Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   216
2021 4-son

HAQIQATNING FALSAFIY-
IRFONIY INTERPRETATSIYASI
Zamiraxon Ruhitdinovna Isaqova –
 f.f.n.dotsent, Namangan davlat universiteti 
Annotatsiya:
 Maqola haqiqat muammosining falsafiy-irfoniy talqiniga bag‘ishlangan bo‘lib, haqiqatning mazmun-mohiyati, 
darajalari, anglash usullari manbalar asosida ochib berilgan. 
Аннотация:
Статья посвящена философско-мистической интерпретации проблемы истины, на основе источников 
раскрываются сущность, уровни, способы понимания истины. 
Abstract:
 The article is devoted to the philosophical and mystical interpretation of the problem of truth, reveals the essence
levels, ways of understanding truth based on sources. 
Kalit so‘zlar:
 irfon, orif, ilm, bilish, ma’rifat, haqiqat, bilish nazariyasi, qalb, hol, maqom, ishq, hayrat. 
Ключевые слова:
 ирфан, ариф, илм, илм, познание, просветление, правда, теория познания, сердце, состояние, статус, 
любовь, чудо.
Keywords:
 irfan, arif, ilm, ilm, knowledge, enlightenment, truth, theory of knowledge, heart, state, status, love, miracle.
Ilm o‘rganishning sistematik 
iyerarxiyasi bo‘lib, birinchisi, inson idroki 
bilan o‘zlashtiriladigan ilmdir. Bu ilm 
umum (omma)ga xosdir. Bu shariat ilmidir. 
Ikkinchisi, inson qalbi bilan o‘zlashtiriladigan 
ilm bo‘lib, Allohning o‘zi tanlagan bandalariga 
lutf-in’omidir. Bu ma’rifat ilmidir. Uchinchisi, 
orif va Alloh orasidagi ilm bo‘lib, ularning 
siri bashariy idrokdan ustun bo‘lgani uchun 
insonlarga oshkor etilmagan, faqat Alloh 
Rasulining xabari bo‘lgan. Bu haqiqat ilmidir. 
Haqiqat tafakkurning biror narsa yoki 
hodisaga nisbatan fajsafiy-gnoseologik 
tavsifi bolib, u muayyan bilimning ob’yektiv 
reallikka mos kelishi bilan belgilanadi. 
Haqiqat ikki taraflama o‘rganiladi: birinchisi, 
insonning ratsional va irratsional bilimlari 
orqali, ya’ni haqiqat masalasini ilmiy hal 
etishning yagona yo‘li inson bilimlari bilan 
ob’yektiv olamdagi real narsa-hodisalar
ularning sifat va xususiyati o‘rtasidagi 
munosabatning oxshashligi bilan 
izohlanadi. 
Ikkinchisi, botiniy bilish, ya’ni Haqni 
anglash va ilohiy tajalliyga yetish orqali. 
Ollohni bilish uchun ikkinchi usul muhim 
va bu yo‘lda ilmdan ko‘ra shavq, jazba, 
ilhom, ishq va hayrat asosiy fundamental 
tamoyillardir.
Haqiqat konsepsiyasini ilk bor 
qadimgi yunon faylasufi Arastu ilgari surib, 
haqiqatni “mulohazalar va amaldagi holat 
(borni bor va yo‘qni yo‘q deyish) o‘rtasidagi 
muvofiqlik”
1
- deb ta’riflagan. Aflotun 
haqiqatni “g‘oyalar dunyosi”ga mos keluvchi 
1 Аристотель. Сочинения в 4 т. – М.: Наука, 1975, т.1. 141-бет.
2 Гегель. Феноменология духа. – М.: Наука, 1994. 196-бет.
g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida 
tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar 
dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina 
haqiqiy deb hisoblagan. 
Foma Akvinskiy haqiqatning aqlda 
mavjud bo‘lishi, har bir narsa o‘zi bog‘liq 
bo‘lgan aqlga munosabati darajasida 
haqiqiy deb nomlanishini e’tirof etgan. 
V.F.Gegel haqiqatni sof tafakkur sohasida 
bilimlarning dialektik shakllanish jarayoni 
sifatida anglagan: “Hamma gap haqiqiy 
narsani substansiya sifatida emas, 
balki shuningdek sub’yekt sifatida”, ya’ni 
tafakkur faoliyati sifatida ham tushunish va 
ifodalashda
2
.
Buddaviylikda haqiqat uni anglash 
holatiga amalda erishish (nirvana) bilan 
bog‘lansa, daosizmda ifoda etilgan haqiqat 
yo‘q, u haqqoniyat lahzasi bilan aloqani 
uzgan. Hinduiylikda haqiqat ko‘pqirrali, 
uni yaxlit ifodalab bo‘lmaydi. Haqiqat 
anglashning butun, yaxlit tajribasi orqali 
yuzaga chiqadi. Nasroniylikda haqiqat va 
u orqali erishiladigan abadiy baxt-saodat 
(gedonizm), farog‘at yo‘li (evdemonizm), 
yolg‘on va u orqali boriladigan abadiy uqubat 
va yo‘qlik yo‘li mavjud. Islomda haqiqat 
Allohdir. Qur’on va hadis foniy dunyoda 
unga muvofiq yashash boqiy dunyodagi 
jannatga olib boruvchi yo‘ldir. 
Irfon falsafasida ilm deganda Haq, 
haqiqat deganda Alloh tushuniladi, chunki 
Haq Allohning ismlaridan biridir. Qur’onda 
“Bunga sabab Alloh Haq ekani va Uning O‘zi 
o‘liklarga hayot berishi hamda U hamma 
IJTIMOIY FANLAR



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin