Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   216
2021 4-son

15 Исомиддинов З. Сув нафақат тириклик манбаи, балки ҳаётнинг энг улуғ мўъжизасидир // Ҳуррият. 2018 йил 28 март.
16 Дала ēзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Шаҳанд қишлоғи. 2018 йил.
17 Мусақулов А. Ўзбек халқ лирикаси. – Б. 204.
18 Календарные обычаи и обряды народов Восточной Азии: Годовой цикл. – Москва: Наука, 1989. – С. 34.
Folklorshunos olim A.Musaqulovning 
qayd qilishicha, tarixan tush animistik 
tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun 
tushni suvga aytish xosiyatli hisoblangan
17

Suvga qarab irim qilish, unga biror narsa 
tashlab fol ochish dunyoda keng tarqalgan 
ishonchlardandir. Masalan, xitoy qizlari 
suvga ataylabdan tashlagan gullari juft-juft 
bo‘lib oqsa, o‘zi yoqtirgan yigit bilan kelajakda 
turmush qurishlariga astoydil ishonganlar
18
.
Aynan tushni suvga aytishning boisi, 
suv (ayniqsa, oqar suv) yonida unga qarab 
o‘tirgan insonning barcha salbiy energiyasi u 
bilan birga oqib ketarkan. Shu sabab yomon 
tush ko‘rgan odamning tushidagi barcha 
balo-qazolar suv bilan oqib ketadi deb 
hisoblashgan.
O‘zbeklarda biron-bir yaxshi niyat bilan 
duo qilingan chog‘da keksalar: “Suvdek 
serob bo‘lgin”, – deyishadi. Shu o‘rinda, 
avvalo, suvning odamlar tasavvurida bitmas-
tuganmas boylik deb hisoblanganligi, 
boshqa tarafdan, uning serpushtlik ramzi 
sifatida e’zozlanganligini anglashimiz 
mumkin.
Suv bilan bog‘liq tarbiya. Bolalarga 
avvallari doimiy ravishda suvning kundalik 
hayotimizdagi bebaho o‘rni va uning 
tashnalikni qondirish vositasi, hayotning 
asl manbai sifatida beqiyos ne’mat ekanligi 
ta’kidlanib, uning har bir tomchisi nihoyatda 
qadrlanishi zarurligi betinim o‘rgatib 
borilgan. Ayniqsa, kundalik turmush tarzida 
suvni behad e’zozlash, behuda sarflanishiga 
yo‘l qo‘ymaslik kerakligi uqtirib kelingan. 
Shuningdek, bolalarga oqar va oqmas suvga 
tuflash, unga yozilish, chiqindi tashlab 
ifloslantirish katta gunoh bo‘ladi, deb nasihat 
qilingan.
An’anaga ko‘ra, qizlar o‘n yoshgacha 
bo‘lgan davridan boshlab oiladagi oshxona 
ishlariga o‘z onasi va katta yoshdagi 
opalari tomonidan o‘rgatilgan. Ular ovqat 
tayyorlashni o‘rganishdan oldin oshxona 
idishlarini yuvib tozalashga undalgan. 
Oldinlari vodoprovodlar bo‘lmaganligi bois 
uyning oshxonasida maxsus belgilangan 
yerdan suv olinib, idish yuvilgan. Idishlar yuvib 
bo‘linganidan so‘ng, azaliy odatga binoan, 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
84 
guruch suvi, sut va qatiq solingan idishlar 
yuvilgan suvlar mevali daraxtlar tagiga 
to‘kilgan. Shuningdek, qizlar yoshligidan 
boshlab mehmon kelsa, tabassum bilan 
kutib olishga, qo‘liga darrov suv quyishga, 
epchillik bilan harakat qilishga, epli bo‘lishga 
o‘rgatiladi. Farg‘ona vodiysida buvilar, 
onalar erta tongda turishda fazilat juda ko‘p 
ekanligi bois saharda turib, darvozalarni 
ochish zarurligini uqtirishadi. Erta tongdan 
xonadon darvozalari ochiladi, ko‘chalarga 
suv sepilib, supuriladi.
O‘z navbatida, o‘g‘il bolalarga ham 
yoshligidanoq ro‘zg‘orni yuritish va jismoniy 
mehnat bilan bog‘liq yumushlar qatori 
mehmondorchilik an’anasi o‘rgatib borilgan. 
Bolalar kattalarning hurmati uchun o‘rnidan 
turib salom berish, ularning qo‘liga zudlik 
bilan suv quyish, tayyorlangan taomni oldin 
yoshi ulug‘ insonlarga uzatish, umuman, 
kattalarga ehtirom ruhida tarbiyalangan.
Ayniqsa, mehmon kelgan paytda 
dasturxon atrofida o‘tirganlar qo‘l yuvishi 
uchun suv quyish odati o‘ziga xos sanaladi. 
Aksariyat hollarda bu yumush yosh bolalarga 
buyuriladi. Qo‘lini yuvayotgan kishilar ham 
suv quyayotgan bolaga «Umring suvday 
uzun bo‘lsin», «Baxtli bo‘l», «Umringga baraka 
bersin», «Niyatlaring amalga oshsin», «Alloh 
umringni suvdek serob va uzun qilsin» degan 
tilaklarni bildiradilar. Taomdan avvalgi suv iliq 
holatda qo‘lga quyilsa, ziyofatdan keyingisi 
qo‘ldagi moy yuqini ketkizar darajada 
issiqroq tayyorlangan bo‘ladi. Suv mehmon 
qo‘liga uzib-uzib quyiladi. Birinchi navbatda, 
o‘ng tomondan o‘tirgan mehmonlardan 
boshlab suv quyiladi, taomdan keyin esa 
suv quyish chap tomondan boshlanadi
19

Hozirgi kunda ham vodiyda ko‘p hollarda 
mehmonlar kelgan paytda uyning hovlisida 
ular qo‘liga ehtirom bilan suv quyib, so‘ngra 
uy ichiga, mehmonxona sari taklif etiladi.
An’anaga ko‘ra, mehmon qo‘liga suv 
quyayotgan kishi uzib-uzib uch marta 
quyishi, shundan keyingina unga sochiq 
tutishi kerak bo‘lgan. O‘z navbatida, 
qo‘lni yuvgan kishi qo‘lining barmoqlarini 
silkitmagan holda sochiq bilan artishi joiz. 
Qo‘l yuvilganda uni silkitib chor-atrofga suv 
19 Худди шундай одат бошқа туркий халқлар, хусусан, қирғизларда ҳам мавжуд. Бу ҳақда батафсилроқ қаранг: Сувнинг сўроғи. – Бишкек: Айгине маданий-тадқиқот маркази, 
2017. – Б. 7.
sachratilsa, u kishi va oilasidan qut-baraka 
ketadi deyiladi. Agarda qo‘lni silkitib, qolgan 
suv erga tushiriladigan bo‘lsa, shaytonlar 
ko‘payadi deb hisoblanadi.
Olis yurtlarga biror yumush bilan 
otlangan kishining safari bexatar bo‘lsin deb, 
uning ortidan suv sepiladi. Safardagi kishi 
o‘zi bilan birga har doim o‘z ota yurtining 
noni bilan suvini olib yurgan. So‘x tojiklarida 
safarga ketayotgan kishining qadami xayrli
ishi omadli kelishi uchun uning oyog‘i ostiga 
suv sepiladi. Chunki, xalqona qarashlarga 
ko‘ra, suv ro‘shnolik ramzi hisoblangan. To‘y 
marosimiga kechikib kelgan yaqin urug‘-
aymoqlarga ham ular suvdek serob bo‘lsinlar 
degan ezgu niyatda suv sepilgan.
Ba’zi bir kishilarning yangi uy quriladigan 
yerga suv to‘la kosani tun bo‘yi qo‘yib qo‘yish 
odati ham mavjud bo‘lgan. Agar suv aynimay 
yaxshi tursa, bu joy uy solishga munosib deb 
topilar, agar suv buzilgudek bo‘lsa, bu yer 
avvaldan o‘zi xosiyatsiz ekan deb qurilishga 
boshqa joy tanlangan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday 
xulosaga kelish mumkinki, ayrim tabiat 
unsurlari singari suv ham behad muqaddas 
hisoblangan. Suv bir vaqtning o‘zida insonlar 
chanqog‘ini qondiruvchi hamda ularni 
poklovchi, dardiga darmon bo‘luvchi vosita 
vazifasini bajargan.
Suv bilan bog‘liq turli mifologik qarashlar 
ham qadim ajdodlardan keyingi avlodlarga 
an’ana tarzida o‘tib kelgan. Shuningdek, suv 
poklanish manbai bo‘lgani sababli insoniyat 
qadimdan tozalikka katta e’tibor berib keladi. 
Lekin aynan suvni asrab-avaylash va uning 
ilohiy ahamiyati bilan bog‘liq diniy-mifologik 
qarashlar deyarli unutilib ketdi. Shu sababli 
hozirda suv bilan bevosita bog‘liq bilim, 
qarashlarni mujassamlashtirgan mintaqaviy 
madaniyatlarni turli ilm-fanlar (tarix, 
madaniyatshunoslik, etnologiya, ekologiya, 
folklorshunoslik) nuqtayi nazaridan ilmiy 
asosda o‘rganish, ijobiylarini aholi, xususan, 
yoshlar ongi va qalbiga singdirish ekologik 
madaniyatning shakllanishi va uning yanada 
mustahkamlanishiga asos bo‘ladi.
IJTIMOIY FANLAR


85 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin