Tajriba ishi mashg’ulotlari va ularni tashkil qilish usullari


Tajriba mashg’ulotlarini olib borish va tashkil qlish



Yüklə 134,93 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#186732
1   2   3   4
TAJRIBA ISHI MASHG’ULOTLARI VA ULARNI TASHKIL QILISH USULLARI (1).docx 1

Tajriba mashg’ulotlarini olib borish va tashkil qlish.
Tajriba mashg’ulotlarini qiziqarli va sifatli tashlik qilish uchun talabalarni kichik (ikki kishilik) guruhlarga bo’linadi. Tajriba mashg’ulotlari 18 soatni tashkil qilsa, 7 ta tajriba ishi mavzulari talabalarga tanishtiriladi. Talabalar bu tajriba ishi mavzularidagi topshiriqlarni bajararishlari uchun ularni zvenolarga ajatiladi(1-jadval). Masalan guruhda 30 ta talaba bo’lsa jurnaldagi ro’xat bo’yicha talabalar kichik guruhga ajraladilar:

O’LCHASH XATOLIKLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Biz qo’llayotgan o’lchov asboblarini va sezgi organlarimizning uncha yaxshi takomillashmagani tufayli har qanday o’lchash natijalari ma’lum bir darajadagina aniqlikka ega bo’ladi. Shuning uchun ham, o’lchash natijalari bizga o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatini emas, taqribiy qiymatinigina beradi. O’lchashni o’lchov birligining qanday eng kichik ulushigacha ishonchli bajarish mumkin bo’lsa, ana shu o’lchash natijasining aniqlik darajasi bo’ladi. O’lchash aniqligining darajasi bu o’lchashda ishlatilayotgan asboblarga, o’lchashning umumiy usullariga bog’liq bo’ladi: biron muayyan sharoitda erishilishi mumkin bo’lgan aniqlikdan ham aniqroq natijalar olish uchun urinish vaqtni bekorga sarflash demakdir. Odatda, o’lchanayotgan kattalikning 0,1 protsentigacha aniqlik bilan kifoyalansa bo’ladi. Eng oxirgi natijaning aniqligini oshirish uchun har qanday fizik o’lchashni bir martagina emas, balki tajriba o’tkazayotgan sharoitini o’zgartirmay turib, bir necha marta takrorlash lozim. Haqiqatdan ham biz o’lchashda va sanoqda hamma vaqt ozmi, ko’pmi xato qilamiz. Bu xatolar ikki sababga ko’ra yuz berishi mumkinligidan, ular ikki guruhga: hamma vaqt bo’ladigan (sistemali) va tasodifiy xatolarga bo’linadi.
Sistemali xatolar o’lchov asboblarining buzuqligi, o’lchash usulining noto’g’riligini yoki kuzatuvchining biror xato qilib qo’yishi natijasida yuz beradi. Ma’lumki, o’lchashni bir necha marta takrorlash, baribir bu xatolar ta’sirini kamaytirmaydi. Bu xatolarni yo’qotish uchun, o’lchash usuliga tanqidiy ko’z bilan qaray bilish, asboblarga aniq qarab turish va ish bajarishni amalda yaratilgan qoidalarga qattiq rioya qilish kerak.
Tasodifiy xatolar esa tajriba o’tkazuvchi har qanday kishining sanoq vaqtida mutlaqo ixtiyorsiz qilib qo’yishi mumkin bo’lgan xatosi natijasida vujudga keladi. Bu xatolarga sezgi organlarimizning uncha yaxshi takomillashmaganligini va o’lchash vaqtida yuz beradigan (oldindan e’tiborga olinishi mumkin bo’lmagan) boshqa ko’pgina hollar sabab bo’ladi. Tasodifiy xatolar ehtimollar nazariyasining qonunlariga bo’ysinadi, Demak, biror kattalikni bir marta o’lchanganda olingan natija shu kattalikni haqiqiy qiymatidan katta bo’lib qolsa, u holda bu kattalikni keyingi o’lchashlardan birining natijasi, ehtimol haqiqiy qiymatda kichik bo’lib chiqishi mumkin. Bunday holda ayni bir kattalikni bir necha marta o’lchash natijasida tasodifiy xatolarning kamayishi mutlaqo ravshan, chunki haqiqiy qiymatdan bir tomonga chetlanishlardan ko’proq bo’lishining ehtimoli ortiq emas. Shuning uchun ham, juda ko’p o’lchash natijalarining o’rtacha arifmetik qiymati, o’lchash natijalarining har qaysisidan ko’ra, o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinroq bo’ladi. Faraz qilaylik, ayrim kattaliklarni o’lchash talab etilsin:
Ayrim o’lchashlarning natijalari N1, N2, N3, …, Nn bo’lsin, n - alohida o’lchashlar soni. U holda bu natijalarning o’rtacha arifmetik qiymati:
(1)
Bu miqdor o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga eng yaqin bo’ladi. Har bir alohida o’lchashlarning bu o’rtacha qiymatidan farqi, ya’ni:



………………..

alohida o’lchashlarning absolyut xatosi deyiladi. Bu xatolarning ishorasi har xil bo’ladi. Ular musbat, hamda manfiy bo’lishlari mumkin. O’rtacha absolyut xatoni hisoblash uchun, ayrim xatolar son qiymatlarining o’rtacha arifmetik qiymati olinadi.

... nisbatlarga ayrim o’lchashlarning nisbiy xatolari deyiladi. O’rtacha absolyut xato ( ) ning o’lchanayotgan kattalikni o’rtacha arifmetik qiymati ( ) ga nisbati o’lchashning o’rtacha nisbiy xatosi (E) deyiladi.

Nisbiy xatolar foizlarda ifodalanadi:

O’lchash kattaliklarni haqiqiy qiymati:

Bundan Nx - ikki qiymat va ga ega deb tushunish yaramaydi. Nx faqat bir qiymatga egadir (-) va (Q) ishoralar o’lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymati:
va
intervalida ekanligini ko’rsatadi, ya’ni
≤Nx
Ehtimollik nazariyasi absolyut xato N topishlikni yanada aniqroq formulasini berib, natijaning ΔNm-ehtimolligi katta deb ataluvchi xatollik tushunchasini beradi.

Bu holda o’lchanayotgan kattalikning natijalovchi qiymati:

Agar asbobning aniqligi shunday bo’lsaki, har qanday o’lchash sonida ham, asbob bir xil qiymatni ko’rsatsa, u holda xatolikni hisoblashning yuqorida keltirilgan usuli qo’llanilmaydi. Bu holda o’lchash bir marta o’tkazilib, uning natijasi quyidagicha yoziladi:

bunda Nx - izlanayotgan o’lchash natijasi, - ikki o’lchashning o’rtacha arifmetik qiymati, ΔNmix- asbob shkalasi bo’limlarini o’rniga teng bo’lgan chegaraviy xatolik. To’g’ridan-to’g’ri o’lchash xatoliklarini quyidagi jadval ko’rinishida rasmiylashtiriladi.

O’lchashlar soni

Ni

Ni





1.

N1

N1







2.

N2

N2







3....

N3

N3







n

Nn

Nn









Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin