87 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son ermish”
5
.
Sulaymon Boqirg‘oniy inson xulq-
atvoridagi fazilatlar asta-sekin hosil
bo‘ladi, deb hisoblar edi. Agar inson biron-
bir ijobiy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmasa
u buni harakat qilib, o‘zida vujudga
keltirishi, yomon illatlardan esa o‘z irodasi
bilan xalos bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydi.
Sulaymon Boqirg‘oniy tasavvurlaridagi
komil insonga xos bo‘lgan eng yuksak
fazilatlarga ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga
muhabbat kiradi. Chunki baxtli hayotga
intilgan. Sulaymon Boqirg‘oniy fikricha,
oqil qobiliyatli dono inson o‘zining kuch-
quvvatiga, aqlu-zakovatiga ishonadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki,
shaxsning kamolga yetishi aqlan, axloqan
rivojlanganligi bilan belgilanadi. Shu bois,
tasavvuf vakillari tomonidan kamolotning
asosiy mezonlari sanab o‘tiladi. Ular sirasiga
ta’lim-tarbiya, oila muhiti, shaxslararo
munosabatlar, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-
o‘ziga baho berish, jamiyat tomonidan
ishlab chiqilgan norma va talablarni qabul
qilish bilan asoslaniladi. Najmiddin Kubro
fikricha, “Valiylik odam bolasiga azaldan
nasibadir, chunki odam Parvardigorning
suygan maxluqi. Yaratuvchi odamga aql
ato qilgan, botiniy nur bergan, uni boshqa
mavjudotlardan afzal sifatli va xislatli
qilib yaratgan”
6
. Mana shu fikr Najmiddin
Kubroning tasavviy qarashlari mag‘zini
tashkil etadi. U ruboiylaridan birida bu
haqida shunday deydi:
Zinhor mazan tu ta’na bar darveshon, Xastand eshon, chunonchi hastand eshon. Xohi, ki bidoni, ki kiyonand eshon - Yak olam mis biyoru yak javzi eshon 7 . Shu o‘rinda Abdulhakim Sha’riy
Juzjoniy to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Najmiddin
Kubro vatan sevgisi bilan yashab keldi. U
hech qachon kindik qoni to‘kilgan vatani -
Xorazmni unutmadi, o‘z xalqi bilan yashash
va ular orasida ma’rifat nurini tarqatish
tuyg‘ulari uning o‘z vataniga qaytib kelishiga
sabab bo‘ldi”
8
.
Najmiddin Kubroning “Usuli ashara”
(O‘n usul va sharhi) “Allohga eltuvchi
5 ESHMUHAMEDOVA, M.(2020). Сулаймон Бақирғаний, Milli Kültür Araştırmaları Dergisi, Cilt4, Sayı2, 121-129. Gönderim Tarihi: 17 Aralık 2020 / Kabul Tarihi: 20 Aralık 2020. 6 Комилов Н. Тасаввуф. –Тошкент: Мавороуннаҳр-Ўзбекистон, 2009. -403 б. 7 Комилов Н. Тасаввуф. –Тошкент: Мавороуннаҳр-Ўзбекистон, 2009. -402 б. 8 Улуғ мутасаввуф: Шайх Нажмиддин Кубро таваллудининг 860 йиллиги муносабати билан: Метод.-библиогр. қўлл. / Алишер Навоий ном. Ўзбекистон Миллий к-наси; Тузувчи М.Матмурадова; Муҳаррир Ҳ. Маматраимова; Масъул муҳаррир О.Қиличбоев.-Т.: Алишер Навоий ном. Ўзбекистон Миллий к-наси нашриёти, 2005.- 16 б. 9 Ҳазратқулов М. Тасаввуф. – Душанбе: Маориф, 1988. – С.86-100. 10 Мустафо Қора. : «Месмаи fetavayi ibn Teymiye», nsr. Abdurrahman b. Muhammed Necdi, X, 454 (Riyad 1381/1961), (Изоҳ Мустафо Корага оиддир). yo‘llarning adadi maxluqotning nafaslari
qadar behiso” – deb boshlanadi. Mazkur
kalima arbobi tasavvufning eng mashhur
so‘zlaridan bo‘lib, uning xilma-xil sharhlari
mavjud. Bundagi nafas insonning og‘iz
va burnidan kirib-chiqadigan havo bo‘lib,
uning bir kunlik miqdori yigirma to‘rt
mingga yaqindir. Shu bois har kim umr
bo‘yi olgan nafasicha Haqqa boruvchi yo‘l
imkoniyatiga sohibdir. Yo‘lchi qadam-
baqadam ilgarilaganidek, bu yo‘lda
sabot ko‘rsatganlar ham har nafasda
Allohga tobora yaqinlashib borurlar.
Aslida yo‘l yagonadir. Ammo har odim
manzil nihoyasiga olib boruvchi vosita
bo‘lganligidan ham har qadam oldinga
yurish va ilgarilash hisoblangan. Shuning
uchun “Har bir inson nafasini va vaqtini
muhofaza qilishi kerak” deyilgandir. Zero,
nafas va vaqt behuda sarflanarkan, kun,
kunni qadrlamaslik bilan oy, oy bilan esa
yil, va nihoyat, shu tariqa butun bir umr
zoye ketadi
9
. Najmiddin Kubro ruboiylarida
falsafiy mushohadalar, tavakkul, taqdir
haqida, olamning tuzilishi haqida o‘ylar aks
etgan. Bu jihatdan uning bir necha ruboiysi
Umar Xayyom ruboiylariga mazmunan
o‘xshab ketadi va yana qizig‘i shuki, XIV asr
xorazmlik shoir va so‘fiy Pahlavon Mahmud
ruboiylari bilan ham ohangdoshlik seziladi.
Uning eng asosiy falsafiy qarashi bu –
“Olami kubro” va “Olami sug‘ro” ta’limotidir.
Kubroning bu ta’limoti xuddi g‘arb falsafasi
namoyondalarining “Makrokosmos” va
“Mikrokosmos” g‘oyalari bilan deyarli
bir xildir. Biroq, gap shundaki Kubro bu
ta’limotini ulardan avval ilgari surgan.
Ya’ni, ulardan oldin yashagan. Kubroning
ta’kidlashicha “Olami sug‘ro”dagi, ya’ni
insondagi bor unsurlar “Olami kubro”da
ham mavjuddir. Yoki aksincha “Olami
kubro”dagi narsalar “Olami sug‘ro”da ham
mavjuddir
10
.
Kubraviya tariqati ta’limoti hadis va
shariatga asoslangan bo‘lib, o‘z davrida
Xuroson, Movarounnahr, Hindiston va
boshqa musulmon mamlakatlari xalqlari
orasida keng tarqaladi. Mazkur tariqat
IJTIMOIY FANLAR