Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti


II bob. Undalma, kirish so‘z va kiritmalarning o‘zbek tilida tutgan o‘rni



Yüklə 202,9 Kb.
səhifə3/9
tarix20.08.2023
ölçüsü202,9 Kb.
#140009
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Undalma ,kirish sôz va kiritmalar

II bob. Undalma, kirish so‘z va kiritmalarning o‘zbek tilida tutgan o‘rni
2.1. Gap bo‘laklari bo‘lmagan bo‘laklar
Nutqda gap bo'laklari bilangrammatik bog'lanmaydigan so'zlar qatnashadigan gaplar ham qo'llanadi. Bunday so'zlar ma'no jihatdan butun gapga yoki uning biror bo'lagiga aloqador bo'ladi. Bular undalma, kirish so'z, kirish birikma va kirish gaplardir. Bunday birliklarga sintaktik aloqa amal qilmaydi, ular boshqa gap bo'laklari bilan sintaktik jihatdan bog'lanmaydi.
So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so'z yoki so'z birikmasi undalma deyiladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi. She'riy asarlarda shoir ba'zan o'ziga, ya'ni so'zlovchiga ham qarata murojaat qilishi mumkin: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon.
Undalma boshqa gap bo'laklari bilan faqat mazmunan bog'langan bo'ladi.
Ayrim hollarda, ayniqsa, she'riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning nomini bildirgan so'zlar ham undalma bo'ladi: Quyosh, nuring to'ka ber mo'l-ko'l! Bahor, ketma bizning bog'lardan! Bir so'z bilan ifodalangan undalma yig'iq undalma deyiladi: Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek ? So’z birikmasi bilan ifodalangan yoyiq undalma deyiladi.
Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:
1) ot: Hamid, badiiy o'qish to'garagiga qatnashasanmi?
2) olmosh: Hoy sen, menga qara-chi.
3) otlashgan so'zlar: Shunday demaysizmi, azizim! (sifat) To'rtinchi, birinchiga javob bering (son).
4) undov so'zlar: Hoy! Beri keling!
5) so'z birikmalari bilan: Hoy, soqoling ko'ksingga to'kilgur!
6) iboralar bilan: Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo'yding! Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so'ng, gap o'rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo'yiladi: So'zla, ko'zgujon, Haqiqatni et bayon!


Yüklə 202,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin