Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   216
2021 4-son

1 Ҳ.Т.Бухорий “Абдулланома”, 1-китоб. Т: “Шарқ”, 1999,19-бет.
“Abdullanoma” asarida yozganidek, “O‘sha 
vaqtda har tarafdan teskari shamol esardi. Har 
burchakdan fitna gardi osmonga ko‘tarilardi. 
Sog‘u salomatlik, anqodek monelik pardasi 
ostiga yashiringan edi. Tinchlik va xotirjamlik 
kibriti axmar va ahd-u hunarmandlarning 
rivojkoridek ko‘rinmay ketgan edi. Xaloyiq 
tanglikdan hayron bo‘lib fuqaro burchak-
burchakda sargardon edi.”
1
Xullas, mamlakatdagi tang, notinch 
vaziyat, aholining ahvolini yanada og‘irlashtirib 
yuborgan edi. Shayboniy sultonlar esa o‘zaro 
nizo va janjallarga barham berish, mamlakatda 
tinchlik va adolat o‘rniga, aksincha, mamlakat 
hududlarini bo‘lib olib, alohida viloyatlarda 
hukmronlik qilar edilar. Chunonchi, Buxoroda 
Abdulazizxon (1540-1550-y) hukmronlik 
yillarida ular mamlakatdagi og‘ir vaziyatni 
bartaraf qilish o‘rniga, aksincha, hududlar 
talashib o‘zaro urushlar bilan ovora 
edilar. 
Shu bois, el-u yurt shayboniy 
sultonlarning o‘zaro urushlariga barham 
beradigan, mamlakatda tinchlik va adolat 
o‘rnatadigan, mamlakat hududlarini 
yagona hokimiyat, yagona poytaxt atrofida 
birlashtirishga qodir bo‘lgan qattiqqo‘l va 
tajribali, shijoatli hukmdorga muhtoj edi. 
Mamlakat va xalqning bu ehtiyoji tarix 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
90 
sahnasiga Abdullaxon II ni olib chiqdi. 
Abdullaxon II Karmana va Miyonqol hukmdori 
bo‘lgan Iskandarxonning o‘g‘li edi.
Abdullaxon II noyob iqtidor-u iste’dod 
sohibi edi. Hofiz Tanish Buxoriyning 
“Abdullanoma” asarida yozilganidek, 
Abdullaxon “Qur’oni Karim”ni tafsir qilishda, 
hadisi sharifni tahlil va talqin qilishda, din 
peshvolarining tahsin-u tan olishlariga sazovor 
bo‘lgan edi.”
2
Abdullaxon II harbiy san’atni ham puxta 
egallagan edi. U “o‘q uzish, kamon tortish, tig‘ 
va nayza urish sirlarini yuz tahsin va ming ofarin 
bilan o‘sha zamondagi yetuk sultonlardan o‘tib 
ketgan edi.”
3
Ko‘rinadiki, Abdullaxon II diniy va dunyoviy 
ilmlarni egallagan hamda harbiy sohaning 
ham mohir bilimdoni edi.
XVI asrning 50-yillarida Abdulatifxonning 
vafotidan keyin (1552-yil) shayboniyzodalar 
o‘rtasida yana hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar 
avj olib ketdi. Shu paytda Iskandarxonning 
o‘g‘li Abdullaxon butun tashabbusni o‘z qo‘liga 
oldi. Bunda Xo‘ja Jo‘yboriyning Abdullaxonni 
qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati katta bo‘ldi, 
chunki Xo‘ja Islomning diniy-ma’naviy obro‘si 
katta edi. Shu bois, Xo‘ja Islom Abdullaxonning 
g‘alaba qozonishi uchun barcha imkoniyatlarni 
safarbar etish imkoniyatiga ega edi.
O‘z rejalarini amalga oshirishda 
Abdullaxon g‘ayrat bilan harakat qilib, 
1557-yilda Buxoro ustiga qo‘shin tortib bordi va 
shaharni qamal qildi. O‘sha vaqtda, Buxoroni 
Burxon Sulton idora qilar edi. Tang ahvolda 
qolgan Burxon Sulton Xo‘ja Islomdan yordam 
so‘rab murojaat qiladi. U shunday: “Viloyatni 
bizga bersangiz ham, vale boshimizni (ularga) 
bersangiz ham ixtiyoringiz. Faqat sulh bo‘lsin”.
Xo‘ja Islom Jo‘yboriy ham mamlakatda 
tinchlik, osoyishtalik va shayboniyzodalar 
o‘rtasida o‘zaro kurashlarga barham berishni 
o‘zining asosiy burchi deb bildi va Abdullaxonni 
qo‘llab-quvvatladi.
Bu to‘g‘risida “Abdullanoma”da “A’lo 
hazrat uning homiyligini rag‘bat bilan qabul 
qilib, itoat boshini bo‘ysunish xalqasiga kiritdi 
va uning muvofiq ko‘rgan (ishi) dan tashqari 
chiqmadi”
4
. Shu kecha Burxon Sulton o‘zining 
qushbegisi tomonidan o‘ldirildi. Shundan 
so‘ng, Abdullaxon II Buxoroni ishg‘ol qildi. 
Ko‘rinadiki, Xo‘ja Islom Abdullaxonni Buxoro 
taxtini egallashiga imkoniyat yaratdi. Demak, 
Abdullaxon II ni Buxoro xoni bo‘lishida Xo‘ja 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin