“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
182
dunyoqarashi va ma’naviyatini shakllanishida
ta’lim tizimining o‘rni alohida ahamiyat kasb
etadi. Yapon ta’lim tizimiga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, bolalarga 5 yoshgacha guruh a’zosi
bo‘lishni o‘rgatadi. Yaponlar uchun jamoadan
chetlanishdan qo‘rqinchli narsa yo‘q. Shuning
uchun ularni shaxsiy egoistik qiziqishlarini
jamoa uchun qurbon qilishga o‘rgatishadi.
Bu bilan yaponlarda guruhiy ong va jamoaviy
javobgarlik hissi bolalikdan singdirib boriladi.
Hozirda rivojlangan davlatlarning
ta’lim tizimi o‘rganilib, mamlakatimiz ta’lim
tizimiga joriy etilmoqda. Chunki rivojlangan
davlatlarning taraqqiyot yo‘liga nazar
tashlansa, ta’lim sohasi jamiyat
va davlatning
asosiy richagi bo‘lib kelgan. Ya’ni, ularning
taraqqiyotiga ma’lum bir ma’noda ta’lim
sohasi sabab bo‘lgan. Lekin bu o‘rganilgan
davlatlarning ta’lim tizimi yurtimizga to‘g‘ridan
– to‘g‘ri joriy etiladi degani emas. Chunki
xalqimizning o‘ziga xos ma’naviy dunyoqarashi,
prinsiplari mavjud. Ajdodlarimiz ilgari surgan
axloqiy, ilmiy qarashlar bilan omuxta qilib
ta’lim tizimi shakllanib bormoqda. Yurtimizda
ma’naviy yangilanishning bir ko‘rinishi sifatida
bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan,
2017-yil 7-fevralda “2017 – 2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha” Harakatlar
strategiyasi, 2017-yil 28-iyulda “Ma’naviy
– ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror, 2019-
yil 31-dekabrda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya”
konsepsiyasi, 2020-yil 23-sentabrda “Ta’lim
to‘g‘risida” gi qonun
yangi tahrirda qabul
qilindi. Zamonning shiddat bilan rivojlanishi
bizni ham zamonga mos xatti – harakatlarini
amalga oshirishimizga turtki bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,
barcha davrlar, jamiyatlar va davlatlar uchun
xalqning ma’naviyati, dunyoqarashi muhim
masala bo‘lib kelgan. Har bir jamiyat, davlat o‘zi
tanlagan yo‘l va hayotiy prinsiplariga asoslanib,
kishilarni tarbiyalagan yoki muayyan tizimga
yo‘naltirgan. Bizning mamlakatimiz ham
demokratizm, insonparvarlik tamoyillariga
tayanib, insonlarni tarixga hurmat, ajdodlardan
faxrlanish, millatni sevish, uni asrab –
avaylashga da’vat etadi va
bunga keng
imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: