ustidan oshirib to’kuvchi rukoyatli mashinalar eng ko’p tarqalgandir.
Bu turdagi
mashina PPN-1s gorizontal laximlarni o’tishda portlatib massivdan ajratilgan
yirikligi 350 mm gacha bo’lgan tog’ jinslarini vagonchaga yoki boshqa transport
vositasiga yuklashga xizmat qiladi. CHo’michli yuklash
mashinalarining barchasi
bir xil tuzilishga egadir, lekin ba’zi bir uzellarining bir-biri bilan bog’laniida farq
qilishi mumkin. PPN-1s mashinasi (19.3-rasm) cho’mich 1, yurish qismi dvigateli
5, buriluvchi platforma 3, yurish qismi 4, ko’tarish mexanizmi 6, boshqaruv pulьti
rukoyati 2, cho’michni orqaga qaytarish mexanizmi 7 dan tashkil topgan.
Harakatlanish (yurish qismi) mexanizmi cho’yan qoplamali reduktor,
pnevmatik dvigatelь va ikkita o’qli g’ildirak juftlaridan tashkil topgan.
Yurish qismi – sharik tayanchli asos vazifasini bajarib, uning ustiga yuqorigi
buriluvchi platforma o’tnatiladi. Asos markaziga tayanch (shkvorenь) o’rnatilgan
bo’lib, bu yurish qismi bilan platformani birlashtirib turadi.
Oldingi qismiga boltlar
yordamida rolikli kronshteyn qotirilgan bo’lib cho’mich buriluvchi qismini
avtomatik tarzda o’rta holatga qaytaradi.
Reduktor korpusiga 8,8 kVt quvvatli pnevmatik dvigatel ulangan. Mashina
chap qismida mashinist
turib ishlashi uchun taglik, o’ng qismida esa mashinani
lahimlar bo’ylab olib yurishda yurish qismini pnevmomotordan uzib qo’yuvchi
moslamalar joylashgan. Yurish qismi korpusi oldingi qismida cho’mich uchun
tayanch buferi, orqa qismida esa vagonchani mashinaga
ulovchi ulash moslamasi
joylashgan.
Dostları ilə paylaş: