Tayanch so`zlar: gap, bir bosh bo’lak, ikki bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, to’liq gap, to’liqsiz gap, atov gap, kirish gap, kirish so’z, kiritma.
Gapdan tashqari bo’laklar
Gap tarkibida gapdan tashqari bo`laklar ham bo`lishi mumkin. Ularga undalmalar, kirish so`z va kiritmalar kiradi. Ular alohida ohang bilan talaffuz qilinadi, shuning uchun gapdan tinish bеlgilari bilan ajratilgan bo`ladi.
Undalma so`zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki prеdmеtni ko`rsatuvchi so`z yoki so`z birikmasidir. U yig`iq holda ham, yoyiq holda ham bo`la ieadi. Masalan: Oyijon, sizni juda sog`indim! Aziz va mеhribon do`stim! Sеni tug‘ilgan kuning bilan chin dildan qutlaymiz.
Undalmalar kuchli undashni ifodalaganda, ular oldida his-hayajon undovlari ham qo`llanishi mumkin: Ey quyosh, nurlaringni ko`proq soch! Ba'zan undalmalar takrorlanib ham kеladi, bu ham undashni kuchaytiradi: Qushlar, qushlar, hoy qushlar! Qanot qoqib kеlinglar!
Undalma faqat gapning boshidagina emas, gapning o`rtasida ham, oxirida ham kеla oladi. Agar u gap oxirida kеlsa, undan oldin, o`rtada kеlsa, ikkala tomonidan vеrgul bilan ajratiladi. Masalan: So`zla, ko`zgujon, haqiqatni et bayon! Kirish so’z so`zlovchining o`zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildiradi. Masalan: Yo`ldan adashdik, shеkilli.
Kirish so`zlar gapning turli qismlarida kеla oladi. Ular hamisha gap bo`laklaridan vеrgul bilan ajratiladi. Masalan: Avvalo, bu еrga yaxshi ishlov bеrish kеrak. Shunda, shubhasiz, bu еrdan yaxshi hosil olish mumkin. Kirish so`zlar inkor, tasdiq, ishonch, gumon, shodlik kabi ma'nolarni bildiradi. (Jadvalga qarang).
Nutqda kiritma konstruktsiyalar ham mavjud. Bunda asosiy gapdagi fikrga qo`shimcha tariqasida yo`l-yo`lakay yangi dalil bayon qilinadi. Kiritma gaplarda kirish bo`lakka qaraganda mustaqillik sеzilib turadi. Bunday gaplar gapga nutq momеntida zaruriyat tufayli kutilmaganda birdan kiritilgani uchun ayrim bir 137 ohang bilan aytiladi va alohida tinish bеlgilari, ko`pincha qavs bilan ajratiladi.
K iritma gaplar gap boshida kеla olmaydi. Ular, odatda, gapning o`rtasida kеladi va ikki tomonidan qavsga olinadi. Kiritmalar so`z, so`z birikmasi va gap shaklida kеla oladi. Masalan: Otam (o`gay) mеni yoqtirmasdi. Yalpiz (cho`l yalpizi emas) ovqatga yaxshi ta'm bеradi. O`rmondan (u yеrda yirtqich hayvonlar bor edi) bo`kirgan va uligan ovozlar eshitildi.
Undalma so’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs narsa tushunchani bildiruvchi murojaat birliklardir:
Sevara,nimaga kech qolding -ot
Sen ham shundaymiding ,azizim-sifat
Uchinchi,topshiriqqa quloq sol-son
Topshirmaganlar,tezroq tugating-sifatdosh
Kiritma so’zlovchi o’zi aytayotgan fikrga qo’chimcha munosabatni yoki qo’shimcha izoh axbarotni kirish va kiritmalar orqali beradi.
Matnazar Abdulhakim ijodidan ,,Osmonga xat "nomli she'rida shunday misralarni uchratamiz va undalmani ko’ramiz.
Umid bilan sochmokda yog‘du
Nurli choparlarim — ko‘zlarim.
Ular endi so‘nmas… Elchiga
O‘lim yo‘q-ku, axir, do‘stlarim!
Bu yerdagi do'slarim-undalma vazifasida kelib badiiy she'r joziba va emotsiyasini oshirish vazifasini bajaryapti. Bu yerda undalma misra oxirida kelib subyektiv baho,ya'ni ijobiy ma'no anglatayotgani yaqqol ko’rinib turibdi.
IBODAT
Rad etmagil dahriy deb meni,
Mustajob et ezgu duoyim.
O‘g‘il ko‘rsin o‘g‘li yo‘q odam,
Qizi yo‘qqa qiz ber, Xudoyim.
Bu yerda Xudoyim so'zi undalma hisoblanadi.Bu she'rda.ham undalma misra oxirida kelinb subyektiv baho vazifasida ijobiy bo’yoqlik,ya'ni yalinish o'tinch hissiyotini ifodalamoqda.
Shudir senga o‘tinchim, nolam,
Iltijo ham faryodim doim.
Baxtimizga O‘zing yolg‘izsan,
Shu baxt bizga basdir, Xudoyim.
Bu yerda ham xuddi shunday ma'noda.kelgan.
Baxt izladim men dala, dashtdan,
Orzuim bol, umidim – asal.
Onaginam!
Seni aldashdan
Halokatni sanadim afzal.
Bu yerda Onaginam so’zi undalma hisoblanib,ta'kidlash va subyektiv ijobiy,ya'ni o'ziga yaqin olish mehrni ifodalamoqda.
Gullar ichdim ichgandek qasam,
Loyiq bo‘ldim zahmatkash safga.
Balki… balki yanglishib ba’zan,
Qo‘nib qo‘ydim sassiq alafga.
Bu yerda "Balki"so'zi sodda kiritma ya'ni gumon ma'nosidagi kiritma vazifasida kelyapti.
Noz bo‘ylardan uyg‘onib sahar,
Uchmoqqa yo‘q, ehtimol, haqqim.
Balki, asal deganim zahar,
Bol deganim, ehtimol, zaqqum.
Bu yerda "ehtimol"so’zi ham sodda kiritma,ya'ni gumon ma'nosini ifodalayapti.
Xullas, o‘zing bilasan, onam,
Sen ming sirdan xabardor hakim.
Xohla, meni qabul et, mana,
Xohla, mana, bo‘g‘ib tashlagin.
Bu yerda "xullas"sodda kiritma ya'ni fikrni xulosalovchi mazmun bildrsa,"onam" so’zi esa undalma bo’lib kelgan.
Muqarrar bo‘l, erkam, bamisli bahor,
Nom-nishon qoldirma qahrlarimdan.
Loyiqdir erisa boshimdagi qor,
Chechaklar unsa yonbag‘irlarimda.
Bu yerda "erkam"so’zi undalma vazifasida kelgan dadil ishonch baģishlash ma'nosida murojaat qilinyapti
Befarq edim, yayrab quvonsang, ajab,
Pisand qilmadim g‘am yeganligingni.
Bugun bir zirqirab ketding bo‘lakcha,
Payqadim ko‘ksimda ekanligingni.
Bu baytda "ajab"so’zi sodda kiritma bo’lib,hayrat va qilinmoqchi bo'lgan ishga moyillik ma'nosini ifodalayapti.
Baribir, sen hali yashamog‘ing shart,
O‘zing bemor bo‘lding, o‘zing bo‘l hakim.
Og‘riqlar muborak, qutlug‘ bo‘lsin dard,
Assalomu alaykum, yuragim!
Bu yerda "baribir"so’zi sodda kiritma fikrni xulosalash vazifasida,"yuragim"esa undalma subyektiv baho ma'nosini anglatyapti.
XORAZMCHA OHANGLARDA
Sani gulganlaring gul adi, yorim,
Gulingni oponglo yulib qo‘yipti.
Ichonloro qomob, qulplop ustingnan
Qaysi qo‘li cho‘mmiq ilib qo‘yipti.
Bu yerda "yorim"so’zi undalma hisoblanib,misra oxirida kelib ijobiy subyektiv baho shakllaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |