Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216
2021 4-son

10
, –
deb yozgan edi.
Bu o‘rinda yana bir muhim jihat ham 
borki, Jaloliddin Rumiy hazratlari suvning 
o‘z poklovchilik xususiyati va u suvdan yana 
suv qayta tozalangan holatda paydo bo‘lishi 
mumkinligi, boshqacha aytganda, suvning 
yer shari bo‘ylab aylanib yurish xususiyatini 
ham qayd etgan.
Suv ham turli jinslarga ham bo‘lingan. 
Masalan, “oq suv” erkak suv, qora suv” ayol suv 
hisoblangan
11
. Etnograf I.Muhiddinovning 
yozishicha, suv erkak va ayolga ajratilgan 
bo‘lib, ”erkak suv” oqqan ariq bo‘ylaridagi 
yam-yashil o‘t-o‘lanlar zich va baland bo‘ladi, 
“ayol suv” oqqan ariqlar bo‘ylari esa o‘t-
o‘lanlarsiz bo‘ladi yoki giyohlar juda kam 
o‘sadi. Aholining nazdidagi bunday bo‘linish 
qadimgi agrar kultlar, yana ham aniqrog‘i, 
hosildorlik ramzi bilan bog‘liq bo‘lgan
12
.
Farg‘ona vodiysida nafaqat hayotbaxsh 
ichimlik suvi, balki dehqonchilikda 
foydalaniladigan suv ham ikki turga bo‘linadi. 
Ko‘p yillik hayotiy, kasbiy tajribaga ega 
mirishkor dehqonlar o‘z ekkan-tikkanlarini 
sug‘orish ishlarida, asosan, “oq suv”, ya’ni 
IJTIMOIY FANLAR


83 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
tog‘lardan boshlanib, daryo, kanal va ariqlar 
orqali oqib keladigan foydali elementlarga 
to‘yingan suvdan foydalangan. Sirdaryodan 
bo‘tana loyqa suvning oqishi tufayli tuproq 
uchun nihoyatda foydali tabiiy o‘g‘itlar 
aralashmasi ham oqib kelgan. Bu kimyoviy 
tarkibi o‘g‘itli suv tuproq unumdorligini 
oshirishga ijobiy ta’sir qiladi. Loyqalardagi 
o‘simliklarga foydali bo‘lgan ohak, magniy, 
kaliy, natriy va fosfor singari kimyoviy 
moddalar yerlarning sho‘rlanib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Usta dehqonlar bunday suvni 
“pishgan suv” deb ataydilar. O‘z navbatida, 
yer ostidan chiqib keladigan suv “zax suv” 
deb yuritiladi. Chustlik ko‘p yillik tajribaga 
ega dehqon Murotali ota Sheraliyevning 
ta’kidlashicha, aynan “pishgan suv” foydali 
minerallarga boy bo‘lar ekan. Shu bois ham 
ekinlar oqar suv bilan sug‘orilsa, ularning 
hosildorligi ham yuqori, mo‘l-ko‘l bo‘lar 
ekan
13
.
Odamlar turib qolgan suvda hayot 
asarini ko‘rmagan, aksincha, oqar suv 
qaynoq hayot timsoli bo‘lib kelgan. Shu 
sababli oqmas suv manbalari sifatida hovuz 
yoki ko‘lmaklar tilga olingan. Ko‘lmak suvi 
makruh hisoblanib, uni hatto uy hayvonlariga 
berish va ularni shu suv bilan cho‘miltirish 
ham taqiqlangan. Chunki ko‘lmak suv 
yovuz ruhlar makoni bo‘lib, uy hayvonlariga 
ziyon-zahmat yetkazar ekan
14
. Tabiblarning 
aytishicha, nafaqat ichish, balki yuvinib olish 
uchun ham tirik suv durustroq. Chunonchi, 
yozning chillasida tomir kengayishi tufayli 
bo‘shashib, jaziramada lohaslangan odam 
hovuzda yoki yopiq suv havzalaridan ko‘ra 
faqat oqar suvda cho‘milgudek bo‘lsa, 
tetiklashib, darhol o‘ziga kelib qoladi
15
.
Axborotchilarimizning aytishicha, inson 
og‘ir ruhiy holatga tushib qolsa ham, jildirab 
oqayotgan suvga qarab, xotirjam razm 
solib g‘am-g‘ussani yengillatishi mumkin
16

Uyqusida bosinqirab, yomon tush ko‘rgan 
kishi esa suv bo‘yiga borishi yoki uch dona 
bug‘doy donini olib, unga tushini aytgan 
holda dala tarafga sochib yuborishi kerak 
deb hisoblashadi. Xalqimizning “Tushingni 
suvga ayt” degan naqlida ham shu kabi 
ma’no mujassam.
13 Дала ёзувлари. Наманган вилояти Чуст тумани Дамобод қишлоғи. 2018 йил.
14 Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Тумор қишлоғи. 2018 йил.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin