OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMI FAKULTETI
“Ro‘yxatga olindi”
O‘quv ishlari bo‘yicha
dekan muovini
________________
2022-y “__”dekabr
51111200 – “Ona tili va adabiyot ta’limi” kunduzgi bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ziyodullayeva Laylo Xolmo‘min qizining “Undalma, kirish so‘z va kiritmalar” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari:
_______________
Ona tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,
f.f.n. Gulnoza Jo‘rayeva 2022-
yil “__” dekabr
TOSHKENT - 2022 YIL
Undalma, kirish so‘z va kiritmalar.
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………….…….4
Asosiy qism
I BOB . Undalma, kirish so‘z va kiritmalar haqida qisqacha ma’lumot…..…5
Undalma va ularda tinish belgilar ………..…………………………… 5
1. 2. Kirish so'z va kirish birikmalarida vergulning ishlatilishi.………....…11
II BOB. Undalma, kirish so‘z va kiritmalarning o‘zbek tilida tutgan o‘rni….13
2. 1. Gap bo‘laklari bo‘lmagan bo‘laklar…. …………………………..……..13
2. 2. Undalmaning gap bo‘laklari bilan aloqasi ……...…………………….... 21
2.3. Kirish so’z va kirish birikma……………………………………………..27
Xulosa……………………………………………………………...……..….. …30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………. ..…….…31
Kirish.
Undalma — soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur qilingan hodisani bildiradigan so'z yoki soʻz birikmasi. U., kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. U. Gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring , uka, menga yoqmayapti; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida U. maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. U., kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud.
Kirish soʻzlar - gap bilan sintaktik bogʻlanmagan soʻzlar. Soʻzlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ("baxtimga", "afsuski"), fikrning umumiy bahosini ("ehtimol", "albatta"), kimga qarashli ekanligini ("menimcha", "aytishlaricha") yoki oldingi fikr bilan aloqasini ("xullas", "nihoyat") bildiradi
KIRITMALAR
1. Qani, kiring, ichkarida bemalol gaplashamiz. 2. Yolg'on gapirish, albatta, gunohdir. Lekin o'rinsiz haq so'zdan, nazarimda, sukut yoki bezarar yolg'on yaxshiroq. Masalan, Hakim kasali tuzalish bosqichidan o'tgan bemorning umidli savoliga, sizningcha, qanday javob berishi kerak? Shak-shubhasiz, o'lasiz debmi yoki, inshoolloh, tuzalib ketasiz debmi? ("Hakimning nutq odobi"dan) 3. Nahotki, daryolar oqar teskari, nahotki, odamlar kezar darbadar. 4. Xayriyat, vaqtida yetib keldik. 5. Aytishlaricha, bugun kelishlari kerak. 6. Demak, ertalab uchrashamiz. 7. Yaxshi hamki, yomg'ir yog'madi. 7. Afsuski, hali o'zlashtirilmagan yerlar juda ko'p. 8. Menimcha, oqil va sodiq er o'z rafiqasi uchun eng bebaho bezakdir. 9. Baxtga qarshi, Saida uning xohishini payqamadi.(A.Q.) 10. Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, Mening bilishimcha, sening elingga. (H.O.) 11. To'g'ri, u aravani quruq olib qochadigan maqtanchoqlardan emas. ("Mushtum") 12. Ehtimol, bu ishni o'zing bajararsan. (H.No'mon) 13. Chindan ham, mashina dehqonning og'irini yengil qiladigan zabardast kuchga aylandi. (Gazetadan)
Bilib oling. Yuqoridagi gaplarda ajratib ko’rsatilgan qismlar kiritmalar deyiladi. Kiritmalar gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga aloqador bo’lsa-da, gapdagi biror bo’lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi boshqa bo’laklardan yozuvda vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa to’xtamlar bilan ajratiladi.
Kiritmalar so'zlovchining o'zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi, gumoni, tasdig'i, inkori va h.k.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, aloqadorligi), o'z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan va h.k.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo'shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma'nolarni ifodalaydi.
Kiritmalar barcha bo'laklar kabi sodda va murakkab bo'ladi. Sodda kiritmalar so'zlar va so'z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so'z birikmalari, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi. Kiritma gaplar juda keng qo'llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan uning nutqi oralig'idagi qavslarda) ko'rsatib boriladi
Dostları ilə paylaş: |