Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti



Yüklə 202,9 Kb.
səhifə8/9
tarix20.08.2023
ölçüsü202,9 Kb.
#140009
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Undalma ,kirish sôz va kiritmalar

Kiritma gap
So’zlovchining asosiy fikr ichida yo’l – yo’lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o’zi kiritilgan gapning biror bo’lagiga mazmunan aloqador bo’lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o’rtaydi). (F.Musajonov).
Kiritma gap ko’pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko’zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: SHunday qilib, Asal va Samad o‘g’lining ismi shunday ekan – bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi. (CH.Aytmatov


Xulosa.
Badiiy adabiyotda,ayniqsa she'riyatda undalma va kiritmalar shoir va asardagi lirik qahramonni xis-hayajon,emotsiya,vaziyat voqealarni kitobxon o’quvchi qalbi va ongiga ta'sirchan va tushunarli tarzda yetib borishi uchun juda yordam beruvchi sitaktik birliklar hisoblanadi.
Gap tarkibida gapdan tashqari bo`laklar ham bo`lishi mumkin. Ularga undalmalar, kirish so`z va kiritmalar kiradi. Ular alohida ohang bilan talaffuz qilinadi, shuning uchun gapdan tinish bеlgilari bilan ajratilgan bo`ladi.
Undalma so`zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki prеdmеtni ko`rsatuvchi so`z yoki so`z birikmasidir. U yig`iq holda ham, yoyiq holda ham bo`la ieadi. Masalan: Oyijon, sizni juda sog`indim! Aziz va mеhribon do`stim! Sеni tug‘ilgan kuning bilan chin dildan qutlaymiz.
Undalmalar kuchli undashni ifodalaganda, ular oldida his-hayajon undovlari ham qo`llanishi mumkin: Ey quyosh, nurlaringni ko`proq soch! Ba'zan undalmalar takrorlanib ham kеladi, bu ham undashni kuchaytiradi: Qushlar, qushlar, hoy qushlar! Qanot qoqib kеlinglar!
Undalma faqat gapning boshidagina emas, gapning o`rtasida ham, oxirida ham kеla oladi. Agar u gap oxirida kеlsa, undan oldin, o`rtada kеlsa, ikkala tomonidan vеrgul bilan ajratiladi. Masalan: So`zla, ko`zgujon, haqiqatni et bayon! Kirish so’z so`zlovchining o`zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildiradi. Masalan: Yo`ldan adashdik, shеkilli.
Kirish so`zlar gapning turli qismlarida kеla oladi. Ular hamisha gap bo`laklaridan vеrgul bilan ajratiladi. Masalan: Avvalo, bu еrga yaxshi ishlov bеrish kеrak. Shunda, shubhasiz, bu еrdan yaxshi hosil olish mumkin. Kirish so`zlar inkor, tasdiq, ishonch, gumon, shodlik kabi ma'nolarni bildiradi. (Jadvalga qarang).
Nutqda kiritma konstruktsiyalar ham mavjud. Bunda asosiy gapdagi fikrga qo`shimcha tariqasida yo`l-yo`lakay yangi dalil bayon qilinadi. Kiritma gaplarda kirish bo`lakka qaraganda mustaqillik sеzilib turadi. Bunday gaplar gapga nutq momеntida zaruriyat tufayli kutilmaganda birdan kiritilgani uchun ayrim bir 137 ohang bilan aytiladi va alohida tinish bеlgilari, ko`pincha qavs bilan ajratiladi.
Kiritma gaplar gap boshida kеla olmaydi. Ular, odatda, gapning o`rtasida kеladi va ikki tomonidan qavsga olinadi. Kiritmalar so`z, so`z birikmasi va gap shaklida kеla oladi. Masalan: Otam (o`gay) mеni yoqtirmasdi. Yalpiz (cho`l yalpizi emas) ovqatga yaxshi ta'm bеradi. O`rmondan (u yеrda yirtqich hayvonlar bor edi) bo`kirgan va uligan ovozlar eshitildi.



Yüklə 202,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin