Tafakkur ziyosi


partiyaning buyruqlarini ado etuvchi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216
2021 4-son


partiyaning buyruqlarini ado etuvchi 
dastyoriga aylatirgan sistemada shoirning 
sukut saqlashi edi. U odamlarning dilidagi 
dardni aytish o‘rniga ohuga, gulga she’r 
bitib umr o‘tkazdi. Dostonda ijtimoiy 
dard ijodkorning o‘z dardiga aylangan. 
“Ijtimoiy dard ijodkorning shaxsiy 
dardiga aylanmasa, ijodkor o‘sha dardni 
chinakamiga qalbidan kechirmasa, 
“ijtimoiy yalang‘ochlashuv” yuzaga keladi. 
Sho‘ro davri adabiyotining eng katta 
fojeasi ham shu edi”
1
. “Jannatga yo‘l”da 
biz jamiyat dardini, og‘rig‘ini o‘z qalbidan 
o‘tkazayotgan, ulkan ijtimoiy “men”iga 
ega shoir shaxsini ko‘ramiz. U o‘zining 
estetik idealini shoirlikning asl vazifasi 
nima ekanini anglatish orqali namoyon 
qilyapti. SHoir shaxsiga qo‘yilgan talablarni 
ko‘rsatish orqali muallif mavjud jamiyatni 
o‘zgartirishni, asl shoirlik missiyasi biz 
idrok qilganimizdan boshqacharoq ekanini 
anglatyapti. Doston bosh qahramoni timsoli 
orqali muallif o‘z haqiqatlarini tasdiqlashga 
intildi. Munaqqid M.Qo‘shjonov “Abdulla 
YOSH TADQIQOTCHILAR


219 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
Oripov “Jannatga yo‘l”dramatik dostonini 
yaratish uchun qo‘liga qalam olar ekan, 
diniy afsonadagi ba’zi bir ajoyibotu 
g‘aroyibotlarni shunchaki qayd qilib 
o‘tishni maqsad qilgan emas. Ma’lumki, 
turg‘unlik yillarida har xil ko‘rinishdagi 
firibgarliklar avj oldi. Olg‘ir olchoqlarga 
yo‘l ochildi. Ikkiyuzlamachilik rivoj topdi. 
G‘alamislik, fosiqlik odatdagi hodisalar 
bo‘lib qoldi. Bu xoldagi buzilishlar shoir 
qalbini qitiqladi, dard bo‘lib shakllandi. 
Ular haqida asosli fikr aytish, kitobxonga 
bu dardning mohiyatini ochib berish kerak 
edi. Su yo‘sinda “Jannatga yo‘l” maydonga 
keldi”
2
, deydi. Ijodkor o‘zini o‘ylantirayotgan 
savolga javob izlaydi, uni echish yo‘llari, 
usullarini qidiradi va javobni baribir o‘zi 
yashab turgan muhitdan topadi. “Jannatga 
yo‘l” dramatik dostonida “Ilohiy komediya” 
tarjimasidan shoir olgan ilhomlarning ta’siri 
seziladi. Makon nuqtai nazaridan doston 
voqealari «narigi dunyoda» bo‘lib o‘tadi. 
Abdulla Oripov “Dantening bezovta ruhi” 
maqolasida Dante uchun narigi dunyo bir 
adabiy usul edi, xolos. Aslida, uning “Ilohiy 
komediyasi” insoniyat haqidagi o‘ta realistik 
asardir deydi
3
. Bu fikrlarni “Jannatga yo‘l” 
dostoni xususida ham aytish mumkin. 
Asar 1978 yilda yozilgan. Stalin shaxsiga 
sig‘inishga barham berilgan, “Xrushchevcha 
iliqlik yillari” boshlangan bo‘lsa-da, siyosiy 
ta’qib va tahdidlar partiyaning san’at va 
adabiyotga aralashuvi tarzida davom 
etardi. Jumladan, “AbdullaOripovning o‘sha 
davr “ruhiga” to‘g‘ri kelmagan “Jannatga 
yo‘l” dramatik dostoni, butun umri 
davomida siyosiy nazorat ostida yashagan 
adib Maqsud Shayxzodaning “Abu Rayhon 
Beruniy” tarixiy tragediyasi sirli ravishda 
“yo‘qoldi”
4
. Abdulla Oripovning asari 
keyinchalik qaytarib berildi. Ammo Maqsud 
Shayxzodaning asari hanuz topilmagan.
Avvalo, Abdulla Oripov tanlagan usul–
doston voqealarining norealistik tarzda 
ifodalanishi xususida alohida to‘xtalib 
o‘tish lozim. Bu usul Abdulla Oripovning 
2 Қўшжонов М. Адабиётда мазмун ва шакл бирлиги // Ўзбек тили ва адабиёти. 1993 йил, 3-сон, – Б.8.
3 Дантенинг безовта руҳи // Орипов А. Эҳтиёж фарзанди.–Т.: Ёш гвардия, 1988 йил.–Б. 49.
4 Ўзбекистоннинг янги тарихи . К.2. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида//Тузувчилар М. Жўраев ва бош. –Т.: Шарқ, 2000.–Б.580
5 Титов А. Адабиёт кераксиз бўлиб қоладими?//Жаҳон адабиёти, 2010 йил, 11-сон.–Б. 127
6 Шер А. Эстетика, Тошкент, Ўқитувчи, 2015. – Б.57.
mavjud sharoitda o‘zini to‘la namoyon eta 
olmayotgan qahramoni (qaysidir ma’noda 
ijodkorning o‘zini ham) “gapirtirish”ning 
ma’qul yo‘li edi. Buni “Adabiyot sotsializm 
rivojlangan davrda tashqi ta’sirga qarshilik 
ko‘rsatgancha uzlatlarga chekinib “lirik 
parda”lar panasida jon saqlashga majbur 
bo‘lishi”
5
bilan izohlash mumkin. Lekin 
endi ortiq “lirik parda”lar panasida jim 
turishga toqat qilib bo‘lmasdi. Ijodkorda 
etilib kelgan ijtimoiy dard o‘zgacharoq 
yo‘sinda voqe bo‘lish uchun yo‘l axtardi. 
Abdulla Oripovning “Nekrasov hasrati” 
she’rida aytilganidek, “SHoir qalamida 
hasratlar qat-qat” bo‘lib borar va turg‘unlik 
yillarida mafkuraviy bosim ostida ijtimoiy 
adolatsizliklar, ma’naviy-axloqiy illatlarni 
ko‘rsatish, SHAXS va SHOIRlik xususidagi 
o‘z bahosini aytishda “Jannatga yo‘l”dagi 
usul o‘zini har jihatdan oqlar edi. Demak, 
“realistik tasvir tamoyillaridan chekinish 
muallifga real voqelikdagi hodisa 
mohiyatiga, uni keltirib chiqargan omillarga 
teranroq nazar tashlash imkonini beradi”. 
Qolaversa, jahon adabiyotida o‘zi yashab 
turgan muhitdan, zamonadan qoniqmaslik, 
mavjud tuzumning haqiqiy qiyofasini ochib 
niyatida asar voqealarini boshqa zamon va 
makonga ko‘chirish usuli mavjud va bu holat 
aksariyat hollarda muvaffaqiyatli chiqadi. 
Garchi doston voqealari noreallik kasb etsa 
ham, biz real muhitda harakatlanayotgan 
qahramonlarni ko‘ramiz.“Jannatga yo‘l” 
o‘z davri uchun eng muhim masalalardan 
bo‘lgan shoir shaxsi muammosini ko‘tarib 
chiqdi. Abdulla Oripov o‘z idealidagi ijodkor 
qiyofasini ko‘rmoqchi bo‘ladi. “Umuman 
olganda, idealni antiqa holat deyish 
mumkin. Unda bor narsa yo‘q narsaning 
mezoni bilan o‘lchanadi, ya’ni mavjud 
narsaga yoki hodisaga o‘sha paytda mavjud 
bo‘lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan 
yondashiladi”
6
. Bu narsa yigit obrazida 
yaqqol ko‘zga tashlanadi.Ijodkoru orqali 
shoirlikkao‘zining falsafiy poetik bahosini 
bergan. Doston bosh qahramoni Yigit 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin