81 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son fotiha qiladilar. Odatda, kishilar dasturxon
atrofida to‘planar ekan, dastlab Allohga
shukronalar aytadilar. Shuningdek, taomdan
so‘ng dasturxon boshida o‘tirganlarga
nisbatan yoshi eng katta kishilardan biri duo
qiladi. E’tiborli jihati ham shundaki, duolar
xilma-xil bo‘ladi. Masalan, shulardan birini
keltirib o‘tsak: «Bismillahir rohmanir rohiym.
Shirin novvot, manzil obod, payg‘ambar,
xudoga salovat. Xo‘p bersin, ko‘l bersin.
Keng fe’l, ketmas davlat bergin. Do‘stga zor,
dushmanga xor, nomardga muhtoj qilmagin.
O‘t balosi, suv balosi, nohaq tuhmatdan
o‘zing asragin. Omin, Allohu Akbar!» Demak,
shu birgina duodan ham ko‘rish mumkinki,
odamlar suvni nafaqat ijobiy deb bilganlar,
balki u keltiradigan falokatlarni ham eng
yomon voqelik, falokatlardan biri sifatida
Allohdan shu balodan saqlashini iltijo
qilib so‘raganlar. Xullas, suv mahalliy aholi
tafakkurida idual vazifani bajargan bo‘lib,
suvdan azizroq, pokroq, mo‘tabarroq,
ayni vaqtda, undan vahimali, dahshatli
va qo‘rqinchliroq kuch-qudrat yo‘qligini
ajdodlarimiz qadim zamonlardayoq hayotda
ko‘rib, teran tarzda anglab yetgan edilar.
Oila davrasida ko‘proq buva va buvilar
tomonidan nabiralar yoki ota-onalar
tarafidan o‘z farzandlariga uch-to‘rt yoshidan
boshlab suv – hayot davomiyligi, ya’ni
tiriklik asosi ekanligi tufayli doimiy ravishda
suv va suv havzalari hisoblangan ariqlar,
kanallar, daryolar tozaligi haqida qayg‘urish
insonning muqaddas burchi ekanligi
tarbiyaning turli vositalari asosida singdirib
borilgan. Xususan, suvni isrof qilmaslik, uni
bulg‘amaslik, suvga aslo tupurmaslik va
peshob qilmaslik, suvga nopok hamda iflos
narsalarni tashlamaslik uqtirilib, bunday
yaramas, bema’ni qiliqlarni qilish nihoyatda
og‘ir gunoh ekanligi milliy va diniy qarashlar
asosida o‘rgatilgan
4
.
Shuningdek, oqar suvga mag‘zava va
turli-tuman chiqindilar tashlash eng og‘ir
gunohlardan biri hisoblangan. Bunday
yomon ishlarni bilib-bilmay qilib qo‘ygan
kimsalar keng jamoatchilik tomonidan
doimiy ravishda qoralangan. Jamiyatning
yuragi – oila davrasida keksalar “suvdek
serob bo‘lgin”, “umringning o‘tayotganini
4 Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Фарғона тумани Каптархона қишлоғи. 2016 йил. 5 Ушбу дуо ЎзР ФА Тарих институти илмий ходими Нигора Қориеванинг отаси Анваржон ака Қосимов томонидан айтилган бўлиб, мазкур дуо матнини бизга тақдим қилганлиги учун тарихчи Нигора Қориевага миннатдорлик билдирамиз. bilmoqchi bo‘lsang, suvga qara”, “umring
suvdek uzun bo‘lsin”, “o‘t balosi, suv
balosidan Yaratganning o‘zi asrasin” deb
duolar qilishadi. Shuningdek, suv bilan birga
hayot davomiyligi bo‘lgani singari, har bir
oilada er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda
o‘zaro vafodorlik oilaning ustuni hisoblanishi
yana bir maqolda «Suvsiz hayot bo‘lmas,
vafosiz – oila» deb tavsiflanadi.
Oilada har bir insonning yangi kuni,
avvalo, suv bilan yuzlashishdan boshlanadi.
Ota-onalar farzandlariga har kuni erta
tongda uyg‘ongan zahoti yuz-qo‘lini suv bilan
yuvishni, inson yuvinmagunicha “yuvuqsiz”
holda biron kishi bilan salomlashmasligi,
ko‘rishmasligi, hech kimga qaramasligi
va hech qanday yumushni bajarmasligi
lozimligini uqtirib boradilar. Aynan yuz-qo‘l
yuvib poklangandan so‘ng oila a’zolari bir-
biriga salom berishadi.
O‘zbeklarda qiz bola turmushga
uzatilayotgan kuni ota farzandiga oq fotiha
berib, duo qiladi. Aynan mana shunday
duolarda suvning o‘ziga xos xususiyatlari
qizlarning kelgusi umr yo‘lida hamisha
“yo‘ldosh, mehribon” bo‘lishi niyat qilingan:
“Qizim, doimo suvday bo‘lgin! Niyating va
maqsadlaring har doim suvday toza bo‘lsin.
Suv kabi hamma vaqt faqat o‘z o‘rnida o‘zingni
namoyon etgin. Qalbing va tafakkuring
dengiz kabi chuqur va bepoyon, tiling
buloq suvi kabi shirin, harakating esa suv
to‘lqini kabi shiddatli bo‘lsin. Tashnalikdan
azoblanayotgan insonlarga o‘z vaqtida suv
berilganidek, muhtoj kishilardan savobingni
ayamagin. Suvdek har vaqt kerakli va muhim
inson bo‘lib yurishingni tilayman”
5
.
Xullas, o‘zbeklarda suv odamlarning
kundalik turmush tarzi va madaniyatida
nihoyatda muhim o‘rin tutgan. Mazkur bebaho
ne’mat bilan bog‘liq an’anaviy qarashlarni
ramziy xususiyatlar bilan bog‘liq; ekologik;
poklanish va gigiyena vositasi sifatidagi
hamda suvning tibbiy xususiyatiga daxldor
ayrim nuqtayi nazarlarni umumlashtirish
mumkin.
“Tirik” va “o‘lik” suv. XX asrning
80-yillarigacha vodiyning ko‘plab hududlarida
ichimlik suvi sifatida irmoqlari yuksak
tog‘lar bag‘ridan boshlanadigan daryo, kanal
IJTIMOIY FANLAR