183
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
Mamlakatimizda insonparvar huquqiy-
demokratik davlat va jamiyat qurilishida xotin-
qizlarning ijtimoiy
faolligi muhim ahamiyatga
ega. Zero, yuksak ma’naviy qadriyatlarga
ega bo‘lgan shaxsgina jamiyatning ustuvor
va strategik maksadlarini amalga oshirishda
faollik ko‘rsata oladi..Jamiyatda amalga
oshirilayotgan demokratik isloxotlarning
muvaffaqiyati ayollarning ushbu jarayonlarda
faolligiga xam bog‘lik. Respublikamizda
xotin-kizlar masalalarining davlat darajasiga
ko‘tarilishi bejiz emas, chunki keng miqyosda
olib borilayotgan ishlar o‘z ko‘lami jihatdan
ayollarning barcha soxalardagi ijtimoiy,
iqtisodiy, ma’naviy mannfaatlarini qamrab
olgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
“Onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish,
ayollarning turmush
sharoitlarini hisobga
olgan holda, ish bilan ta’minlash, opa -
singillarimizning og‘irini engil qilish uchun har
tomonlama imkoniyat yaratish, xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini
oshirish bo‘yicha davlat siyosatini faol davom
ettirishni biz o‘zimizning eng muhim vazifamiz,
deb bilamiz”
1
deb alohida ta’kidlab o‘tganlar.
Yurtboshimizning bu fikrlarini isboti sifatida
ayollar faolligini oshirish
va imkoniyatlarini
kengaytirish maqsadida ko‘plab qonun, qaror
va farmoyishlar qabul qilindi. Jumladan:
2019-yil 17-avgustdagi “Xotin-qizlarni tazyiq
va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi
, 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolotlari to‘g‘risida”gi qonun ,
2018-yil 2-apreldagi 257-son qarori “Mo‘tabar
ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida, 2018-yil 12-apreldagi
“Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-
qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan,
farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va
uy-joy sharoitini yaxshilashga muxtoj onalarga
arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risida Nizom”,
2019-yil 7-martda PQ-4235-sonli “Xotin-
qizlarning mehnat huquqlari kafolotlarini
yanada kuchaytirish va
tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi, 2020-yil 4-yanvardagi “Xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarori, 2020-yil
1 Ш. Мирзиёев.Эркин ва фаровон,демократик ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали
маросимига багиитанган Олий Мажлис палаталарининг кўшма мажлисидаги нутқи.Тошкент - «Ўзбекистон» - 2016. 12 б.
2 (Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishidagi nutqidan 23.01.2020, 09:19)
3 3. VM 250 onli qarorining 8 bandi.
8-oktyarda “Yoshlar” va ”Ayollar” daftari, 2020-
yil 23-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga
qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul
ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda
ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va
ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish
tartibi to‘g‘risida NIZOM, 2021-yil 5-martdagi
O‘zbekiston
Respublikasi prezidentining
”Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning,
jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash
tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”qarori va boshqalar.
Ayollar mehnati va ijtimoiy faolligi tufayli
jamiyatda tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida
ayollarga bo‘lgan munosabat va e’tibor davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga
aylandi. Prezidentimizning:-“Hozirgi kunda
har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning
kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor
ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart”
2
degan gaplari
amalda o‘z isbotini topmoqda. Ayollarning
jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashda
“Ayollar” va “Yoshlar” daftarining ahamiyati
juda katta bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga
asosan xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy
himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz
va kasb-hunarga ega bo‘lmagan,
huquqiy
va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga
zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan
manzilli ko‘maklashish maqsadida «Temir
daftar», ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy,
psixologik
qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar
o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan xotin-
qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha «Ayollar
daftari» va «Yoshlar daftari» tizimlari hayotga
tatbiq etildi. Vazirlar Mahkamasining 250 sonli
qarorining 8 bandida shunday deyiladi :
“ Belgilab quyilsinki:
“Temir daftar”ning yuritilishi bo‘yicha
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi
“Ayollar daftari” yuritilishi bo‘yicha
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
“Yoshlar daftari” yuritilishi bo‘yicha
Yoshlar ishlari agentligi ma’sul hisoblanadi
3
.
Bu masalalarni hal qilish uchun
Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-
son qaroriga Ilovada “Ayollar daftari”ni yuritish
orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli
Dostları ilə paylaş: