Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti


Kirish so'z, kirish birikma va kirish gaplar



Yüklə 202,9 Kb.
səhifə4/9
tarix20.08.2023
ölçüsü202,9 Kb.
#140009
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Undalma ,kirish sôz va kiritmalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Nihoyat
Kirish so'z, kirish birikma va kirish gaplar
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so'z kirish so'z, shunday so'z birikmasi esa kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so'zlar va kirish birikmalar asosan modal so'zlar bilan ifodalanib, quyidagi ma'nolarni bildiradi:
1. Ishonch va tasdiqni: Albatta, shubhasiz, ma'lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so'zsiz.
2. Gumonni: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin.
3. Shodlik yoki achinishni: Baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsus.
4. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini: Menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.
5. Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan...

6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog'liqligini: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba'zan, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.


7. Tasdiq yoki inkorni: ha, yo'q, mayli, to'g'ri.
Kirish so'z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o'rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undan oldin vergul qo'yiladi: Nihoyat, ular jo'nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning oxiri ko'rinmaydi, shekilli.
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikrga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kirish (kiritma) gap deyiladi. Kirish gap asosiy fikrni to'ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kirish gap, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
Kirish gap yoyiq bo'lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: Ko'p o'tmay u yerda bir qishloq paydo bo'ldi va suv chiqargan odamning shahardagi otaxoni nomiga atalib “Parpi cheki” bo'ldi (noyib to'raning nomi Fyodor, sartlar “Parpi ota” deydilar.)
Kirish gaplarning tuzilish jihatdan turlari gaplarning tuzilish jihatdan turlari:
1) bir bosh bo'lakli kirish gap: U yog'ini so'rasang, aytaymi, men bunga rozi emasman.
2) ikki bosh bo'lakli kirish gap: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o'z ilmidan bahramand qildi.


Yüklə 202,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin