2.2. Undalmaning gap bo‘laklari bilan aloqasi
Bugungi kunga qadar o‘zbek adabiyoti nasriga nazar tashlasak, bu davrda ko‘plab asarlar yaratildi. SH.Xolmirzaev, Tog‘ay Murod, Murod Muhammad Do‘st, Omon Muxtor kabi yozuvchilarimizning bir talay asarlari, ayniqsa, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asari xalq orasida keng tarqalganiga va sevib o‘qilgani va o‘qilyotganiga guvoh bo‘lamiz. Yaratilgan asarlar xususida o‘z vaqtida adabiyotshunoslarimiz fikrlarini bildirishdi va bildirishmoqda.. Asarlar tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilsa, arziydigan jihatlari ham talaygina, xususan, biz ularda qo‘llangan undalmalar haqida fikr yuritamiz.
Badiiy nutqning kommunikativ va shu bilan birga estetik funktsiya bajarishi ma
lum. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajratib turadigan asosiy belgisi ham uning estetik funktsiyasi, obrazliligi va eskpressivligidir. Bu narsa uning stilistik qobig‘ini ham belgilaydi. Bunda umumxalq tilining boy sintaktik imkoniyatlaridan foydalanishning o‘rni va ahamiyati muhimdir. Biz xuddi shu o‘rinda badiiy asarlar tilining sintaktik qurilishi, xususan, undagi undalma va uning tiplarini, semantik-stilistik xususiyatlarini kuzatish orqali yozuvchining umumxalq tili imkoniyatlaridan foydalanishdagi o‘ziga xos jihatlarini ochishga harakat qilamiz.
Avvalo, undalma nima? O‘rta maktab, xususan, 8-9 sinflarning ona tili darsligida undalmaga shunday tarif berilgan: So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z undalma deyiladi.1
Xuddi shunday tarif A.G‘ulomov va M. Asqarovalarning " Hozirgi o‘zbek adabiy tili" kitobda ham berilgan.
Endi G‘.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov va A.Xojievlar muallifligi ostida chiqqan "O‘zbek tili grammatikasi" kitobda va V. Reshetov, S.Ibrohimov, U.Tursunov, F.Komolovlarning "Hozirgi o‘zbek adabiy tili" kitoblaridagi undalmaga berilgan ta’rifga e’tiborni qarataylik: Undalma – so‘zlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxs yoki predmetni ifodalagan so‘z yoki so‘z birikmasidir. Ko‘rinib turibdiki, birikmadagi ikki ta‘rifdan ikkinchisi to‘liq va mukammal hisoblanadi. Birinchi ta‘rifda undalma faqat shaxsga deyilgan bo‘lsa, ikkinchi tarifda predmetlarga ham tegishli ekanligini ta’kidlanadi. Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon" asari va ko‘plab o‘zbek prozasidagi boshqa asarlar, nafaqat ijodkorlarning o‘z ijodlaridagina emas, balki hozirgi zamon o‘zbek adabiyotida ham alohida o‘rin tutadi, ularda boshqa asarlardagi singari mualliflarning Maksim Gorkiy tabiri bilan aytganda, "Adabiyotning elementi bo‘lgan" tildan mohirona foydalana olganliklari yaqqol ko‘rinib turadi.
Muallif tilining serbo‘yoqligi va tasviriy ifodalarga boyligi "Mehrobdan chayon"da to‘laligicha namoyon bo‘ladi. Bu narsa fikr qaratilgan shaxsninge’tiborini tortish uchun qo‘llangan vositalarda - undalmalarda ham ochiqdan-ochiq ko‘rinadi. Asardagi undalmalarni tahlil qilish asarda qatnashuvchilarning o‘zaro munosabatlarini, ularning o‘ziga xos xarakterlarini o‘rganishga va shu bilan birga, muallifning individual uslubi haqida fikr britishga yordam beradi. Asarda ko‘plab undalma qo‘llangan bo‘lib, ular ob’ekt nuqtai nazardan, asosan, shaxsga qaratilgan undalmalardir.
Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma’nosidagi so‘zlar orqali ifodalanib gapning umumiy mazmunini to‘ldiradi, gapning kimga qarashli ekanini ko‘rsatib turadi. Undalma ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Undalmaning asosiy vazifasi nutqda aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortishdir. Bu xususiyat undalamning dialogik nutq uchun xarakterli ekanini ko‘rsatadi.1
Tarkibida undalma bo‘lgan gap ko‘pincha undov, buyruq gap tarzida bo‘ladi: - Sen mundan keyin kichkina bo‘lmaysan qizim,Ra'no,-dedi maxdum nasihatomuz,-shu ukalaring bilan qilib o‘lturgan kishi ko‘rsa nima deydi.(7-bet). Bundan tashqari, undalmani ko’proq so’roq gaplar tarkibida kelganini ko’rish mumkin: -Xo‘b,xo‘b,-dedi maxdum,- mulla Muhammad Rajab marhumning o‘rnig‘a bosh munshiy ta'yin qilindimi,qo‘lim tegib bu to‘g‘rida Anvar bilan so‘zlasholmadim? (26-bet).2
Undalma vazifasidagi so‘z undash intonatsiyasiga ega bo‘ladi. U odatda bosh kelishik shaklidagi (masalan, ega vazifasidagi) so‘zga o‘xshash bo‘ladi, lekin boshqa xususiyatlar bilan birga undash intonatsiyasi uning ega
funktsiyasidagi so‘zdan farqlanishini ko‘rsatadi.
Undalma ba’zan o‘z maxsus ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi, bu vaqtda undalma -u, -b, -ov, -ey kabi shakllar bilan birga keladi yoki uning ohirgi bo‘g‘inidagi unli cho‘ziladi. Bunda ikki holat bor. Bu unli ko‘pincha o‘zgaradi boshqa unliga aylanadi, uzunlikni ham saqlaydi, ba’zan boshqa unliga
aylanmay, faqat uzunlik ohangini oladi. -"Hay etti,huy etti,ikki koski to‘y etti" deganlaridek har ikki to‘y ham bir hafta ichida o‘tdi,Na'imaxonim uyoqqa ketib,Nigoraxonim buyoqqa ketdi. Bu undalmalarda intonatsiya kuchli bo‘ladi va unlining uzunligi, almashishi ma’lum qonuniyatga ega: i-y, a-y, o-y kabi. Bunday almashtirish orqali tovushlar kuchli undosh intonatsiyasiga moslashtiriladi.1
Undalma ba’zan gapning ixchamlashishida katta rol o‘ynaydi. Tarkibida undalma bo‘lgan gapning kesimi bilan ifodalangan harakat, belgining logik subekti, belgining tashuvchisi - egasi shu undalmadan anglashilgan shaxs - predmet bo‘lsa, gapning egasi ko‘pincha "yashrinadi". Bunday vaqtda eganing mazmuni kontekstdan shu undalma orqali aniq bilinib turadi: "yashiringan" ega, sen yoki siz olmoshi bo‘ladi. (ega o‘sha gapdagi kesimdan anglashilgan harakatning bajaruvchisi, belgining tashuvchisi bo‘lmaganida, undalma boshqa so‘z bilan ifodalanadi). Masalan: - Tabiiy, yaqindagʻina ogʻzi oshqa yetkan yangi ulamolar oʻz valiyi ne’matlari boʻlgʻan Madalixongʻa xiyonat qilmaydirlar-da:
«Ba nazdi mujtahidini kirom asli e’tibor aqdi shar'iydir.Bunday konstruksiyalarda undalmaning ko‘plik shaklda, shuningdek, erkalash, hurmat bildiradigan elementlar olgan holda qo‘llanishi va eganing ham shu shakllarini olishi o‘zaro aloqadordir. (bu aloqani egalik affikslarida, tuslovchilarida ham ko‘ramiz).
Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo‘laklari bilan moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo, u gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gap mazmuniga aloqador bo‘lib, gapning zarur qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham u ayrim gap bo‘laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o‘ziga xos aloqaga kirishadi. Ma’lum bir gapdan undalmaning chiqarilishi yoki hatto o‘rnining o‘zgartilishi gapning umumiy mazmuniga tasir etadi, muallifning aytmoqchi bo‘lgan fikri anglashilmay koladi. Undalmaning ajratilgan izohlovchiga yaqin bo‘lgan turida aloqaga kirish xususiyati aniq ko‘rinadi, chunki undalma ma’lum bir bo‘lakning ma’nosini izohlaydi:
Bosh turmushim, ko‘nglimning jo‘ri,
Bularning hammasi sen, Vatanim – onam.
Misoldagi Vatanim – onam undalmasi sen olmoshini izohlaydi, Shu bilan birga bu undalma butun gapning mazmuni bilan ham aloqadadir.
Bu xil undalmaning asosiy vazifasi undalma bo‘lsa ham unda izohlash xususiyati ham bor. Bunday undalmalarning ajratilgan izohlovchilardan farqi quyidagicha :
1. Undalma chaqirish intonatsiyasi bilan talaffuz etiladi. Ajratilgan izohlovchilar esa, ajratilgan sust intonatsiya bilan aytiladi.
2. Undalma nutq qarashli bo‘lgan ob’ektni ifodalaydi, izohlar esa biror bo‘lakni izohlaydi. (undalma ham ba`zan izohlashi mumkin). Ammo uning undalmalik xususiyati birnchi rejada bo‘ladi.
3. Undalma bosh kelishikda bo‘ladi. Izohlar izohlanmishining shakliga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin.
Undalma ma’no jihatdan butun gapga yoki uning bir bo‘lagiga tegishli bo‘ladi.
Butun gapga tegishli bo‘lganda undalma ko‘pchilikka qaratilgan bo‘ladi: Ba’zi majlislarda yoʻsuni kelib qolsa – «ha, mulla falonchimi, koʻb bolalarning umrini zoyi' qilyapti, deb eshitaman… shogirdlaridan bir nechasi shikoyat qilishib menga kelishkan edilar… Qanday qilay, shogirdlarim oʻzimdan yetib ortsalar ham umrlari zoyi' boʻlmasin, dedim» der va eshitkuchilarga sezdirmay raqibini chimchilar; kezi keldi deguncha ikkinchi maktabdor toʻgʻrisida shu yoʻsun zamzama soʻzlar edi..
Undalma bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga aloqador bo‘ladi:
1. Egaga:— Ra’napa, Ra’napa! — deb Mansur yigʻi aralash oʻzidan chopib oʻtmakchi boʻlgʻan Mahmudning ustidan Ra’no opasigʻa arz qildi.
2. Kesimga: — Yigʻlama, opasi, yigʻlama, — dedi, — hali dadasi Mahdumni dum-dum! Qarab tur-chi, sen Mahmud, otang kelganda aytmasammi?! (30-bet)
3. To‘ldiruvchiga: Umid xudodan,yorlig‘ Mirzo Anvarga qoyim bo‘lur,deb turamiz.(26-bet).
Undalma gap bo‘lagi bo‘la oladimi?...
Bu savolga bir qator olimlarimiz o‘zlarining fikrlarini bildirishga harakat kilishgan.
20-yillarda yartilgan grammatikaga oid ishlarda gapdagi har bir so‘zni gap bo‘lagi sifatida talqin etilgan. Shu tufayli ikkinchi darajali bo‘laklar:
1) "chin ergashlar" yoki "chin to‘ldirgichlar"
2) "o‘gay ergashlar" yoki "o‘gay to‘ldirgichlar" ga ajratib berilgan. undalmalar mana shu "o‘gay" bo‘laklar doirasiga kiradi.1
M.Zakiev kirishlar, kiritmalar va undalmalar grammatik jihatdan bog‘liq bo‘ladi, bu aloqaning tashqi ifodasi intonatsiyasi va modal munosabatdir, deb ta’ kidlar ekan, ularni yo‘ldosh bo‘lak sifatida emas, u gapning teng huquqli bo‘lagi – modal bo‘laklar deb hisoblash kerakligini uqtiradi.
Professor. G‘. Abdurahmonov va L. Sayfullaevlar ham undalma va kirishlarni asosiy gap yoki gap bo‘laklari bilan mazmunan va sintaktik jihatdan bog‘liq maxsus gap bo‘laklari sifatida qaraydilar.2
G‘. Abdurahmonov undalma va kirish bo‘laklarini asosiy gap bo‘laklariga sintaktik bog‘lanish usuli o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib, teng aloqaga ham tobe aloqaga ham kirishmasligini aytadi. Undalma va kirish bo‘laklarini bog‘lanish grammatik munosabatlarni 3 turi izohlash aloqasi ekanligini va ularda yarim peredikativlik mavjudligini ko‘rsatar ekan, ularni gapning 1.uchinchi darajali bo‘laklari deb atash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.1
S. Usmonov, A. Rustamov, H. Uzoqovlarning fikricha, undalma gap bo‘lagi bo‘la olmaydi, uning asosiy gap bilan bo‘lgan munosabati logik - semantik munosabatdan boshqa narsa emas2, chunki gap bo‘laklari logik - semantik tushuncha bo‘lamay, u eng avvalo funksional (komunikativ) tushunchadir.3
Undalmalar, kirish va kiritmalar gap bo‘laklari bilan ma’lum bir grammatik munosabatlar orqali bog‘lanadi, deyish bilan gap bo‘laklari haqidagi ta’limot gap tarkibida qatnashgan barcha hodisalarni to‘la qamrab olganday bo‘lib ko‘rinadi. Biroq bu ham masalani ilmiy jihatdan to‘la hal qilmaydi. Chunki bu kirish va undalmalarning asosiy gap bo‘laklari bilan bo‘lgan munosabatining xarakterini atroflicha o‘rganishni hamda ularni odatdagi gap bo‘laklardan chegaralashni taqazo etadi.
Demak, undalma gap bo‘lagi bo‘la olmaydi, chunki, gap bo‘laklarida ajratishning bosh mezoni bo‘lgan tobelanish (domenatsiya) talabiga javob bermaydi.
Dostları ilə paylaş: |