187
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
YOSH TADQIQOTCHILAR
CHISHTIYA TARIQATI VA
TASAVVUF TA’LIMOTIDA AXLOQIY-
TARBIYAVIY MUNOSABATLAR
Qosimbek Quvanovich Razzoqov –
o‘qituvchisi, Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Tasavvuf ta’limoti, unga berilgan ta’riflar, Chishtiya tariqati va ularda bildirilgan tarbiya va
insonparvarlikka oid ushbu tariqat avliyolarining qarashlari hamda Prezidentimizning yoshlar tarbiyasi bo‘yicha bildirib o‘tgan fikrlari
ham aks ettirilgan.
Аннотация:
В данной статье отражено учение суфизма, его определения, взгляды секты Чиштия и святых этой секты
на образование и гуманность, а также взгляды Президента на воспитание молодежи.
Abstract:
This article reflects the education of Sufism, its definitions, the views of the Chishtiya sect and the saints of this sect
on education and humanity, as well as the views of the President on the education of youth.
Kalit so‘zlar:
tasavvuf, tariqat, tarbiya, chishtiya, avliyo, shayx, insonparvarlik, vatan, vatanparvarlik, pokizalik, shaffoflik.
Ключевыe слова:
мистицизм, секта, воспитание, чиштия, святой, шейх, гуманность, родина, патриотизм, чистота,
прозрачность.
Keywords:
sufism, sect, education, chishtiya, saint, sheikh, humanity, homeland, patriotism, purity, transparency.
Bugungi kunda yoshlarni “Yangi
O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
1
degan ezgu g‘oya asosida tarbiyalashda,
komil insonni tarbiyalashda, sog‘lom
ijtimoiy-ruhiy muhitning samaradorligini
yanada oshirishda tasavvuf avliyolarining
ma’naviy merosini har
tomonlama chuqur
o‘rganish, tahlil qilish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Haqiqatan so‘fiylik butun sharq
ma’naviyati hayotida sog‘lom ijtimoiy
muhitda voyaga etgan barkamol inson
haqidagi g‘oyalarning shakllanishida
muhim rol o‘ynaydi. Garchi tasavvuf turli
xil oqimlar, yo‘nalishlar, suluklardan iborat
bo‘lsa ham, ularning markazida inson
va uning ma’naviyati, ruhiyati, axloqiy
pokligi, fazilatlari, bu dunyoda yashashdan
maqsadi, barkamol inson qilib tarbiyalash
masalalari turadi.
Shu
tomondan olib qaralganda
yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotida
tasavvuf ta’limoti va unda aks ettirilgan
axloqiy-tarbiyaviy masalalarni o‘rganish,
bayon qilish, tahlil qilish bugungi kunda
yoshlar hayotida muhim ahamiyatga
egaligi bilan ham dolzarbdir.
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega
bir ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII
asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Dastlab
u zohidlik harakati ko‘rinishida kurtak
yoyadi. Tasavvuf ta’limoti dunyodagi
turli xalqlarning ijtimoiy, falsafiy, badiiy
1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга навбатдаги Мурожаатномасидан 2020 йил
tafakkuridan keng o‘rin egallagan va ko‘p
tarmoqli murakkab ta’limot hisoblanadi.
Shuningdek Abdurahmon Jomiyning
“Bahoriston”ida yozilishicha, Shayx
Abusaid Abulxayrdan “Tasavvuf nima?”
deb so‘raganlarida “Boshingda ne bo‘lsa
chiqarib tashlash, qo‘lingda neki bor qo‘ldan
chiqazish va boshqalardan senga nima
ozor etsa ranjimaslik” degan ekan. Haqiqiy
so‘fiylar chindan ham bu shartlarga qat’iy
rioya qilib o‘z faoliyatlarini olib borganlar.
Demak tasavvuf ta’limoti tarbiya
va axloqiy
munosabatlarga katta e’tibor berilganligi
bilan ham ahamiyatlidir.
Bundan tashqari tasavvuf - xolislik
ta’limi hisoblanib, tasavvuf-soflik va
poklik tuyg‘ularini ham ifoda etadi.
Tasavvuf-riyosizlik “taqviy”si. U “Qullikka
belni mahkam” etishga chorlasa-da,
Haq qullarining naqadar aqliy, ma’naviy,
axloqiy imtiyozlarga ega ekanligini amalda
isbotlaydi.
Ayni paytda tasavvufni – inson
kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi
ilm ham desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Inson uchun qayg‘urish, uning ma’naviy
kamolotini o‘ylash tasavvufning doimiy
markazida bo‘lib kelgan. Ayniqsa,
insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari,
ruh va jism orasidagi kurash so‘fiylarni
ko‘p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki
qarama-qarshi
kuch-rahmoniy va shaytoniy
quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
188
sifatida shayton qutusini engib, rahmoniy
fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini
ta’kidlaydilar. Insonning hayotdagi o‘rni,
jamiyat bo‘lib yashash tartiblariga ham
shu mavqedan turib qaralgan; chunonchi,
ijtimoiy nizolar, urush-janjallar, mulkiy
tengsizlikning tub mohiyati, bosh sababini
ham tasavvuf inson tabiati va siyratidan
qidiradi, insonning axloqini tuzatishni uning
tabiatidagi salbiy, hayvoniy kuchlarni mavh
etishdan boshlash kerak, deb uqtiradi.
Chunki ushbu sifatlarga qarshi kurash olib
borgan kishi komillik sari ilk qadam qo‘yadi.
E’tiborli jihati shundaki, yaxshi sifatlarni
egallagan inson komil inson martabasiga
ko‘tarila oladi. Komil inson - insonlarning
eng mukammali, eng oqili va donosi. Komil
inson insonlar jamiyati ichidan etishib
chiqadigan mo‘‘tabar zotdir. Insonlar
komillikka esa axloqiy-ma’naviy poklanish
jarayonida erishadilar.
Bundan tashqari ushbu ta’limotda
insonlar o‘rtasidagi muomala
madaniyati
ham shakllanadi. Unda til va dil
yumshog‘ligiga, o‘zgalardan keladigan
ranju ozorlarni ham halimlik bilan, g‘azab
va adovat pichog‘iga sira qo‘l cho‘zmasdan
bartaraf qilishga o‘rgatadi.
Erur mahz taqviy va lekin riyosiz,
Ubudiyat sarfu ayni talattuf.
Tasavvuf ahli axloqi nodir fazilatlarga
boy. Odamlarning so‘z va fikrlariga
zug‘um o‘tkazish – ularning ongi, maslagi
va ko‘ngliga tajovuz qilishdir. Kishining
fe’liga ozor berish – bo‘rilik bilan barobar.
Tasavvuf yo‘lchisi muomala-munosabatda
“el qavlu fe’lig‘a” zo‘ru zulm yetkazishni Haq
tomonidan man etilgan amrlarga qarshi
borish, ya’ni gunohi azim hisoblaydi
2
.
Yuqoridagi fikrimizni asoslagan
holda, Mir Alisher Navoiyning “Nasoyimul
muhabbat” asarida bitilgan bu hikoyatda
haqiqiy mutasavvuf xarakteri uchun xos
sanalgan uch xususiyat ta’kidlangan.
Birinchisi tor
tushunchali nohaq zotlar
ranjitganda-ranjimaslik; Ikkinchisi birovni
ranjitish joiz bo‘lganda ham unga ozor
etkazmaslik; Uchinchisi va eng muhimi,
boshqa din yoki o‘zga mazhabdagi
2 Иброҳим Ҳаққул “Тасаввуф ва шеърият” Ғафур Ғулом номидаги Нашриёт-матбаа бирлашмаси.-Тошкент 1991 йил
3 Бертельс Е.Э.Суфизм и суфийская литература.-М.:Наука.1995 год
odamlarni asossiz kamsitmaslik va
xokazo.
Muxtasar qilib aytganda, tasavvuf
haqiqiy ma’noda insonparvar ta’limot
hisoblanib, insonning kamoloti, bir-
biriga bo‘lgan munosabatida, ruhiy-
ma’naviy yuksalishida munosib yo‘l tutishi
uchun jon kuydirib, qayg‘urib kelgan
gumanistik ta’limot hisoblanishi bilan ham
ahamiyatlidir.
Atoqli olim E.E.Bertels fikricha,
“Tasavvuf adabiyotini o‘rganmasdan turib,
o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy
hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lish
mumkin emas. Bu ta’limotdan xabardor
bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham anglash
qiyin”
3
. Jumladan Chishtiya tariqatining
keng tarqalishi Hind diyori bilan bog‘liq.
Chunki ko‘pgina mazkur tariqat
shayxlari qolaversa o‘zida ham katta
tarbiya ko‘rganligi va o‘z shogirdlariga
o‘rnak bo‘la olishliklarini isbotlab berganlar.
XIII-XIV asrlarda Hindistonda so‘fiylar
orasida ulug‘ izdosh va Farididdunning
suyukli hamda mashhur shogirdlaridan biri
qolaversa chishtiyaning gullab yashnagan
davri ham esa Dehlilik shayx Nizomiddin
Avliyo (1242-1325 yy) nomi bilan bog‘liq.
Shayx Nizomiddin Avliyo
birlashmaga
haqiqiy umumhindiston mavqeyini bergan,
shundan keyin uning ko‘plab shogirdlari
chishtiya markazlariga qit’a bo‘ylab asos
soldilar.
Nizomiddin buyuk olim va arbob edi.
Musulmon dunyosida katta bilim, tajribaga
ega edi. Buning uchun esa uni nafaqat
so‘fiylar, balki obro‘li ulamolar ham chuqur
hurmat qilishar edi.
Olim sifatida Nizomiddinning ijtimoiy
qarashlarida uning o‘ziga xosligi alohida
ko‘rinib turardi: Masalan, rasmiy ibodat
yig‘inlarida qatnashish va diniy amallarni
bajarishdan ko‘ra kambag‘al hamda
muhtojlarga yordam ko‘rsatishni maqsadga
muvofiq deb o‘ylardi. U kambag‘al
va muhtojlarga saxiylik bilan moddiy
tomondan ularga pul ham tarqatar edi. Shu
bilan birga o‘zining moddiy farovonligiga
katta zarar keltirardi. Uning xayrli va savobli
Dostları ilə paylaş: