ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 86 muvofiq axloqiy tushunchalar, axloqiy
barkamolikning muhim tomonlaridandir.
Sulaymon Boqirg‘oniy inson
kamolotining muhim axloqiy jihatlarini
ham tahlil etadi va har biriga ta’rif beradi.
Masalan: adolatni ruhiy hayotning bosh
mezoni sifatida ko‘rsatadi. Inson qanoat,
jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo‘ladi,
yomon illatlardan o‘zini tiyib, yaxshilikni
mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat
oladi. Insondagi ijobiy axloqiy xislatlarga
saxiylik, chidamlilik, kamtarlik sevgi-
muhabbat, mo‘tadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik,
qat’iyatlilik, sadoqat, uyatchanlik, ijrochilik
va boshqalarni kiritadi. “Sulaymon fikricha,
inson dunyoga ko‘ngil qo‘ymasligi, uning
botqog‘idan o‘zini xalos eta olishi lozim,
shundagina u haqiqiy maqsadiga yetisha
oladi. Umr – ne’mat, uning har bir oni
g‘animat, oxirat tadorigini ko‘ra olish esa
baxt:
Dunyo sevmak xatolarning boshi teyu, Ul Mustafo bizni ogoh qilmadimu? Yoki:
Turmagil yigitman deb fasod qilib, Telim chechak ochilur vaqtda so‘lmadimu?” 3 Qanoat va mo‘tadillikni insonning
hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik,
aqllilikni g‘azab quvvatiga donolik,
ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat,
uyatchanlik, ijrochilik, achinish, sofdillikni
tafovut quvvatiga kiritadi. Olim qanoatni
hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o‘zini
tamagirlikdan tiysa, mo‘tadillikka rioya
etsa, o‘zida hirsning namoyon bo‘lishini
yengadi, inson yomon illatlarni yengishda
o‘z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim
deydi. Sulaymon Boqirg‘oniy yuksak
axloqiy hislatlarga yana kishilarning bir-
birlariga do‘st bo‘lib, yashashi, hamkorlik
qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi
jamiyatda odamlar bilan birga yashar ekan,
ular bilan do‘stona yashashga intiladi.
Sulaymon Boqirg‘oniyning fikricha, kishi
aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk
bo‘lmasin agar undagi bilish va kuch islomiy
axloq me’yorlariga mos tushmasa, bunday
kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi hisoblana
olmaydi va u jamiyatga foyda keltira
olmaydi. O‘zi uchungina yashamasdan
3 ESHMUHAMEDOVA, M.(2020). Сулаймон Бақирғаний, Milli Kültür Araştırmaları Dergisi, Cilt4, Sayı2, 121-129. Gönderim Tarihi: 17 Aralık 2020 / Kabul Tarihi: 20 Aralık 2020. 4 Тарикат Ясавийа и Крым. Сулейман Бакыргани: дастаны и хикматы М. Государственный республиканский центр русского фольклора 2015. - 208 с. xalq uchun umum manfaati uchun
yashashga intiluvchi kishilarni Sulaymon
Boqirg‘oniy yaxshi axloqli insonlar deb
hisobladi. Mutafakkir o‘zining axloqiy
qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar,
jamiyatning barcha tabaqalari o‘rtasidagi
axloqiy munosabatlarni amaliyotga
tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy xulq
odob tamoyillari, talab va vazifalari butun
asr davomida qahramonlarning o‘zaro
munozaralari asosida ifodalanadi. Unda
barcha tabaqa va toifa vakillari ijtimoiy
guruhlarning o‘zaro munosabati, axloqi,
muomala talablari bayon etiladi. Turli kasb
egalariga xos xislatlar, odatlar, malaka va
ko‘nikmalarni ajratib ko‘rsatadi
4
.
Sulaymon Boqirg‘oniy “Qiyinchiliklarda
hamdard tayanch bo‘ladigan sadoqatli,
ta’magir, hasadchi bo‘lmagan aqlli, ilmli,
muruvatli kishilarni do‘st tutish mumkin”
– deb ta’kidlaydi. Shuningdek, do‘st bilan
dushmanni ajrata bilish dushman oldida
o‘zini ojiz ko‘rsatmaslik, kuchli dushman
va xiyonatchi chaqimchi, sir ochuvchi
do‘stdan saqlanishni maslahat berdi. U
quyidagi xislatlarni har bir kishi o‘zida
tarkib toptirishni ta’kidlaydi. Bular o‘zidan
zo‘r kishi bilan urushmaslik, hasadchi kishi
bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik,
nodon bilan munozara qilmaslik, riyokor,
ikkiyuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik,
yolg‘onchi kishi bilan muomala qilmaslik,
baxil bilan suhbatda bo‘lmaslik, dushman
kishi bilan bir yerda ko‘p o‘tirmaslik,
kishilarga sir aytmaslik, biror kishi aybingni
aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat
qilish, biror kishini ortiqcha maqtash yoki
ortiqcha yomonlamaslik, muhtoj bo‘lgan
odamni hojatini chiqarish, kechirimli
bo‘lish, kichiklarga mehribon bo‘lish, bir
ishni ikki kishiga buyurmaslik ya’ni hayotiy
tavsiyalardir.
“Shoir bu dunyoni “ko‘hna rabot”
ga o‘xshatadi. Inson mana shu “ko‘hna
rabot”ga nima uchun va qancha muddatga
kelganligini unutmasligi lozim. Shundagina
u o‘z zimmasidagi vazifasi va xilqatlik
mas’uliyatini yoddan chiqarmaydi:
Ayo do‘stlar, bu dunyodur ko‘hna rabot,
Jumla jonliq bu dunyodin ko‘char
IJTIMOIY FANLAR