Tajriba ishi-5 Cisco Packet Tracer dasturini asosiy boshqarish elementlarini o`rganish



Yüklə 126,9 Kb.
tarix09.04.2023
ölçüsü126,9 Kb.
#95276
5-тажриба



Tajriba ishi-5
Cisco Packet Tracer dasturini asosiy boshqarish elementlarini o`rganish.

Kompyuter tarmoqlarini loyixalash jarayonining muxim bosqichlaridan biri unga yuklangan funksiyalarning bajarilishida texnik yechimlarning tadqiqoti xisoblanadi. Bunday loyixalash tadqiqodlarini ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin: ya’ni xaqiqiy real obyeklardan foydalangan xolda modellashtirish yoki kompyuter yordamida imitatsion modellashtirish. Birinchi xolatda loyixachilar, xaqiqiy real qurilmalardan foydalanib, talab etilgan kompyuter tarmoqlarini yig’adilar va zarur tajribalarni o’tkazadilar. Bunday tajribalarning narxi shunga yarasha yuqori qiymatlarda bo’ladi, bu esa unga ishlatilgan qurilmalardan kelib chiqadi. Tajribalarning narxini qisqartirish maqsadida loyixachilar tomonidan kompyuterda imitatsion modellashtirishdan foydalaniladi, ya’ni bunda real qurilmalar o’rniga ularning dasturiy analoglari ishlatiladi.


Dasturiy ta’minot bozorida kompyuter tarmoqlarining imitatsion modelini yaratishning ko’pgina turli xil dasturiy vositalari mavjud. Kompyuter tarmoqlarini loyihalashning imitatsion modelini Cisco Packet Tracer foydalanish judayam qulay. Imitatsion modellashtirish- bu suniy eksperiment bo’lib, u real qurilma ustida tabiiy sinov o’tkazish o’rniga matematik modellar ustida tajriba o’tkazishdir.
Imitatsion modellashtirish ikki qismdan iborat:

  1. real sistemalar uchun matematik model qurish

  2. real sistemalar faoliyatini baxolash va o’rganish uchun bu model ustida tajriba o’tkazish.

Amalliy jixatdan imitatsion modellashtirish kompyuterlarda amalga oshiriladi. Bunda kompyuterga matematik model va boshlangich shartlar kiritiladi, ular asosida kompyuter tekshirilayotgan protsessni turli xarakteristikalarini xisoblab topadi.
Kompyuter tarmoqlarini qurishda real tarmoq qurilmalari o’rniga ularning dasturiy analoglari ishlatiladi. Cisco Packet Tracer dasturida tarmoq qurishga kerak bo’ladigan barcha qurilmalarning analog dasturlari mavjud.

Cisco Packet Tracer dasturining grafik interfeysi.


Yuqorida keltirilgan url manzil yordamida Cisco Packet Tracer dasturini ko’chirib olib, kompyutyeringizga dasturni o’rnatib va dasturni ishga tushirib, foydalanuvchi dasturning asosiy oynasini ko’rishi mumkin (1-rasm).


  • Cisco Packet Tracer





    Asosiy menyular paneli;

  • Instrumentlar paneli (asosiy, vertikal va kuyi);

  • Modellashtrish rejimi uzgartirish (real vakt rejimi va kadamma- kadam rejimi)

  • Sxema kurinishi (mantikiy va fizik).

A
sosiy menyular paneli o’z ichiga quyidagi menyularni oladi:

  • Fayl (File);

  • Redaktirovanie (Edit);

  • Nastroyki (Options);

  • Vid (View);

  • Utiliti (Tools);

  • Dopolneniya (Extentions);

  • Pomoshch (Help).


«Fayl» menyusi joriy fayl ustida ochish, yopish, saqlash, pechatga berish va boshqa amallarni bajaradi va bundan tashqari dastur muxitidan chiqishni xam amalga oshiradi. «Redaktirovanie» menyusi o’z ichiga bufer xotira bilan ishlovchi nusxa olish, kirkib olish, nusxani qo’yish standart amallarini oladi va muxitdagi bir kadam oldinga, bir kadam orqaga amallari xam joylashgan. «Nastroyki» menyusi modellashtirish muxiti konfigutatsiyani va foydalanuvchi interfeysini sozlashda foydalaniladi. «Vid» menyusi ishchi oynani masshtablaydi va panellarni aks etirishda foydalaniladi. «Utiliti» menyusi yordamida ishchi oynadagi ma’lum xudud yoki obyeklarni belgilash amalini xamda xaqiqiy qurilmani ko’rinishi chizishda foydalaniladi. Menyularni qo’shimcha imkoniyatlari «Dopolneniya» menyusida joylashgan. Masalan bir qancha modellashtirish muxitlari bilan birgalikda xamkorlik qilib computer tizimlarini loyixalash imkonini aytsak bo’ladi.
Yüklə 126,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin