ANIQ FANLAR ORQALI O‘QUVCHILARDA TAYANCH
KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga
oid kompetensiyalar bilan
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Aniq fanlar
bloki yo‘nalishidagi fanlari orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni
shakllantirish ular o‘zlashtirgan bilimlari asosida umumiy o‘rta ta’limning
milliy
o‘quv dasturi loyihasi egallagan ko‘nikma va malakalarini turli vaziyatlarda qo‘llay
olishga qaratilishi maqsadga muvofiq. Jumladan, kommunikativ kompetensiyalarni
shakllantirishda
davlat tili, horijiy tillarni o‘zlashtirishda mustaqil, ijodiy fikrlash,
yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakalarini shakllantirishda
aniq fanlarga oid
atamalarni to‘g‘ri talafuz qilish, izohlab berish hamda erkin muloqot qilishga o‘rgatish
zarur.
Fanlarni o‘qitishda axborot bilan ishlash kompetensiyasini samarali
rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi zamonaviy axborottelekommunikatsiya
vositalaridan muntazam foydalanish zarur. Bunda o‘quvchilarni fanga oid axborotlarni
turli
manbalardan izlash, tahlil qilish va axborot havfsizligiga rioya qilgan holda
axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda mobil qurilma (telefon,
planshet va boshqa gadjetlar) lardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishda umuminsoniy
fazilatlariga ega bo‘lish,
Vatanni sevish, huquqiy, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish,
yangiliklarga intilish va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari asosida mustaqil qaror qabul
qilishga, jamiyatda ro‘y berayotgan progressiv va innovatsion o‘zgarishlardan
xabardor bo‘lish hamda ulardan kundalik hayotda foydalana olishga o‘rgatish zarur.
Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishda fuqarolik burch,
ijtimoiy
va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar haqida
bilimlarga ega bo‘lish hamda badiiy, ilmiy va san’at asarlarini tushunish hamda ularni
asrashda tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat.
Nazorat savollari
1. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmetining maqsadi nima?
2. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv
predmetining vazifalari
nimalardan iborat?
3. Maktab bitiruvchilariga qo’yiladigan qanday talablar qo’yiladi?
4. Informatika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning qanday
yangi avlodi yaratiladi?