12 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi innovatsion
faoliyat yuritish va kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish orqali maqsadli axborot
tizimlari va faoliyatning innovatsion uslublarini rivojlantirish;
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashi,
qiziqishi, moyilligi va qobiliyati asosida to‘g‘ri va perspektiv kasb tanlashga
yo‘naltirish;
muttasil ravishda raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim olishga harakat
qilish, o‘z ustida tinimsiz ishlash va amaliy faoliyat yuritishni rag‘batlantirish;
iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarga tez moslashuvchan,
noqulay vaziyatlarda
mustaqil ta’lim olishga qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash; ta’limdagi ilg‘or tajribalarni
umumlashtirish, keng ommalashtirish va «Informatika» fanini o‘qitishning shakllari
xilma-xilligini rag‘batlantirish.
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish,
elektron ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning»,
«flipped classroom», MOOC, LMS, VR, IR, IoT texnologiyalarini amaliyotga keng
joriy etish hamda ta’lim jarayonlarida smart texnologiyalardan foydalanish;
SMART texnologiyalarni joriy etish orqali maktab o‘quvchilarining fanlar
integratsiyasiga qurilgan savodxonlik
darajasini oshirish; informatika va axborot
texnologiyalari fanini o‘qitish – maktab bitiruvchilarining raqamli savodxonlikni va
madaniyatni, tanqidiy fikrlash va kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini
shakllantirish, shu bilan birga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan
kreativ darajada foydalanish, hayotiy muammolarni zamonaviy AKT asosida
loyihalashtirish,
modellashtirish, algoritmlash, dasturlash va boshqarishni o‘zlashtirish
imkonini beradi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning konseptual
asoslari sifatida shuni qayd etish joizki, informatika fanini zamonaviy talablar asosida
o‘rganish:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida hayotiy
muammolarni yechish, loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlash va boshqarish
kabi universal faoliyatlarni o‘zlashtirish;
raqamli jamiyatdagi masalalarini yechish mahoratini namoyon qilish orqali
samarador texnologiyalarni tanlash;
kreativ fikrlash va innovatsion faoliyat yuritish ko‘nikmasini shakllantirish
orqali maqsadli axborot tizimlarini va mehnatga ta’sir o‘tkazishning innovatsion
uslublarini yaratish;
ta’lim jarayonida har xil kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali mustaqil
hayotda zarur bo‘ladigan bo‘lajak kasbni to‘g‘ri tanlash; mehnat qilish, yangi
bilimlarni egallash, mukamallikka erishish uchun raqamli texnologiyalar asosida o‘z
ustida mustaqil ishlash va
amaliy faoliyat yuritish;
13 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi tez o‘zgaradigan
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchan, noaniq vaziyatlarda mustaqil
ta’lim olishga tayyor va umri davomida tahsil oladigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish jarayonida o‘quv-
metodik ta’minoti tarkibiga quyidagilar kiradi:
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha tayanch o‘quv reja;
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari;
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv dasturlari;
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha malaka talablari;
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quvchilarning
kompetensiyalarini baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limning barcha darajalari uchun informatika fani bo‘yicha
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodi yaratiladi. Informatika va
axborot texnologiyalari fanining maqomi matapredmetli bilimlar, ya’ni inson faoliyati
va umumiy ta’lim mazmuni bilan atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
ta’minlashdagi, hayotiy muammolarni yechishda muhim vosita sifatida qaraladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning mazmuni, usullari va
pedagogik texnologiyalarini modernizatsiya qilish, uni moddiytexnik va kadrlar bilan
ta’minlash (shu jumladan informatika fani o‘qituvchilarini malakasini oshirish va
qayta tayyorlash)ga yangicha yondoshiladi. Ta’lim sifati yaxshilanadi.
konsepsiya
DTS
malaka
talablari
O’quv reja
O’quv dasturi
Baholash tizimi
Darslik
O’qituvchi kitobi
Ishchi daftar
Multimedia ilovalari
Laboratoriya praktikumlar
ishlari
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni
tashkil etuvchi o‘quv modullari:
axborot jarayonlar va tizimlar;
amaliy masalalar va ularning yechimini zamonaviy AKT yordamida topishga
o‘rganish;
axborot xavfsizligini ta’minlash;
modellashtirish va loyihalash ishlari;
algoritmlash, dasturlash va testlash;
yuqori texnologiyalar;
axborot texnologiyalarni boshqarish;
innovatsion loyihalarni amalga oshirish. informatika va axborot texnologiyalari
fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullari uchta yo‘nalishi bo‘yicha
amalga
oshiriladi:
yangi bilimlarni olish va axborot loyihalarini bajarish;
yangi bilimlardan foydalanish va tadqiqot loyihalarini bajarish;
yangi bilimlarni qo‘llash va innovatsion loyihalarini amalga oshirish.
Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish Umumta’lim
muassasalaridagi informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish – informatika
va axborot texnologiyalari, texnologiya, aniq fan o‘qituvchilari kadr zahiralariga
hamda o‘quvchi istiqomat qilayotgan hudud iqtisodiyotining ehtiyojlariga tayanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmun va metodlarini
takomillashtirish umumiy ta’lim uchun informatika fani bo‘yicha ishlab chiqilayotgan
o‘quv me’yoriy hujjatlar hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va resurslarini,
masofadan o‘qitish texnologiyasini qo‘llash va o‘quvchilarning fan bo‘yicha
rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil
qilishni inobatga olgan holda, pedagogik
xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, pedagog xodimlar
uchun qo‘shimcha kasbiy ma’lumot berishni talab qiladi.