
uchun o‘g‘lim Rossiyaga ketishga qaror qildi”
7
.
Yuqoridagi holatlar tez-tez o‘zbek
ayollari bilan sodir bo‘lyapti. Bu vaziyat
mentalitetimizga singib, qorishib ketganidan
odatiy holga, ayrim
oilalarda turmush tarzining
bir qismiga aylanib ulgurdi. Yangi hayot
ostonasida turgan qizlarga ham gohida bo‘lajak
er tomonidan, gohida bo‘lajak mushtlarga
qarshi “immunitet” shakllantiriladi. Afsuski,
bu holat o‘zbekona tarbiyaning bir bo‘lagi
hisoblanadi. Biz bunday muammolarning
yechimini topish va
bartaraf qilish uchun,
ijtimoiy muhitning navbatdagi bosqichi –
kishilarning tarixan shakllanishi uchun asosiy
omillardan bo‘lgan, jamiyatimiz qanoti va
boshqaruv tizimining muhim institutlaridan
biri bo‘lgan mahallaga murojaat qilamiz.
O‘zini o‘zi boshqarishning milliy modeli
bo‘lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari,
urf-odatlari va an’analariga tayangan holda
ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy, diniy-marifiy, eng
muhimi tarbiyaviy vazifani bajaradi. Mahalla
ijtimoiy xizmat sohasining bir bo‘lagi bo‘lib,
jamiyatimiz va
davlatimizning eng asosiy
instituti, ajdodlarimizdan bizga qolgan eng
oliy qadriyat hamdir. O‘zbekistonning barcha
tuman va shaharlarida har bir mahallada
ehtiyojmand oilalar va yoshlardan tashqari
ayollar bilan manzilli ishlashga qaratilgan
“temir daftar” tizimi joriy qilindi. Ma’lum
Dostları ilə paylaş: