Tahlil qilish metodikasi


 Aniq fanlar blok-moduli tavsifi va predmetlar integratsiyasi



Yüklə 400,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.11.2022
ölçüsü400,03 Kb.
#70912
1   2   3   4   5   6
tXhtYhFdIk2UsefmDQQUG2DwzB9M5XecaB49u47p

2. Aniq fanlar blok-moduli tavsifi va predmetlar integratsiyasi 
Aniq fanlar blok-moduli o‘z ichiga matematika, informatika va axborot 
texnologiyalari o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda mazkur fanlarning o‘zaro 
aloqadorligini ta’minlaydi. O‘quvchilarning matematik madaniyati, matematika 
fanidan ilmiy jihatdan boxabarligi ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, 
tafakkurini rivojlantirishda zarur bo‘lgan amaliy muammolarni hal qilish, funksional 
bilimdonlik, mantiqiy fikrlash, shuningdek, insonning umumiy madaniyatini 
shakllantirishda Informatika va axborot texnologiyalari hamda matematika, fanlari 
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchining ichki motivatsiyasining qanchalik 
shakllanganligi aniq fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni hal 
qilishda muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va sotsial muhitga 
ta’sirini tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi.
Axborot texnologiyalari usullari va vositalarini o‘zlashtirish, muammolarni hal 
qilish layoqatini shakllantirish, real ob’ektlar va jarayonlarning axborot modellarini 
qo‘llash, tahlil qilish va o‘zgartirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Algoritmik 
va hisoblash vositasi orqali fikrlash va kompyuter modellari orqali intellektual va 
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, kompyuter texnologiyalari orqali axborot 
jarayonlarini amalga oshirishni ko‘rib chiqish, kompyuter tizimlari va modellari bilan 
ishlash, axborotni himoya qilish usullarini o‘rganish, interaktiv kompyuter modellari 
yordamida modellashtirish, rasmiylashtirish va loyihaviy tizimli yondashuvni 
rivojlantirishdan iborat. Ta’lim texnologiyasi STEAM aniq fanlar blok-modulida 
o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan 
bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini 
o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini 
tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu 
texnologiyani amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli texnik qurilmalarni 
yasash uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning maketini yaratish va uni 
amaliyotda ishlatib ko‘rish, kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi 
vazifalar bajariladi.
Aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy 
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) 
talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy 
mashg‘ulotlar hamda mustaqil bajarishga va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy 
topshiriqlar bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish o‘qituvchi oldidagi asosiy 
vazifalardan biri sanaladi. Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi Aniq 
fanlarni o‘qitishda nafaqat ularning o‘zaro ichki, balki tashqi, ya’ni turdosh blok-
modullar tarkibiga kiruvchi fanlar bilan integratsiyasi ham katta ahamiyatga ega. 
Jumladan, quyidagi fan yo‘nalishlari bilan o‘zaro chambarchas aloqalari muhim 
hisoblanadi: Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar orqali shakllantiriladigan 
kompetensiyalar tabiiy va iqtisodiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy 
fikrlashini rivojlantirishda, yozma va og‘zaki ravishda o‘z qarashlarini ravon bayon 
etish malakalarini hosil qilishda, ilmiy atamalarni to‘g‘ri qo‘llash hamda baxs-
munozaralar jarayonida erkin muloqot qilishga o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi. Tarix 
o‘quv predmeti tabiiy va iqtisodiy fanlar bilan ham bevosita bog‘langan. Ilm-fan 
yutuqlarining 
ishlab 
chiqarish 
sohalari, 
iqtisodiyijtimoiy 
munosabatlarining 


rivojlanishi va atrof-muhit holatiga ta’sirini ko‘rsatishda tarixiy ma’lumotlarning 
ahamiyati kattadir. Matematika o‘quv predmeti insonning intellektini, diqqatini 
rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, 
algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda 
katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea 
va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika 
va texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Informatika va axborot 
texnologiyalari o‘quv predmetini o‘qitish ilmiy-texnik jihatdan yanada rivojlanish 
uchun raqamli iqtisodning ustuvorligini e’tiborga oladi, umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalari o‘quvchilarining raqamli texnologiyalar borasidagi kompetensiyasi va 
madaniyatini hamda tanqidiy fikrlash qobiliyati va kreativ axborotkommunikatsion 
kompetensiyalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Tabiat hodisalarini va asosiy fizik jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va 
texnologiyalarni rivojlantirishda Informatika va AT qonunlarini amalda qo‘llashni 
o‘rganadilar. Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, 
aqliy rivojlanishi va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, olamning yagona 
manzarasiga oid tafakkur, informatika va axborot texnologiyalari fanida olgan amaliy 
ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda egallagan bilimlardan kundalik hayot faoliyatlarida 
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Jadal rivojlanayotgan
raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish 
va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining samaradorligini belgilovchi 
muhim omillardan biridir. Globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, 
nostandart masalalarni ijodkorlik yondoshuvi asosida yecha oladigan yoshlarni 
tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun muayyan fikrlash modellari zarur
bolalarda bunday fikrlash modellari maktab yoshida shakllanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi Jahon ta’lim tizimida fan 
va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish, jamiyat va davlat 
hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib 
kelajagini barpo etishning muhim omili. Yuqori kasbiy kompetentlikka ega, 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, 
interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, 
operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy 
izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol 
o‘ynaydi. Innovatsion iqtisodiyotda zamonaviy AKT ni yuqori darajada bilish, raqamli 
texnologiyalarni o‘zlashtirish va rivojlantirish qobiliyati o‘ta muhim omil sifatida 
qaraladi. Informatika va AT o‘quv predmeti - umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining 
tarkibiy qismi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni amaliyotga joriy 
qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy madaniyatning turlarini 
shakllantirishning umumiy tamoyillari, o‘ziga xos ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, 
shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida amaliy muammolarning innovatsion 
yechimlarini topish va hayotga tadbiq etish imkonini beradi. 

Yüklə 400,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin